IndiGo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IndiGo
IATA ICAO Identifikatori
6E IGO IFLY
Tashkil topgan 2006-yil
Boshlangan amaliyotlari 4-avgust, 2006-yil (17 yil avval) (2006-08-04)
Baza aeroporti
Park hududi 340
Parvoz yoʻnalishlari 118[1]
Egasi InterGlobe Aviation Limited
Tijoriy ramzi BSE:539448 NSE:INDIGO
Xalqaro xavfsizlik raqami INE646L01027
Bosh qarorgohi Gurgaon, Xaryana, Hindiston
Muhim shaxslar
  • Dr. V. Sumantran (Rais)[2]
  • Rahul Bhatia (Direktor)[3]
  • Pieter Elbers (CEO)[3]
Yillik daromadi  ₹55,878 kror ($7.0 milliard) (2023)[4]
Operativ foyda  ₹4,784 kror ($600 million) (2023)[4]
Kirim  ₹−317 kror (US$−40 million)(2023)[4]
Aktivlari  ₹59,170 kror (US$7.4 milliard)(2023)[4]
Majburiyatlari Decrease ₹−6,246 kror (US$−780 million) (2023)(2023)[4]
Xodimlar soni 32,407 (2023)[5]
Sayti goindigo.in

InterGlobe Aviation Limited, qisqacha IndiGo brendi, Hindistonning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Hindistonning Xaryana shtati Gurgaon shahrida joylashgan. 2023-yil iyul holatiga koʻra, ichki bozorda 63,4% ulushga ega boʻlgan aviakompaniya yoʻlovchilar soni va aviaparki hajmi boʻyicha Hindistondagi eng yirik aviakompaniyadir[6]. U aviaparki hajmi va tashilgan yoʻlovchilar soni boʻyicha Osiyoda ham eng yirik individual lou-koster va eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, u 300 milliondan ortiq yoʻlovchi tashigan[7]. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, aviakompaniya 118 ta yoʻnalishga har kuni 2000 ta reysni amalga oshiradi, ulardan 85 tasi mahalliy va 33 tasi esa xalqaro[8][9][10]. Aviakompaniyaning asosiy markazi Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida joylashgan[11].

Aviakompaniya InterGlobe Enterprises kompaniyasi vakili Rahul Bhatiya va hind milliarderi Rakesh Gangval tomonidan 2006-yilda xususiy kompaniya sifatida tashkil etilgan. U oʻzining birinchi samolyotini 2006-yil iyul oyida qabul qildi va bir oy oʻtib faoliyatini boshladi. Aviakompaniya 2012-yilda yoʻlovchilar tashish bozoridagi ulushi boʻyicha Hindistonning eng yirik tashuvchisiga aylandi. Kompaniya 2015-yil noyabr oyida birja listinggiga kiritildi[12]. Hozirda kompaniyaning bosh ijrochi direktori Pieter Elbers hisoblanadi[13].

OAG Punctuality League IndiGoni 2018-yilda dunyodagi 4-eng punktual aviakompaniya, 2019-yilda 6-eng punktual aviakompaniya va 2021-yilda 3-eng punktual aviakompaniya deb topdi[7]. 2023-yil 19-iyun kuni IndiGo 500 ta Airbus A320 oilasidagi samolyotlarga qatʼiy buyurtma berdi va bu buyurtma samolyotlar soni boʻyicha tarixdagi istalgan aviakompaniya tomonidan amalga oshirilgan eng katta xarid boʻldi va Air Indianing 470 ta samolyotga buyurtmasidan oʻzib ketdi[14][15].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGo 2006-yilda InterGlobe Enterprises kompaniyasi vakili Rahul Bhatiya va hind milliarderi Rakesh Gangval tomonidan xususiy kompaniya sifatida tashkil etilgan[16]. Tashkil etilgan paytda InterGlobe 51,12% ulushga, Gangvalning Virginiyada roʻyxatdan oʻtgan Caelum Investments kompaniyasi esa 47,88% ulushga ega edi[17][18]. IndiGo 2005-yil iyun oyida 100 ta Airbus A320-200 samolyotiga qatʼiy buyurtma berdi va 2006-yil oʻrtalarida ish boshlashni rejalashtirgan edi[19]. Aviakompaniyaga oʻzining birinchi samolyoti 2006-yil 28-iyulda – buyurtma berganidan deyarli bir yil oʻtib yetkazib berildi[20]. U 2006-yil 4-avgustda Nyu-Dehli—Guvahati—Imphal yoʻnalishida oʻz faoliyatini boshladi[21]. 2006-yil oxiriga kelib, aviakompaniya oltita samolyotga ega boʻldi va 2007-yilda yana toʻqqiztasi sotib olindi[21]. 2010-yil dekabr oyida IndiGo davlatga qarashli Air India aviakompaniyasidan oʻzib ketib, yoʻlovchilar bozorida 17,3% ulushi bilan Hindistondagi Kingfisher Airlines va Jet Airways dan keyingi uchinchi yirik aviakompaniyaga aylandi[22].

2011-yilda IndiGo 15 milliard AQSh dollari qiymatidagi 180 ta Airbus A320 samolyotiga buyurtma berdi[23]. 2011-yil yanvar oyida, toʻliq besh yil xizmat koʻrsatgandan keyin, aviakompaniyaga xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi[24]. 2011-yil dekabr oyida Hindiston Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi aviakompaniyaning tez kengayishi yoʻlovchilar xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi[25].

2012-yil fevral oyida IndiGo faoliyat boshlaganiga olti yil toʻlmay oʻzining 50-samolyotini qabul qilib oldi[26]. 2012-yil mart oyida yakunlangan chorakda IndiGo Hindistondagi eng daromadli aviakompaniya boʻldi va yoʻlovchilar bozori ulushi boʻyicha Hindistondagi ikkinchi yirik aviakompaniyaga aylandi[27]. 2012-yil 17-avgustda IndiGo oʻz faoliyatini boshlaganidan olti yil oʻtib Jet Airwaysdan oʻzib, bozor ulushi boʻyicha Hindistondagi eng yirik aviakompaniyaga aylandi[28].

2013-yil yanvar oyida IndiGo Osiyoda Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasidan keyin ikkinchi eng tez rivojlanayotgan lou-koster aviakompaniya boʻldi[29]. 2013-yil fevral oyida Fuqaro aviatsiyasi vazirligi IndiGoga oʻsha yili faqatgina beshta samolyotni yetkazib berishga ruxsat berishini eʼlon qilganidan soʻng, aviakompaniya arzon mintaqaviy reyslar joriy qilish uchun shoʻba korxona tashkil etishni rejalashtirgan edi. Keyinchalik, IndiGo yana toʻrtta samolyot sotib olish uchun vazirlikdan ruxsat olishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi, shu sababli 2013-yilda toʻqqizta samolyotni qabul qilib oldi[30]. 2014-yil mart oyi holatiga koʻra, IndiGo oʻrindiqlar soni boʻyicha Osiyoda ikkinchi oʻrindagi arzon aviatashuvchi hisoblanadi[31].

2015-yil avgust oyida IndiGo 27 milliard dollarlik 250 ta Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berdi, bu Airbus tarixidagi bir marta berilgan eng katta buyurtma boʻldi[32]. IndiGo 2015-yil 19-oktyabrda ₹3,018 kror (2023-yilgi kurs boʻyicha ₹36 milliard yoki $440 million) qiymatidagi aksiyalarini birlamchi ommaviy taklifini eʼlon qildi, sotuvlar 27-oktyabrdan boshlandi[33][34][35].

2019-yil oktyabr oyida IndiGo 300 dona Airbus A320neo samolyotiga umumiy qiymati ₹2,3 lakh krorlik navbatdagi buyurtmani berdi, bu Airbus tarixidagi eng katta buyurtma boʻyicha oʻzining oldingi rekordini yangiladi[36][37].

2019-yil dekabr oyida aviakompaniya kuniga 1500 ta reysni amalga oshirgan birinchi Hindiston aviakompaniyasiga aylandi[38]. 2019-yil 31-dekabrda u 250 dan ortiq samolyot parkiga ega boʻlgan Hindistonning birinchi aviakompaniyasi boʻldi[39].

2023-yil yanvar oyida aviakompaniya 300 dan ortiq samolyotdan iborat aviaparkka ega boʻlgan birinchi hind aviakompaniyasiga aylandi[40].

2023-yil fevral oyida aviakompaniya Turkish Airwaysdan nam lizing shartnomasi asosida bir dona Boeing 777-300ER samolyotini oʻz aviaparkiga qabul qildi. Toʻliq IndiGo liverasidagi ikkinchi samolyot bir necha oydan keyin parvozlarga qoʻydi. Bu aviakompaniya tomonidan foydalaniladigan birinchi keng fyuzelyajli samolyot va Hindistonda Air India va Vistaradan keyin keng fyuzelyajli samolyotlarni boshqaradigan uchinchi aviakompaniya hisoblanadi. Boeing 777 IndiGo foydalanadigan birinchi biznes-klass oʻrindiqlarga ega samolyot hisoblanadi[41][42][43].

2023-yil iyun oyida Parij aviashousida aviakompaniya 500 ta Airbus A320neo oilasidagi samolyotlarga buyurtma berdi va bu tijorat aviatsiyasi tarixidagi eng yirik samolyot buyurtmasiga aylandi[44].

2023-yil sentyabr oyida IndiGo Turkish Airways bilan kodshering hamkorlik orqali San-Fransiskoga parvozlar yoʻlga qoʻyilganini eʼlon qildi. Ushbu kelishuv Istanbul orqali AQShning Gʻarbiy sohilidagi shaharga parvozlarni osonlashtiradi. AQSh shaharlaridan tashqari ushbu kodeshering kelishuvi Yevropaning 30 dan ortiq yoʻnalishlarini, xususan London, Parij, Venetsiya, Afina, Budapesht, Rim kabi shaharlariga aviaqatnovlarni oʻz ichiga oladi[45].

2022-yilda IndiGo ichki bozorda 55% ulushga ega edi[46]. Aviakompaniya 15% bozor ulushi bilan Hindistonning xalqaro tashuvlarida bozorida ham yetakchi edi[47]. IndiGo bosh direktori xalqaro qatnovlarni koʻpaytirishni xohlayotganini aytdi[48].

Korporativ faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmdagi Airbus A320 samolyotida koʻrinib turganidek IndiGo liverasida Indigo-moviy osmon rangidan foydalanadi

Mulkchilik shakli va tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Interglobe Aviation Limited aksiyalari Hindiston milliy fond birjasida (NSE) listingga qoʻyilgan va INDIGO nomi ostida ochiq sotiladi. 2023-yil 4-may holatiga koʻra, aviakompaniyaning bozor kapitallashuvi taxminan ₹ 23,36,214,94 lakhni tashkil qiladi[49].

Bosh ofisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGo bosh ofisi Xaryana shtatining Gurugram shahrida joylashgan[50].

Biznes koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGoning soʻnggi yillardagi asosiy koʻrsatkichlari (31-martda yakunlangan moliyaviy yil holatiga koʻra):

2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
Daromadi (₹m) 161 399 185 805 230 209 284 968 357 560 146 406 259 309 544 465
Soliq toʻlagandan keyingi foyda (₹m) 19 897 16 591 22 424 1572 −2,337 −58,064 −61,618 −3,058
Xodimlari soni 12 362 14 604 18 060 23 531 27 812 23 711 26,164 32 407
Yoʻlovchilar soni (m) [51] 33 44 52 65 75 29 47 85
Yuk koeffitsienti (%) 84,0 84.8 87.4 86.2 85.8 69.4 73.6 82.1
Aviaparki hajmi 107 131 159 217 262 285 275 304
CO 2 emissiyasi (g) 74,6[52] 72,0 70,0 64.7 61.1 59.5
Manbalar [53] [54] [55] [5] [5] [5] [5] [5]

Parvoz manzillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil dekabr holatiga koʻra IndiGo parvoz qiladigan mamlakatlar[56]

2023-yil oktyabr holatiga koʻra, IndiGo 114 ta manzilga 1,900 dan ortiq kunlik parvozlarni amalga oshiradi. Bu reyslarning 81 tasi Hindiston ichida, 33 tasi xorijda amalga oshiriladi. Aviakompaniya 2023-yil iyun va oktyabr oylari mobaynida 174 ta yangi haftalik xalqaro reyslarni qoʻshdi[57][58][8]. Asosiy bazasi Dehli aeroportida joylashgan[59], shuningdek Bangalor[60], Chennay[61], Haydarobod[62], Kalkutta[61], Mumbay[61] va Kochi[63] aeroportlarida ham oʻz bazasiga ega. 2011-yil yanvarda IndiGo besh yil parvozlarni amalga oshirganidan keyin xalqaro aviaqatnovlar litsenziyasini qoʻlga kiritdi[64]. IndiGoning birinchi xalqaro parvozi Nyu-Dehli va Dubay orasida 2011-yil 1-sentyabr kuni amalga oshirildi.

Kodshering shartnomalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGo quyidagi aviakompaniyalar bilan koshering shartnomalariga ega:

Aviaparki[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGo Airbus A320neo samolyoti
IndiGo Airbus A320-200 samolyoti
IndiGo Airbus A321neo samolyoti
An IndiGo ATR 72-600 samolyoti

2023-yil avgust holatiga koʻra, IndiGo parvozlar quyidagi samolyotlardan foydalanadi[71]:

IndiGo aviaparki
Samolyot rusumi Miqdori Buyurtmalar soni[71] Yoʻlovchi sigʻimi[72] Eslatmalar
Airbus A320-200 20 - 180 Asta-sekin foydalanishdan chiqariladi[73][74].
Airbus A320neo 176 287 180 Eng yirik operator[75].
186
Airbus A321neo 94 602 222 Wizz Airdan keyin ikkinchi yirik operator[75].
232 [76]
Airbus A321XLR[77] 69[78][48] Hali yetkazib berilmagan Ushbu turdagi samolyotlarning eng yirik buyurtmasi[79].
2025-yildan boshlab yetkazib beriladi[48].
ATR 72-600 41[80] 9[81][82] 78
IndiGo yuk aviaparki
Airbus A321-200/P2F 2[83] Yuk [84]
Jami 333 967

Aviaparkning rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

IndiGo 2005-yil iyun oyida Parij aviashousida 6 milliard AQSh dollari miqdoridagi 100 ta Airbus A320-200 samolyotiga buyurtma berdi va 2006-yil oʻrtalarida oʻz faoliyatini boshlashni rejalashtirgan edi[19][85][86]. Aviakompaniya birinchi A320ni 2006-yil iyul oyida qabul qildi va 2015—2016-yillarda 100 ta samolyotni kiritishni rejalashtirdi[87]. 2011-yil 11-yanvarda esa qoʻshimcha 180 ta Airbus A320 samolyoti, shu jumladan 150 ta Yangi dvigatel variantiga ega (inglizcha: New Engine Option—NEO) samolyotlarga qiymati $15 milliardlik anglashuv memorandumini imzoladi. 2012-yilda aviakompaniya oʻzining 50-samolyotini[26], 2014-yil 4-noyabrda esa 100-samolyotni qabul qilib oldi va dastlabki buyurtmasi muddatidan avval bajarildi[88].

2011-yilda buyurtma qilingan Airbus A320neo oilasi samolyotlari 2015-yildan boshlab yetkazib berilishi kerak edi[89]. Biroq, ushbu samolyotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kechikishlar sabab, IndiGo mavjud talabni qondirish uchun jami 22 ta foydalanilgan samolyotni quruq lizingga oldi[90]. 2014-yil 15-oktyabrda IndiGo umumiy qiymati 25,7 milliard dollarlik 250 ta A320neo samolyotiga buyurtma berish niyatini bildirdi[91]. 2015-yil 15-avgustda ushbu buyurtmani 26,5 milliard dollarga tasdiqladi. Buyurtma, shuningdek, IndiGoga baʼzi A320neo samolyotlarini A321neoLRlarga oʻzgartirish imkonini beradi, ular koʻproq yoʻlovchilar oʻrindiqlari oʻrnatishi va uzoqroq yoʻnalishlarda uchishi mumkin[92]. 250 ta samolyotga buyurtma Airbusning samolyotlar soni boʻyicha eng katta buyurtmasi edi[93]. IndiGo birinchi A320neoni 2016-yil mart oyida qabul qildi[94][95]. 2019-yil 10-oktyabrda Airbus tomonidan IndiGoning 1000-A320neo samolyoti yetkazib berildi[96]. 2019-yil 29-oktyabrda IndiGo kompaniyasi 300 ta A320neo oilasi samolyotlariiga qatʼiy buyurtma berdi, ushbu buyurtmalarning 87 tasi A320neo, 144 tasi A321neo va 69 tasi A321XLR edi. Shu bilan IndiGoning A320neo oilasi samolyotlariga buyurtmalarining umumiy sonini 730 taga yetdi[97][98][48].

IndiGo oʻzining birinchi ATR 72–600 samolyotini 2017-yil noyabr oyida qabul qildi.

2023-yil may oyida IndiGo 400 oʻrinli Boeing 777-300ER samolyotini oʻzining liverasida taqdim etdi. Samolyot Turkish Airlines bilan kodshering shartnomasi orqali 2023-yil 28-may kuni Istanbuldan Dehliga uchdi[99].

2023-yil iyun oyida Parij aviashousida aviakompaniya 500 ta Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berdi. Bu tijorat aviatsiyasi tarixidagi eng yirik samolyot buyurtmasidir[44]. Parij havo koʻrgazmasining ochilish kunida eʼlon qilingan kelishuv, taxminan 55 milliard dollarni tashkil etadi. Bunda ulgurji buyurtma uchun beriladigan potentsial imtiyozlar hisobga olinmagan. Ushbu muhim kelishuv IndiGoga yangi samolyotlarni foydalanishga kiritish orqali operatsion samaradorlikni oshirish va yonilgʻi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deya taʼkidladi kompaniya[100]. Yetkazib berish 2030—2035-yillarda amalga oshiriladi[44].

Xizmatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bortga chiqish jarayoni
Esdalik biskvit qutisida keltiriladigan pechenyelardan tashkil topgan IndiGo bort ovqati

Arzon narxlardagi tashuvchi sifatida IndiGo faqat ekonom klassdagi oʻrindiqlarni taklif qiladi. Tariflarni past ushlab turish uchun IndiGo oʻzining hech bir reyslarida bepul ovqatlanishni taklif qilmaydi, shu bilan birga pullik bortda ovqatlanish dasturiga ega[101]. Samolyotda koʻngilochar xizmatlar mavjud emas. Yoʻlovchilar parvoz davomida IndiGo tomonidan nashr etiladigan Hello 6E jurnalini mutolaa qilishlari mumkin[102]. IndiGo yuqori narxni toʻlashga tayyor yoʻlovchilarga oldindan tayinlangan oʻrindiq, chiptalarni bir necha marta bekor qilish va birinchi navbatda roʻyxatdan oʻtish kabi premium xizmatlarni taklif etadi[103]. 2019-yil sentyabr oyida kompaniya oʻz yoʻlovchilariga parvoz va aeroportda koʻngilochar imkoniyatlarni taqdim etish uchun talabga koʻra video taqdim etish ilovasi SonyLIV bilan aloqasi borligini eʼlon qildi[104].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „destinations“. IndiGo (2023-yil 12-oktyabr).
  2. „IndiGo Board of Directors“.
  3. 3,0 3,1 „IndiGo Leadership“. goindigo.in.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Annual Trends“ (2023-yil 7-iyun).
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „IndiGo Annual Report 2022-23“. goindigo.in. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  6. „July 2023 Domestic Traffic Reports“ (en). Directorate General of Civil Aviation. 2023-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 „About IndiGo“ (2022-yil 22-noyabr).
  8. 8,0 8,1 „Indigo reaches milestone of 1,900 flights per day“ (en). The Economic Times (2023-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  9. Joshi, Gaurav. „Salem, Diu, And Khajuraho: IndiGo Offers 3 New Destinations In October“ (en). Simple Flying (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  10. Joshi, Gaurav. „Delhi To Hong Kong: IndiGo To Restart Daily Flights In October“ (en). Simple Flying (2023-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 5-oktyabr.
  11. Chowdhury, Anirban. „Wolfgang Prock-Schauer's latest assignment: Taking IndiGo on a long haul“. The Economic Times (2018-yil 13-fevral). 2018-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  12. „IndiGo listed on stock exchange, soars 15 per cent“. The Indian Express (2015-yil 10-noyabr). 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  13. „IndiGo Leadership Team“.
  14. „Largest-ever deal: IndiGo orders 500 Airbus A320 family aircraft worth $50 billion“. The Times of India (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-iyun.
  15. Cooban. „Biggest plane deal in history: Airbus clinches massive order from India's IndiGo | CNN Business“ (en). CNN (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  16. „Owner of India's biggest airline files for IPO“. CNBC (2015-yil 30-iyun). 2016-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  17. Padnis, Anees. „IndiGo gives handsome payback to promoters“. Business Standard (2013-yil 16-noyabr). 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  18. „FIPB approves proposal to convert Rakesh Gangwal's IndiGo stake to NRI category“. The Economic Times (2014-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  19. 19,0 19,1 „IndiGo Airlines to fly soon“. The Economic Times (2005-yil 22-iyun). Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  20. „IndiGo takes delivery of its first brand new Airbus A320 aircraft“. The Hindu (2006-yil 29-iyul). Qaraldi: 2012-yil 16-fevral.
  21. 21,0 21,1 „Indigo's first flight to take-off on Aug 4“. The Economic Times (2006-yil 13-iyul). Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  22. „IndiGo pips Air India to become No. 3 airline“. The Indian Express (2010-yil 21-dekabr). 2011-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  23. „IndiGo airline picks up 180 jets“. The Economic Times (2011-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  24. „IndiGo gets govt nod to launch international operations“. Rediff (2011-yil 11-yanvar). 2016-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
  25. „IndiGo, SpiceJet airlines violate mandatory safety norms: DGCA“. India Today (2012-yil 9-yanvar). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-iyul.
  26. 26,0 26,1 „IndiGo gets delivery of its 50th Airbus A320 aircraft“. The Economic Times (2012-yil 10-fevral). Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
  27. Mishra, Mihir. „A tale of two airlines: Kingfisher vs IndiGo“. Business Standard (2012-yil 21-fevral). 2016-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  28. „IndiGo flies past Jet to become largest airline“. Business Standard (2012-yil 18-avgust). 2012-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-avgust.
  29. „IndiGo among the fastest expanding airlines globally“. Business Standard (2013-yil 2-yanvar). 2013-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-yanvar.
  30. „IndiGo to set up regional airline to tap small towns“. The Economic Times (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
  31. Sobhie. „Analyst Viewpoint: Asian airline industry overview“. CAPA. 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  32. „IndiGo orders 250 planes“. The Times of India (2015-yil 18-avgust). 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  33. „IndiGo Airlines IPO to open on October 27, price band Rs 700-765“. The Economic Times (2015-yil 20-oktyabr). 2015-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
  34. S V Krishnamachari. „Domestic air traffic: How IndiGo, Jet Airways, SpiceJet, Air India, Go Air, AirAsia India, Vistara performed in October“. International Business Times (2016-yil 21-noyabr). 2017-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  35. „IndiGo's Rs 3,018-crore IPO three times oversubscribed“. The Economic Times (2015-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
  36. „IndiGo Orders Further 300 A320neo Aircraft“. One Mile at a Home (2019-yil 31-oktyabr).
  37. Sinha. „IndiGo gives Rs 2.4 lakh crore order for 300 A320 Neo aircraft“. The Times of India (2019-yil 31-oktyabr). 2020-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  38. „IndiGo becomes 1st Indian carrier to operate 1,500 daily flights“ (en). Livemint (2019-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  39. „IndiGo fleet size crosses 250 planes, becomes first Indian carrier to do so“. Business Standard India. Press Trust of India (2020-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  40. Dwivedi, Manas. „IndiGo's fleet gets 300 aircraft strong, becomes first Indian airline to achieve the milestone“ (en). The Economic Times (2023-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  41. Joshi. „IndiGo's Boeing 777 On Wet Lease Starts Commercial Service“. Simple Flying (2023-yil 1-fevral).
  42. Dunn2023-03-22T00:49:00+00:00. „Turkish Technic rolls out first Boeing 777 in IndiGo colours“. FlightGlobal.
  43. IndiGo. „IndiGo inducts its first widebody aircraft - Boeing 777 on Delhi-Istanbul route“. goindigo.in (2023-yil 31-yanvar). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  44. 44,0 44,1 44,2 „Largest Aircraft Order: IndiGo Places Order For 500 Airbus Neo Family Planes“ (en). News18 (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  45. Joshi, Gaurav. „San Francisco Now Part Of IndiGo’s US Network Through Turkish Airlines Codeshare“ (en). Simple Flying (2023-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
  46. „India: domestic airline traffic share by passengers carried 2022“ (en). Statista. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  47. „India: market share of airlines based on international traffic 2022“ (en). Statista. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  48. 48,0 48,1 48,2 48,3 „India's IndiGo eyes Amsterdam with A321neo(XLR)s“ (en). ch-aviation (2023-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  49. „InterGlobe Aviation Limited Share Price“. National Stock Exchange of India (2023-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  50. „Contact us“. IndiGo. 2020-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  51. „IndiGo: passenger traffic 2023“ (en). Statista. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  52. Bureau. „IndiGo slashes carbon emissions by 20% in FY23 through sustainable measures“ (en). BusinessLine (2023-yil 30-iyul). Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  53. „IndiGo Annual Report 2016“. goindigo.in. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  54. „IndiGo Annual Report 2017“. goindigo.in. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  55. „IndiGo Annual Report 2018“. goindigo.in. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  56. „Route map IndiGo“. Flight Connections (2023-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-dekabr.
  57. „International Expansion: A Look At IndiGo's Moves Into Africa & Central Asia“ (en). Simple Flying (2023-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  58. „IndiGo is back with a bang, looking to start flights to many international destinations: CEO Pieter Elbers“. The Economic Times (2023-yil 17-fevral). Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  59. „Profile on IndiGo“. CAPA. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  60. „IndiGo adds to Bengaluru base“. Anna.aero (2016-yil 16-fevral). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
  61. 61,0 61,1 61,2 „IndiGo commences seventh route to Dubai“. Anna.aero (2014-yil 17-dekabr). 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
  62. „IndiGo starts new domestic route from Hyderabad“. Anna.aero (2014-yil 6-avgust). 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-iyun.
  63. „indigo starting kochi-kuwait flights“. GoIndiGo.in. 2022-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  64. „IndiGo Airlines to fly to Dubai, Bangkok, Singapore from September“. The Economic Times (2011-yil 14-iyun). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  65. 65,0 65,1 Hannah Brandler. „Air France-KLM signs codeshare agreement with Indigo Airlines“. Business Traveller. London: Perry Publications (2021-yil 26-dekabr).
  66. „India nonstops on the way, American Airlines codeshares with IndiGo for India connections“. The Times of India (2021-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.
  67. „British Airways signs new codeshare with IndiGo“ (en-GB). Business Traveller. Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.
  68. „QANTAS AND JETSTAR EXPAND SYDNEY GATEWAY WITH NEW DIRECT FLIGHTS TO INDIA AND KOREA“. Qantas Newsroom (2022-yil 8-aprel). Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  69. „Qatar Airways and IndiGo Sign Codeshare Agreement“. Qatar Airways. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  70. „Virgin Atlantic Launches New IndiGo Codeshare Agreement“. Simple Flying (2022-yil 1-sentyabr).
  71. 71,0 71,1 „Airbus Orders & Deliveries“. www.airbus.com (2023-yil avgust). 2023-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  72. „Seat map and Aircraft information“. IndiGo. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
  73. „IndiGo Airlines seeks to phase-out A320-200s“. Ch-Aviation. Qaraldi: 2020-yil 5-iyun.
  74. „IndiGo Retires 100 A320ceos As Fleet Modernization Nears Completion“. Simple Flying (2022-yil may).
  75. 75,0 75,1 Airbus Orders and Deliveries (XLS), monthly updated, accessed via „Orders & deliveries“. Airbus. Airbus SAS.
  76. „IndiGo's A321neos Cost 10% Less Per Passenger Than Its A320neos“ (en-US). Simple Flying (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-aprel.
  77. Pande. „IndiGo Reveals Where It May Fly The Airbus A321XLR From 2024“ (en-US). Simple Flying (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.
  78. „India's IndiGo orders an additional ten A320Ns“ (en). ch-aviation (2023-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  79. „Airbus defers A321neo(XLR) service entry to 2024“ (en-US). ch-aviation.com (2022-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  80. „IndiGo Fleet“. AirFleets.net. Qaraldi: 2023-yil 1-avgust.
  81. Sanjai, P R; Jasper, Christopher. „Biggest Indian Airline Orders 50 Turboprops in Regional Push“. Bloomberg.com (2017-yil 9-may). Qaraldi: 2019-yil 1-noyabr.
  82. „IndiGo Takes Delivery Of Its First ATR Since 2019“. SimpleFlying (2021-yil 27-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
  83. „IndiGo Takes First Converted Airbus A321 Freighter Ahead Of Cargo Operations Launch“ (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  84. „IndiGo Seeks Four Airbus A321s For Freighter Operations“ (2021-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  85. „Airbus wins $6bn order from India“. BBC News (2005-yil 16-iyun). 2011-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  86. „Airbus Orders and Deliveries“. Airbus. 2011-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-avgust.
  87. (2006-yil 28-iyul). „IndiGo celebrates delivery of first Airbus A320“. Press-reliz.
  88. „IndiGo gets 100th aircraft completing its first order of many Airbus A-320“. The Economic Times (2014-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  89. Sinha, Saurabh. „Aircraft order is just a drop in ocean: IndiGo“. The Times of India (2011-yil 13-yanvar). 2011-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-yanvar.
  90. „Airbus delays A320neo delivery for Indian airline IndiGo“. Reuters (2016-yil 21-dekabr). 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  91. „40 billion jet spending spree“. Yahoo (2014-yil 16-oktyabr). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  92. „Would be foolish to not focus on India, says IndiGo airlines president Aditya Ghosh“. The Economic Times (2015-yil 27-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  93. (2014-yil 15-oktyabr). „IndiGo signs MoU for 250 A320neo aircraft“. Press-reliz.
  94. Airbus (2011-yil 1-noyabr). „IndiGo commits to 180 A320s, largest jet order in aviation history“. Press-reliz.
  95. „Airbus and AirAsia announce record deal for 200 planes“. BBC (2011-yil 23-iyun). 2011-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-iyun.
  96. „Airbus marks its 1,000th A320neo Family aircraft delivery“. Airbus.com (2019-yil 11-oktyabr).
  97. „IndiGo signs for 300 A320neo Family aircraft“. Airbus (2021-yil 28-oktyabr).
  98. „Why IndiGo Could Win With Its Mega A321XLR Order“ (2020-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  99. „IndiGo's reveals new livery on Boeing 777 aircraft“ (en). Times Aerospace (2023-yil 28-may). Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  100. „Record aircraft purchase announced at Paris Airshow“ (en-GB). BBC News (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  101. „IndiGo FAQ's“. IndiGo. 2016-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-noyabr.
  102. „Coffee with 6E“. Mint (2015-yil 26-oktyabr). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  103. „IndiGo 6E Plus“. IndiGo. 2015-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
  104. „IndiGo ties up with Sony to offer entertainment content to flyers“. The Times of India (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]