Quyosh shamoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quyosh shamoli — quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida quyosh shamoli quyosh tojining tashqi qatlamlaridan yuqori energiyali zarralar — proton va elektronlar — sochilib turishidir.

Terminni birinchi boʻlib amerikalik fizik Ye.Parker kiritgan (1958).

Quyosh tojining doimo 1,5—2 mln. K gacha qizishi nurlanish orqali sarflanayotgan energiya bilan muvozanatda boʻlmaydi. Qoldiq energiyani quyosh shamoli olib ketadi.

Quyosh shamoli plazmasi quyosh tojidagi singari asosan proton, elektron va geliy atomlari yadrolaridan iborat. Zarralar zichligi 1m³ da taxminan 6 mln.ga yetadi va ularning oʻrtacha tezligi 400 km/sek. Quyosh shamoli moddasi quyosh magnit maydonlarini oʻzi bilan olib ketadi. Quyosh shamoli fazoda yer magnit maydonini cheklaydi va yer orbitasi yaqinidagi orbitada ? erstedni tashkil etadi. Quyosh shamoliga oʻxshash moddalarning oqib chiqishi baʼzi yulduzlarda ham kuzatiladi.