Dissotsiatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dissotsiatsiya, dissotsiatsiya lanish (lot. dissociatio— ajralish, parchalanish) — modda molekulalari radikallari yoki ionlarining qaytar holda parchalanishi. D. termik, elektrolitik va fotokimyoviy turlarga ajratiladi. Termik D. — moddaning issiqlik taʼsirida parchalanishi. Mas, ammoniy gidrosulfid NH4HS qizdirilganda ammiak va vodorod sul-fidga parchalanadi. Neft krekingi, sanoatda koʻp moddalarni olish (mas, kalsiy karbonatdan ohak olish) usullari termik D.ga asoslangan. Elektrolitik D. —elektrolitlar suvda eritilganda ulardagi molekulalarning musbat va manfiy zaryadli ionlarga parchalanishi. Erituvchi, jumladan suvning qutbli molekulalari elektrolit molekulalariga taʼsir etib, ularning parchalanishiga sabab boʻladi. Elektrolitik D.da hosil boʻlgan ionlar va erituvchi molekulalari bir-biriga taʼsir etadi; ionlar suv bilan birikib, gidratlar hosil qiladi (mas, N,0 — gidroksoniy). Dissotsiatsialangan molekulalar sonining eritilgan modda molekulalari umumiy soniga nisbati elektrolitik D. darajasi deb ataladi, bu esa eritilgan modda (elektrolit)ning tabiatiga, shuningdek, eritma konsentratsiyasiga bogʻliq (eritma suyultirilgan sayin elektrolitik D. darajasi oshadi). Elektrolitik D. darajasi 1 ga teng boʻlganda kimyoviy muvozanat karor topali. Elektrolitik D. darajasiga qarab, elektrolitlar kuchli (batamom disso-siatsiyalanadigan) va kuchsiz (qisman dissotsiatsiyalanadigan) elektrolitlarga boʻlinadi, ammo bu shartli tu-shuncha, chunki bir elektrolitning oʻzi bir sharoitda kuchli, boshqa sharoitda esa kuchsiz boʻlishi mumkin (mas, vodorod xlorid suvda kuchli elektrolit, boshqa baʼzi erituvchilarda esa kuchsiz elektrolit xossalarini namoyon qiladi). Yoruglik nuri taʼsirida fotokimyoviy D. sodir boʻladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil