Kontent qismiga oʻtish

Carissa Yip

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Carissa Shiwen Yip (2003-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik shaxmatchi va hozirgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha AQSh chempioni. 2019-yil sentyabr oyida u Qoʻshma Shtatlardagi eng reytingli ayol oʻyinchi va oʻn yoshida grossmeysterni magʻlub etgan eng yosh shaxmatchi ayol boʻldi. 2019-yil oktyabr oyida u xalqaro usta unvoniga sazovor boʻlgan tarixdagi eng yosh amerikalik ayol boʻldi.

Carissa Yip
Toʻliq ismi Carissa Shiwen Yip
Mamlakat Amerika Qoʻshma shtatlari
Tugʻilishi 10-sentyabr 2003-yil
Boston, Massachusets AQSh
Saravha

Xalqaro magistr,

Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2430 (iyul 2021-yil)

  

Hayoti va shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carissa Shiwen Yip[1] 2003-yil 10-sentyabrda Bostonda tugʻilgan.[2] Uning otasi Percy Yip (xitoycha: 葉培照 ; Pinyin: Yè Péizhao) Gonkonglik va onasi Irene Yip (née Cheng, Chinese 程华琳; Pinyin: Chéng Hualín) asli Xitoydan edi.[3][4]

Olti yoshida Carissaning otasi shaxmat oʻynashni oʻrgatgan, olti oy ichida u otasini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Tez orada u mamlakatning eng yaxshi sakkiz yoshli shaxmatchi qiziga aylandi.[5] 2013-yilda, oʻn yoshida, u tarixda USCF ekspert unvoniga (reyting > 2000) ega boʻlgan eng yosh ayol shaxmatchiga aylandi va 2015-yilda oʻn bir yoshida u eng yosh ayol milliy usta unvoniga erishdi.

2014-yil iyun oyida, 10 yoshida, u Fitchburgdagi Vachusett shaxmat klubining 7:0 hisobida gʻalaba qozongan eng yosh klub chempioniga aylangandi. 

Uning grossmeysterga qarshi birinchi gʻalabasi 2014-yilning 30-avgustida Nyu-England ochiq chempionatida Aleksandr Ivanovni magʻlubiyatga uchratgan vaqtida sodir boʻldi.[6] Oʻn yoshida u grossmeysterni magʻlub etgan eng yosh shaxmatchi ayol boʻldi.[7][8]

Yip 2016-yilda birinchi marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida ishtirok etdi, u bu chempionatda 11 balldan 4½ ball toʻplagan holda 9-oʻrinni egalladi.[9] 2017*yilda u 4/11 ball toʻpladi va 11-oʻrinni egalladi.[10] 2019-yilda esa 4½/11 ball bilan 8-oʻringa koʻtarildi.[11] 2018-yil iyun oyida Yip Sharlotta shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yil yozgi Sharlotta shaxmat markazida boʻlib oʻtgan IM normasi taklifnomasida yaqqol birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, oʻzining yakuniy „Xalqaro ayol ustasi“ (WIM) normasi, birinchi ayol grossmeyster (WGM) normasi va birinchi xalqaro usta (IM) normalarini qoʻlga kiritdi.[12] 2018-yil iyul oyida u 7/9 ball bilan oʻsmir qizlar oʻrtasida 2018-yilgi AQSh chempioni, shuningdek, 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon ochiq chempionatining chempioni boʻldi.[13][14]

2019-yil iyun oyi oxirida Yip Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Shimoliy Amerika chempionatida 8½/9 ball bilan gʻolib boʻldi va bu jarayon natijasida FIDE ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi[15]. Keyinchalik u 7½/9 ball toʻpladi va 2019-yilgi oʻsmir qizlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, hamda, 2020-yilgi AQSh ayollar chempionatiga yoʻllanma oldi.[15] 2020-yilda Yip yana 7½/9 ball bilan oʻsmir qizlar oʻrtasida AQSh chempioni boʻldi va 8/11 hisobida Irina Krushdan ½ ochko ortda qolgan holda AQSh ayollar shaxmat chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Uning 5/9 ball toʻplagan 2019-yilgi SPICE Cup musobaqasidagi chiqishi uni Xalqaro usta unvoniga sazovor boʻlgan eng yosh amerikalik ayolga aylantirdi.[16] FIDE unga bu unvonni 2020-yil fevral oyida topshirdi[17]

2021-yilda Yip Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan FIDE ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida, 103 nafar oʻyinchi ishtirokida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etdi. U turnirda 28-oʻrinni egalladi va 3-raundda Nana Dzagnidze tomonidan magʻlub boʻlishidan avval, Sharmin Sultana Shirin va Nataliya Buksa kabi nomdor shaxmatchilarni magʻlub etgandi.[18] Yip Sent-Luisda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi AQSh ayollar chempionatida gʻolib boʻlib, ikkinchi oʻrindagi raqibasidan 8½/11 — 1½ ochko koʻp toʻpladi va turnirda toʻrt nafar sobiq ayol chempionlarini magʻlub etdi, bular: Irina Krush, Anna Zatonskih, Nazi Paikidze va Sabina Foisor edi.[19] Bu uni AQSh ayollar chempionatida toʻrt nafar sobiq ayollar chempionini magʻlub etgan birinchi ayolga aylantirdi.[20][21]

Yip hozirda Phillips akademiyasida tahsil olmoqda va uni 2022-yilda bitiradi.[22]

Mashhur oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yip vs. Krush 2016-yil
abcdefgh
8
g7 white rook
f6 white pawn
h6 black king
h5 black pawn
b4 black pawn
b3 white pawn
a1 white king
h1 black bishop
8
77
66
55
44
33
22
11
abcdefgh
Oqlar yurishi: 53.?

Carissa Shiwen Yip Aleksandr Vladimirovich Ivanovga qarshi oʻyini. Zamonaviy mudofaa: standart chiziq (B06) 1-0. B-fayldagi pinga eʼtibor bermay, Yip grossmeysterga qarshi birinchi gʻalabasini qoʻlga kiritadi.[23] Carissa Shiwen Yip va Irina Krush, 2016-yilgi shaxmat boʻyicha AQSh chempionati (ayollar). Sitsiliya mudofaasi: Kan. Yip olti karra ayollar chempioni boʻlgan AQSh chempionini magʻlub etdi. Yakuniy pozitsiya muammoga oʻxshash holatni namoyish etadi.[24] [lower-alpha 1]

  1. „CARISSA SHIWEN YIP“. chessstream.com (2016). Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.
  2. „IM title application“. FIDE.
  3. Wong. „Carissa Yip to play in national women's chess competition“ (18-aprel 2016-yil). 19-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  4. Wong. „葉詩文參加全美女子象棋比賽“ (zh) (2016-yil 18-aprel). 19-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2019-yil.
  5. Welker, Grant. „Chelmsford's Carissa Yip is top 8-year-old female chess player in nation“. The Sun (28-iyun 2012-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  6. Smolensky. „Carissa Yip: Milestones to Master“. Massachusetts Chess Association. Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  7. „Carissa Yip“. US Chess Champs. Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  8. Robertson, Noah. „Meet America's top-ranked female chess player: A teenager“. The Christian Science Monitor (6-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2019-yil.
  9. „2016 U.S. Women's Championship“. US Chess Champs.
  10. „2017 U.S. Women's Championship“. US Chess Champs.
  11. „2019 U.S. Women's Championship“. US Chess Champs.
  12. „CCC GM/IM Norm Invitational - Summer 2022 GM/IM Norm Invitational Chess Tournament“. chess.stream.
  13. vwest. „World Open: Yip and Norovsambuu Win Women’s Open; Kovalyov Is Action Champion“ (inglizcha). US Chess.org (5-iyul 2018-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2022-yil.
  14. „Awonder Liang and Carissa Yip are the 2018 U.S. Junior Champions“ (inglizcha). Chess News (23-iyul 2018-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2022-yil.
  15. 15,0 15,1 „Carissa Yip Wins U.S. Junior Girls, Becomes Grandmaster!“. ChessKid. Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  16. Klein. „Yip Becomes Youngest American Female IM Ever“. Chess.com. Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  17. „Titles approved by 2020 Executive Board in Abu Dhabi, UAE“. FIDE. Qaraldi: 2-iyul 2020-yil.
  18. „Tournament tree — FIDE World Cup 2021“. worldcup-results.fide.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  19. Jerauld. „Wesley So, Carissa Yip are 2021 US Chess National Champions“ (inglizcha). US Chess.org (21-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  20. „Asian Americans dominate 2021 US Chess Championships, Wesley So joins Bobby Fischer in successive-win club“. www.yahoo.com.
  21. „2021 U.S. Chess Champions: Teenage Talent Yip Wins U.S. Women's Championship While Veteran So Claims Third U.S. Championship Title“. 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
  22. jwakefield@andovertownsman.com. „Andover's teen chess queen does it again; beats world champion from China at top tournament“ (inglizcha). The Andover Townsman. Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
  23. „Carissa Shiwen Yip vs Alexander Vladimirovich Ivanov“. Chessgames.com. Qaraldi: 1-noyabr 2019-yil.
  24. „Carissa Shiwen Yip vs Irina Krush“. Chessgames.com. Qaraldi: 23-dekabr 2019-yil.
  1. Rg5! 1-0. If Black then captures the rook, White's f pawn cannot be stopped from queening, whereas Bd5 loses the bishop and Black is left with a lost endgame against the rook.