Ionlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ionlanish — muhit elektr neytral zarralarining zaryadlangan zarralarga aylanishi; neytral zaryadli atomlar va molekulalardan musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlarning vujudga kelishi; 1) gaz va suyuqliklarning I. i — qoʻzgʻalmagan holatdagi neytral atom (molekula)ning ikki va undan ortiq zaryadlangan zarralarga ajralish jarayoni. Ularning I. i uchun maʼlum I. energiyasi sarflanadi. Atom (molekula) dan bir elektronni ajratib, musbat ion hosil qilishga sarflangan energiya miqdor jihatdan I. po-tensialga teng . Zaryadlangan zarralar (elektron, ion) zarbi bilan atom va molekulalarni ionlash zarba I. deyiladi. Zarba I. ehtimolligi, asosan, ionlanuvchi gaz (yoki suyuqlik) ga, ionlovchi zarralarning energiyasiga, tarkibiga, zichligiga bogʻliq. Bunday I., koʻpincha, mass-spektrometrlar va atomlar toʻqnashishini oʻrganishda ishlatiladigan asboblarda kuzatiladi. Moddalarda kuzatiladigan I. fakatgina tashqi ionlovchi zarralarning taʼsirlashuvi natijasida boʻlmasligi ham mumkin. Agar modda atom (molekula) larining issiklik harakati energiyasi yetarli bulsa, ular uzaro toʻqnashishlari natijasida bir-birini ionlantirishi mumkin. Bu termik I. deyiladi. Termik I. intensivligi 103—104 K trali moddalarda yuqori boʻladi (mas, yey razryadi yoki yonish jarayoni, Kuyoshdagi jarayonlar va h. k.). Moddalarning I. i fotonlar (yerugʻlik) taʼsirida yuz bersa, bu jarayon fotoionlanish deyiladi. Bunday I. harakteri pogʻonali boʻladi, yaʼni zarra bir yorugʻlik fotonni yutib, qoʻzgʻatilgan holatga oʻtadi, ke-yin esa yana keyingi foton bilan taʼsirlashishi tufayli I. i mumkin. Fotoionlanish jarayoni koʻpgina hodisalarda muhim ahamiyatga ega, mas, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi I. (qarang Ionosfera) va h. k. Ionlangan gaz yoki suyuqliklar elektr utkazuvchan boʻlib qoladi, ularning bunday xususiyatidan muhitning I. da-rajasini oʻlchash, yaʼni neytral zarralarning zaryadlangan zarralar soniga nisbatini aniqlash mumkin; 2) elektrolitlarning I. i — erigan moddalarning erituvchi molekulalari bilan oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida molekulalarining ionlarga boʻlinish jarayoni (qarang Dissotsiatsiya) ; 3) qat-tiq jismlarning I. i — qattiq jism atomlarining ionlarga aylanish jarayoni. Bunda elektronlar kri-stalldagi valentlik zonasidan elektr utkazuvchanlik zonasiga oʻtadi. Kat-tiqjismdagi I. energiyasi Ichaxm. ta-qikdangan zona kengligi energiyasi Eg ga teng boʻladi (qarang Qattiq jism fizi-kasi). Qattiq jismlardan zaryadlangan (yoki neytral) zarralar (elektron, proton, neytron va h. k.) oqimi oʻtganda yoki elektromagnit tebranishlar taʼsirida I. sodir boʻladi.

Abdurauf Joʻraxonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil