Geyger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geyger - MYULLER HISOBLAGICHI — yorugʻlik va rentgen nurlari, kosmik zarralar, a-, [$- zarralar, u-kvantlarni tekshirish uchun moʻljallangan asbob.Geyger Myuller sabagichi , gazni iolashtirish hodisasiga asoslangan detektorlar turkumiga kiradi va mustaqi gaz razryadi sharoitida ishlaydi. Dastlab (1908-yil da) X. Geyger va E. Rezerford a-zarralar uchun gaz-razryadli hisoblagichni loyihalashgan, keyinchalik X. Geyger va V. Myuller hisoblagichni mukammallashtirgan. G. — M. h. germetik berk silindrik idish boʻlib, uning oʻqi boʻylab ingichka sim (katod) tortilgan. Silindrik idish (anod vazifasini bajaradi) 0,1 — 0,2 atm bosimgacha gaz (havo, vodorod, geliy, argon va h. k.) bilan toʻldiriladi, unda zarralar tushadigan kichik teshik boʻladi (1-rasm). G.—M. h. ni ulash sxemasi 2-rasmda berilgan; bunda: Vo — gaz razryadi hosil qiluvchi boshlangʻich potensial; G.—M. h. da potensial V gacha (V = 500 — 1000 V) ortadi, hisoblagichga tushgan zaryadlangan zarra gazni ionlashtiradi va tok razryad (chaqnash) hosil qiladi, natijada hisoblagichda 10’ — 10"6 s da bir juft ion paydo boʻladi. Bu tok impulsi kuchaytirgichga beriladi, soʻngra elektromagnit hisoblagich uni qayd qiladi. G.—M. h. ga tushgan har bir zarra tok impulsini hosil qiladi va har safar qayd qilinadi (qayd qilish vaqti YU"4— 10"3 s). G. — M. h. fizika, biol., tibbiyot, sanoat va texnikaning bir qancha sohalarida keng ishlatiladi.

Shisha nai v Katod Anod yemirilish davri bilan a-zarra energiyasi orasidagi bogʻlanishni ifodalaydigan qonun; quyidagi formula bilan ifodalanadi: ]gT = C + -f=, iYe bunda Ye — a-zarra energiyasi (Mev), T — yarim yemirilish davri (s), Sva D — doimiy miqdorlar. Bu qonun katta ener-giyali ozarra chiqaruvchi yadroning yarim yemirilish davri kichik boʻlishini bildiradi. X.Geygerva J. Nettol 1911 — 12-yillarda aniklashgan. G. — N. q. baʼzi elementlarning yarim yemirilish davrini aniqlashda tatbiq qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil