Irina Krush
Irina Krush | |
---|---|
![]() Krush 42-shaxmat Olimpiadasida, 2016-yil | |
Toʻliq ismi | Irina Borisivna Krush |
Mamlakat | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Tugʻilishi |
24-dekabr 1983-yil Odessa, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi |
Saravha | Grossmeyster (2013) |
FIDE reyting | 2430 (sentyabr 2022) |
Yuqori reytingi | 2502 (2013-yil oktabr) |
Irina Borisivna Krush (ukraincha: Ірина Борисівна Круш Krush; 1983-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — 2013-yilda FIDE grossmeyster (GM) unvonini olgan amerikalik shaxmatchi[1]. U 2022-yil avgust holatiga koʻra AQShda oʻynab GM unvonini qoʻlga kiritgan yagona ayol[2]. Krush sakkiz marta AQShning ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqalari chempioni boʻlgan.
Yoshlik paytlari va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Irina Krush SSSRning Odessa shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. U besh yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va oʻsha yili (1989-yil) ota-onasi bilan Bruklinga koʻchib oʻtishgan.
14 yoshida Krush 1998-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida gʻolib chiqib, AQSh tarixidagi eng yosh ayollar chempioniga aylanadi. U 2007[3], 2010[4], 2012, 2013, 2014, 2015 va 2020-yillarda jami yetti marta chempionlikni qo‘lga kiritadi[5].
Krush 1999-yilda „Kasparov dunyoga qarshi“ nomli shaxmat musobaqasida qatnashgan. Shuningdek, Krush 2008-yilda Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida boʻlib oʻtgan 14 oʻyinchi ishtirokidagi „Corus Chess“ turnirining „C“ guruhida ishtirok etadi. U beshta gʻalaba (shu jumladan yakuniy gʻolib Fabiano Karuanaga qarshi), toʻrt durang va toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng 7/13 ball toʻplagan holda beshinchi oʻrinni egallaydi[6][7].
2013-yilda u 2001-yildagi NYC Mayor’s Cup xalqaro GM turniridagi, 2013-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionati va 2013-yil Baku Open turniridagi natijalari tufayli grossmeyster unvoniga sazovor boʻladi[8].
2022-yilda u 2022-yilgi Amerika kubogiga (ayollar maydonida) juftlik yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi[9].
Jamoa musobaqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Krush 1998-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida AQSh terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. AQSh terma jamoasi safida 2004-yilda kumush medalni[10] va 2008-yilda bronza medalini qoʻlga kiritadi[11]. Shuningdek, u 2009 va 2013-yillarda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida AQSh terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
U 2015-yilda AQSh shaxmat ligasida Manhattan Applesauce jamoasiga oʻtadi. U ilgari Nyu-York Knights jamoasida oʻynagan edi (2005-2011, 2013)[12]. Krush va uning sobiq eri, kanadalik grossmeyster Paskal Charbonneau[3] Birlashgan Qirollik ligasida Guildford-ADC turnirida ham oʻynagan.
Jurnalistlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Krush tez-tez Chess Life jurnali va uschess.org saytlariga maqolalar yozib turadi. Uning 2013-yilda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgani haqidagi maqolasi o‘sha yili „AQSh shaxmatining eng yaxshisi namoyondasi“ deb topiladi[13].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻtmishdoshi: Esther Epstein |
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati 1998 |
Vorisi: Anjelina Belakovskaia |
Oʻtmishdoshi: Anna Zatonskih |
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati 2007 |
Vorisi: Anna Zatonskih |
Oʻtmishdoshi: Anna Zatonskih |
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati 2010 |
Vorisi: Anna Zatonskih |
Oʻtmishdoshi: Anna Zatonskih |
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati 2012, 2013, 2014, 2015 |
Vorisi: Nazí Paikidze |
Oʻtmishdoshi: Jennifer Yu |
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati 2020 |
Vorisi: Carissa Yip |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2018 U.S. Championships: Irina Krush“. uschesschamps.com.
- ↑ Waldstein, David. „A Chess Prodigy's Return to Health Brings Cheer to the Game“. The New York Times (27-may 2020-yil).
- ↑ 3,0 3,1 „Krush Wins Her Second Championship“. uschess.org. United States Chess Federation.
- ↑ „Saint Louis: Irina Krush US Women's Champion 2010“. Chess News (20-iyul 2010-yil).
- ↑ „Irina Krush Bio“. uschesschamps.com. Chess Club and Scholastic Center of Saint Louis. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
- ↑ „Wijk R13: Aronian, Carlsen win Wijk aan Zee 2008“. ChessBase (27-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 3-aprel 2016-yil.
- ↑ Shahade, Jennifer. „Carlsen and Aronian Win Corus“. Chess Life Online (28-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 3-aprel 2016-yil.
- ↑ „GM title application“. FIDE.com.
- ↑ „2022 American Cup - Day 9 Recap | www.uschesschamps.com“. www.uschesschamps.com. Qaraldi: 3-iyun 2022-yil.
- ↑ „Susan Polgar's dream comeback“. Chess News. ChessBase (11-noyabr 2004-yil). Qaraldi: 5-iyun 2019-yil.
- ↑ „Olympiad in Dresden: Closing ceremony and prize giving“. Chess News. ChessBase (29-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 5-iyun 2019-yil.
- ↑ „Profile“. uschessleague.com.
- ↑ [1]. "Best of CLO #1- Krush on Baku ". March 26, 2018