In Your Eyes
„In Your Eyes“ | ||||
---|---|---|---|---|
![]() | ||||
The Weeknd singli | ||||
After Hours albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 24-mart, 2020-yil | |||
Studiya |
| |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
3:57 (standart versiya) 4:20 (Kenny G remix) | |||
Leybl | ||||
Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
The Weeknd singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„In Your Eyes“ YouTubeda |
„In Your Eyes“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd tomonidan ijro etilgan qoʻshiq boʻlib, uning 2020-yilda chiqqan toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hoursning toʻrtinchi singl hisoblanadi. Ushbu qoʻshiq 2020-yil 24-mart kuni XO va Republic Records leybllari orqali zamonaviy xit radiolariga chiqarildi[4]. Aslida qoʻshiq avvalroq, aniqrogʻi, toʻrt kun oldin, yaʼni 20-martda albomning oʻzi bilan birga chiqarilgan edi[5]. Qoʻshiqni The Weeknd Max Martin va Oscar Holter bilan birga yozgan va prodyuserlik qilgan. Belly esa qoʻshiq yozilishidagi hissasi uchun qoʻshimcha mualliflik huquqiga ega. Qoʻshiqning studiya versiyasida saksofon qismini Vojtek Goral ijro etgan, jonli ijro va remiks versiyasida esa bu partiyani mashhur musiqachi Kenny G chalgan.
2020-yil 21-may kuni, qoʻshiqning amerikalik repper va xonanda Doja Cat ishtirokidagi remiksi chiqarildi[6]. Shuningdek, Kenny G ishtirokidagi yana bir remiks 2020-yil 16-oktabrda taqdim etildi. Bu remiks, qoʻshiqning birinchi marta jonli ijro etilganidan keyin chiqarildi[7].
Tarixi va chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu qoʻshiq ilk bor „After Hours“ qisqa metrajli filmida ishora tarzida namoyon boʻlgan; The Weeknd filmda yurib ketayotgan sahnada fon musiqasi sifatida qoʻshiqning saksofon solosi yangrayotgan edi[8]. Keyinchalik, Island Records prezidenti Louis Bloom 2020-yil mart oyi oʻrtalarida Music Week jurnaliga bergan intervyusida, „Blinding Lights“ qoʻshigʻining toʻgʻridan-toʻgʻri davomi albom bilan bir vaqtda taqdim etilishi tasdiqlandi[9]. Keyinchalik bu davom „in Your Eyes“ qoʻshigʻi boʻlishi eʼlon qilindi, bu qoʻshiq Spotifydagi mashhur pleylaystlarga qoʻshildi va 2020-yil 20-mart kuni Billboard jurnalining vakili Gary Trust tomonidan uning radioga chiqarilishi tasdiqlandi[10].
Matni va kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„In Your Eyes“ – bu 1980-yillardagi uslubda yozilgan sinti-pop qoʻshigʻi boʻlib, asosiy sintezator musiqasi, alt-saksofon solosi va nafis mis cholgʻular bilan boyitilgan. Qoʻshiq 100 BPM (daqiqasiga zarblar) tezlikda, ii-V-vi-IV akkord progresiyasi asosida va sol minor (G minor) tonalligida yozilgan. Ushbu qoʻshiqda Daft Punk guruhining „Veridis Quo“ asaridan interpolyatsiya mavjud. The Weeknd, Max Martin va Oscar Holter bilan birga prodyuserlik qilgan ushbu trekiga, Variety jurnalidan Jem Aswad bilan After Hoursning tinglov sessiyasida quyidagicha izoh bergan[11]:
Agar qo‘shiqning ichiga chuqurroq qarasangiz, u tashqaridan ko‘ringanidan ko‘ra murakkabroq ekanini tushunasiz. Bu aslida bir-birini sevuvchi, lekin bir-birini doimiy ravishda ezib keluvchi ikki inson haqida. Birinchi kuplet — bir taraf nuqtai nazaridan, ikkinchisi esa — ikkinchi odam nigohidan aytilgan. Bu xuddi The Police guruhining "Every Breath You Take" qo‘shig‘i kabi — odamlar uni sevgi qo‘shig‘i deb o‘ylashadi, lekin aslida u unday emas... Bu qo‘shiq chuqurroq, lekin siz unga raqsga tushgingiz va sevgidan mast bo‘lgingiz keladi. Bu uning butun mohiyatidir.
Tanqidiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq olamshumul maqtovlarga sazovor boʻldi va tanqidchilar tomonidan albomdagi ajralib turuvchi asar sifatida eʼtirof etildi. Singl, shuningdek, The Weekndning ilgarigi radioga moʻljallangan xit qoʻshiqlari bilan taqqoslandi[12][13]. Turli jurnalistlar ushbu trekda 80-yillar uslubining kuchli taʼsiri borligini qayd etishdi – ayniqsa, qoʻshiqdagi saksofon solosi va sintezatorlar alohida maqtovga sazovor boʻlib, M83 ning „Midnight City“ va Katy Perryning „Last Friday Night“ kabi xitlari bilan solishtirildi[14][15][16]. The New York Timesdan Jon Caramanica esa shunday fikr bildirdi: „‘In Your Eyes’ qoʻshigʻi oxirrogʻidagi saksofon solosi shu qadar yoqimli va ohangdorki, u eng yuqori darajadagi fon musiqasidek eshitiladi“[17]. Pitchfork sharhlovchisi Noah Yoo yozadi: „'In Your Eyes' – Duran Duranni ham uyaltirib qoʻyadigan darajada shohona saksofon sololari va aranjirovkalarni oʻz ichiga oladi“[18]. Entertainment Weekly sharhlovchisi Candice McDuffie taʼkidlaydi: „Loyihadagi eng yodda qoladigan lahzalardan biri bu – Tomas Jannson tomonidan chalingan 'Careless Whisper' uslubidagi saksofon solosi boʻlib, u qoʻshiqni chinakamiga nostalgik darajaga olib chiqadi“[19]. Vibedan Jack Riedy esa shunday deydi: „'In Your Eyes’ – bu elektro-disko qoʻshiq boʻlib, u shunchalik koʻp tovushli bezaklarga toʻla-ki, ularni sanab chiqish uchun butun boshli Stefon uslubidagi gap kerak boʻladi: Chic uslubidagi ritmik gitara, zafarona truba kuylar, Daft Punk uslubidagi robotga oʻxshash vokallar va yakundagi toʻliq saksofon solosi“[20].
Yil yakunidagi reytinglar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nashr | Reyting | Oʻrin | Man. |
---|---|---|---|
Billboard | 2020-yilning eng yaxshi 100 qoʻshigʻi | 54 | [21] |
Genius | The Genius Community’sining 2020-yil uchun eng yaxshi 50 qoʻshigʻi | 9 | [22] |
E! News | 2020-yilning eng yaxshi 100 qoʻshigʻi | kiritilgan | [23] |
Musiqiy klip
[tahrir | manbasini tahrirlash]„In Your Eyes“ qoʻshigʻining videoklipi uning rejissyori Anton Tammi tomonidan 2020-yil 21-martda Instagram stories’ida namoyish etilgan[24]. Keyingi kuni The Weeknd oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ushbu videoning kichik parcha joylagan[25]. Qoʻshiq uchun rasmiy klip chiqarilishi, relizdan oʻn bir soat oldin tasdiqlangan va video 2020-yil 23-martda taqdim etilgan[26][27].
Ushbu klipda bosh rolni Zaina Miuccia ijro etadi va u After Hours qisqa metrajli filmidagi voqealarning davomiga asoslangan boʻlib, The Weeknd juftlik bilan liftga kirganidan keyin boʻlib oʻtadigan hodisalarni tasvirlaydi[28][29]. Klipda The Weeknd lift ichida Miuccianing yigitini oʻldirgach, uni turli joylarda quvib boradi. Nihoyat, ular After Hours nomli tungi klubga yetib kelishadi. U yerda Miuccia bolta topib, The Weekndni boshini tanasidan ajratadi va klipning qolgan qismida uning boshini koʻtarib raqsga tushadi[30]. Videoda albom nomidagi qisqa filmdagi saksofonchi Wojtek Goral yana paydo boʻladi. Klip 1980-yillardagi slasher filmlariga oʻxshatilgan va musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan[31]. PopMatters nashri sharhlovchisi Jessica Brant ushbu qoʻshiqni quyidagicha tasvirladi: „U Kiss Land (2013) albomidagi ‘Pretty’ qoʻshigʻidagi The Weeknd yozgan obsessiv sogʻinchning toʻliq film shaklidagi koʻrinishi kabi tuyuladi. Bu hikoya Michael Jacksonning ‘Thriller’ klipini mashhur qilgan jihatlar: kuchli, dahshatli, va ayni vaqtda kulgili syujetga, va Vogue jurnalining yozuvchisi hamda model Zaina Miuccia tomonidan ijro etilgan ajoyib aktyorlik ishiga ega“[32]. Vibe jurnalisti William E. Ketchum III esa shunday deydi: „The Weeknd bu klipida dahshatli filmlarga xos kayfiyatni yaratgan, 80-yillardagi slasher uslubini yangi bosqichga olib chiqqan“[33]. Complex muharriri Trace William Cohen esa klipning hikoyaviy yoʻnalishi va yakunini maqtadi: "Bu videoda After Hoursdagi Abel obrazining pichoq ushlagan versiyasi toʻliq slasher yovuz qahramoniga aylanadi va yashirinib yurishlar, barchasi bor. Klipda Abel obrazi nihoyat bolta yordamida „adolat“ni qabul qilib oladi, bu esa poetik jihatdan toʻgʻri yakun boʻladi"[34].
Tijoriy muvaffaqiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albom chiqqanidan soʻng, „In Your Eyes“ qoʻshigʻi 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 16-oʻrinda debyut qildi. Bu bir hafta ichidagi eng yuqori debyutg aylandi va After Hours albomidagi uchinchi eng yuqori oʻrinni egallagan qoʻshiq sifatida qayd etildi[35]. 2021-yil 9-mart kuni, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan „In Your Eyes“ qoʻshigʻiga AQShda bir million nusxa sotilgani munosabati bilan platina sertifikati berildi[36].
2020-yil 27-mart kuni „In Your Eyes“ qoʻshigʻi UK Singles Chartda 17-oʻrinda debyut qildi va bu bilan The Weekndning ushbu chartdagi 20-top 40 talik xitiga aylandi[37]. Yevropaning boshqa chartlarida: Belgian Tip, Irish Singles Chart, Dutch Single Top 100 da ham qoʻshiq 2020-yil 10-iyun kuni ilk bor top 20 talikka kirdi. Shuningdek, qoʻshiq Norvegiya va Shvetsiya chartlarida ilk bor top 10 talikda paydo boʻldi, Italiyada esa 2020-yil 28-mart kuni 26-oʻringa chiqdi.
Jonli chiqishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning ilk jonli ijrosi 2020-yil 22-sentabr kuni boʻlib oʻtgan Time 100 primetime tadbirida amalga oshirilgan boʻlib, bu ijroda Kenny G bilan birga yangilangan versiya kuylangan[38]. Ikkinchi jonli ijro esa 2020-yil 22-noyabr kuni boʻlib oʻtgan American Music Awards marosimida boʻldi. Bu safar qoʻshiq „Save Your Tears“ bilan birga Los-Anjeles markazida jonli ijro etilgan[39]. Ushbu chiqishda The Weeknd bandajlangan koʻrinishda sahnaga chiqdi, bu esa After Hours albomi uchun ishlangan videolarning voqea rivojini davom ettiradi[40]. Uchinchi jonli ijro esa 2020-yil 24-noyabr kuni VEVO uchun taqdim etildi. Bu chiqish Micah Bickham tomonidan rejissyorlik qilinib, Jon Chema operatorlik vazifasini amalga oshirgan edi[41].
2020-yil avgust oyida qoʻshiqning Doja Cat ishtirokidagi remiksi TikTokda oʻtkazilgan virtual konsert – The Weeknd Experience tadbirida namoyish etilgan treklardan biri boʻldi[42][43].
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlar Geniusdan olingan[44].
- The Weeknd – qoʻshiq muallifi, vokal, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
- Max Martin – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
- Oscar Holter – qoʻshiq muallifi, prodyuser, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
- Rickard Göransson – gitara
- Ahmad Balshe – qoʻshiq muallifi
- Dave Kutch – mastering
- Kevin Peterson – mastering
- Wojtek Goral – alt-saksofon
- Nils-Petter Ankarblom – nayli cholgʻular aranjirovkasi
- Mattias Bylund – nayli cholgʻular aranjirovkasi, yozuv muhandisi, musiqiy tahrir
- Peter Noos Johansson – trombon
- Magnus Johansson – truba
- Janne Bjerger – truba
- Magnus Sjolander – zarbli cholgʻular
- Miko Rezler – zarbli cholgʻular
- Tomas Jonsson – tenor-saksofon
- Michael Engstrom – elektrik bass
- Serban Ghenea – miksing muhandisi
- John Hanes – miksing muhandisi
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sertifikatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
---|---|---|
Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) | Platina | 1,000,000 |
Avstraliya (ARIA) | 3× Platina | 210,000 |
Belgiya (BRMA) | Platina | 40,000 |
Birlashgan Qirollik (BPI) | Platina | 600,000 |
Braziliya (Pro-Música Brasil) | Olmos | 160,000 |
Daniya (IFPI Danmark) | 2× Platina | 180,000 |
Fransiya (SNEP) | Olmos | 333,333 |
Germaniya (BVMI) | Oltin | 200,000 |
Ispaniya (PROMUSICAE) | Platina | 40,000 |
Italiya (FIMI) | 2× Platina | 140,000 |
Kanada (Music Canada) | 2× Platina | 160,000 |
Norvegiya (IFPI Norway) | 2× Platina | 120,000 |
Polsha (ZPAV) | 3× Platina | 150,000 |
Portugaliya (AFP) | 2× Platina | 20,000 |
Yangi Zelandiya (RMNZ) | 2× Platina | 60,000 |
Striming | ||
Gretsiya (IFPI Greece) | Oltin | 1,000,000 |
Shvetsiya (GLF) | 3× Platina | 24,000,000 |
Doja Cat remix
[tahrir | manbasini tahrirlash]„In Your Eyes“ | ||||
---|---|---|---|---|
![]() | ||||
Doja Cat ishtirokidagi The Weeknd singli | ||||
Chiqarilgan sanasi | 21-may, 2020-yil \ | |||
Studiya |
| |||
Janr |
| |||
Davomiyligi | 4:00 | |||
Leybl | ||||
Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Doja Cat xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"In Your Eyes (Remix)" YouTubeda |
Qo‘shiqning amerikalik repper va qo‘shiqchi Doja Cat ishtirokidagi remiksi 2020-yil 21-may kuni, eʼlon qilinganidan ikki kun o‘tib chiqarildi[128].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Remiks eʼlon qilinishidan oldin, The Weeknd After Hours albomidagi bir nechta qo‘shiqlarning remikslarini chiqargan edi. Bu remikslarda Lil Uzi Vert, Major Lazer va Chromatics kabilar ishtirok etgan[129].
2020-yil 19-may kuni Doja Cat Twitterda, yaqinda The Weeknd bilan hamkorlik qilganiga ishora qiluvchi so‘rovnoma qoldiradi[130]. Oradan ko‘p o‘tmay, u “in your eyes” deb tvit yozadi va Twitterdagi ismini ham ayni shu nomga o‘zgartiradi, bu esa uning qo‘shiq remiksida ishtirok etganini anglatar edi[131]. The Weeknd ham tez orada remiks chiqishini tasdiqlaydi[132] va ertasi kuni uning muqova rasmi hamda chiqish sanasini e’lon qiladi[133].
Matni va kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garchi qoʻshiq quvnoq va sintezatorga boy ohanglarga ega boʻlsa-da, uning matni munosabatlardagi nozik tuygʻularni ifoda etishda yuzaga keladigan shubha va qo‘rquvlarni aks ettiradi. Remiks versiyada esa The Weekndning satrlariga bir necha bor savol-javob uslubida javoblar beriladi[134]:
The Weeknd kuylaydi:
You always try to hide the pain
You always know just what to say
I always look the other way
I'm blind, I'm blind
In your eyes, you lie, but I don't let it define you
Oh, define you.
Shundan soʻng, Doja Cat oʻzining jozibali ovozi bilan javob beradi:
I never lied when I cried for you,
And I know you cried, too ...
always had to say bye to you.
Keyinchalik u rep uslubida qoʻshiqdagi ichki tortishuv va hissiy tebranishlarni ifodalab shunday deydi:
One day I'm giving you space,
and the next day you're giving me faces
Musiqiy klip
[tahrir | manbasini tahrirlash]“In Your Eyes” remiksiga ishlangan animatsion musiqiy video 2020-yil 2-iyulda taqdim etildi[135]. Unga Jeron Braxton rejissyorlik qilgan boʻlib, unda The Weeknd va Doja Cat futuristik, gʻayritabiiy shahardan o‘tib ketayotgan mashinada tasvirlangan. Bu manzara Blade Runner filmidagi kabi post-apokaliptik va texnologik shahar muhitini eslatadi[136]. Videoda The Weeknd After Hoursda koʻp ishlatilgan qizil kostyumda tasvirlanadi[137]. Bu video After Hours albomini targ‘ib qilish uchun tayyorlangan uchta animatsion klipning birinchisi boʻlib, undan keyin “Snowchild” va Ariana Grande ishtirokidagi “Save Your Tears” remiks videolari chiqarilgan[138].
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chart (2020) | Eng yuqori oʻrin |
---|---|
![]() |
80 |
![]() |
50 |
![]() |
11 |
![]() |
34 |
Chiqarilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | Sana | Format(lar) | Versiya | Leybl(lar) | Man. |
---|---|---|---|---|---|
AQSh | 2020-yil 24-mart | Contemporary hit radio | Original | [143] | |
Rhythmic radio | [144] | ||||
Italiya | 2020-yil 24-aprel | radioefir | Universal | [145] | |
Har xil | 2020-yil 21-mart |
|
Doja Cat bilan remiks |
|
|
Italiya | 2020-yil 29-may | radioefir | Universal | [146] | |
Har xil | 2020-yil 16-oktabr |
|
Kenny G ishtirokidagi remiks |
|
[147] |
AQSh | 2020-yil 19-oktabr | Hot adult contemporary | [148] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Herrera, Isabella „The Weeknd: After Hours Album Review“. Pitchfork (2020-yil 24-mart). 2020-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Apadula, Matthew „The Weeknd Gets Lost in Vegas on 'After Hours'“. PopMatters (2020-yil 27-mart). 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „THE WEEKND – "IN YOUR EYES" (SINGLES GOING STEADY)“. PopMatters (2020-yil 30-mart). — „The Weeknd fully embraced his love of new wave ’80s pop on the first two singles, and “In Your Eyes” continues the trend.“.
- ↑ @gthot20. „@theweeknd "In Your Eyes" goes to pop radio next week...“ (2020-yil 20-mart).
- ↑ „The Weeknd Reveals 'After Hours' Tracklist“. Rap-Up.
- ↑ Murphy, Chris „The Weeknd and Doja Cat Team Up For 'In Your Eyes' Remix“ (en-us) (2020-yil 21-may).
- ↑ „Kenny G Joins The Weeknd for 'TIME' 100 Performance of "In Your Eyes"“. HYPEBEAST (2020-yil 28-sentyabr).
- ↑ Aswad, Jem „Watch The Weeknd's Disturbing Short Film for 'After Hours'“ (2020-yil 4-mart).
- ↑ „The Weeknd's label boss teases big follow up to Blinding Lights“. www.officialcharts.com.
- ↑ „Today's Top Hits on Spotify (March 20, 2020)“. Spotify (2020-yil 20-mart). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Weeknd Goes Track-by-Track (Almost) on 'After Hours'“. Variety Magazine (2020-yil 8-aprel).
- ↑ „The Weeknd Looks Into The Windows Of The Soul On "In Your Eyes"“. HotNewHipHop (2020-yil 20-mart).
- ↑ News, Breaking „The Weeknd regarde dans les fenêtres de l'âme sur "In Your Eyes"“. Vivez l'actualité avec Breakingnews.fr (2020-yil 20-mart). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „La Canción Del Día: 'In Your Eyes' es otra canción incontestable del The Weeknd más pop“ (2020-yil 20-mart).
- ↑ „The 7 new albums you should stream right now“. The FADER.
- ↑ Phillips, Yoh. „The Weeknd 'After Hours' Album Review“. DJBooth.
- ↑ Caramanica, Jon. „The Weeknd's Gleamy, Seamy Pop Returns“. The New York Times (2020-yil aprel).
- ↑ Yoo, Noah „6 Takeaways From The Weeknd's New Album After Hours“. Pitchfork.com (2020-yil 20-mart).
- ↑ McDuffie, Candice (March 6, 2020). „The Weeknd's Singles Ranked“. Entertainment Weekly.
- ↑ Riedy, Jack „The Narcotic Odyssey Of The Weekend's 'After Hours'“. Vibe (2020-yil 24-mart).
- ↑ „The 100 Best Songs of 2020: Staff List“. Billboard (inglizcha).
- ↑ „The Genius Community's 50 Best Songs Of 2020“ (en). Genius.
- ↑ „The MixtapE! Presents the 20 Best Songs of 2020“. E! Online (2020-yil 18-dekabr).
- ↑ „Screenshots of Anton Tammi's Instagram Story on March 21, 2020“. Instagram (2020-yil 21-mart).
- ↑ @TheWeeknd. „saga continues tomorrow - The Weeknd“ (2020-yil 22-mart).
- ↑ @TheWeeknd. „tune in, in the morning - The Weeknd“ (2020-yil 23-mart).
- ↑ „The Weeknd shares "In Your Eyes" video“. The Fader.
- ↑ „The Weeknd Loses His Head in Gory New "In Your Eyes" Video“. Pitchfork (2020-yil 23-mart).
- ↑ „Anton Tammi on Instagram: "saga continues tomorrow. starring: Zaina Miuccia @theweeknd"“. Instagram. 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Weeknd Shares Blood-Soaked "In Your Eyes" Video“. Complex.
- ↑ „The Weeknd's "In Your Eyes" Video Is An Amazing Slasher-Movie Parody: Watch“. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ Brant, Jessica „The Weeknd - "In Your Eyes" (Singles Going Steady)“. Pop Matters (2020-yil 30-mart).
- ↑ Ketchum, William „The Weeknd Brings Slasher Vibes In "In Your Eyes" Video“. Vibe (2020-yil 23-mart). 2020-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Cohen, Trace „The Weeknd Shares Blood-Soaked "In Your Eyes" Video“. Comlex (2020-yil 23-mart).
- ↑ Zellener, Xander (March 30, 2020). „Every Song From The Weeknd's 'After Hours' Is on the Hot 100“. Billboard.
- ↑ „In Your Eyes Certification“. RIAA (2021-yil 9-mart).
- ↑ „The Weeknd | full Official Chart History | Official Charts Company“. www.officialcharts.com.
- ↑ „The Weeknd Recruits Sax Legend Kenny G for "In Your Eyes" Remix“. Complex.
- ↑ Aswad, Jem „The Weeknd Lights up Los Angeles With Fireworks for American Music Awards Performance“ (2020-yil 23-noyabr).
- ↑ „The Weeknd Performs 'Save Your Tears' at 2020 AMAs in Bandaged Look“. Entertainment Tonight.
- ↑ „How The Weeknd Shot His Official Live 'After Hours' Performances With Vevo“. Complex.
- ↑ „WATCH: The Weeknd Experience on TikTok Featuring Never-Before-Heard Music“.
- ↑ „The Weeknd Teases New Song During TikTok AR Livestream“. HYPEBEAST (2020-yil 11-avgust).
- ↑ „In Your Eyes“. Genius.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Adult Contemporary)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Adult Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Dance Mix/Show Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Pop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 12-may.
- ↑ „Top 100 Songs“. Rolling Stone. January 28, 2020da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 31, 2020.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (niderlandcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (fransuzcha). Ultratop 50. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". Tracklisten. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ „El Salvador Top 20 - 15 al 21 de Julio, 2020“ (es). Monitor Latino. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
- ↑ Nestor, Siim „Eesti Tipp-40 Muusikas: Selle nädala kangelased on The Weeknd ja AG“ (et). Eesti Ekspress (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Euro Digital Song Sales)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.
- ↑ "The Weeknd: In Your Eyes" (finncha). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2020-yil 10-aprel.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Global 200)". Billboard. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
- ↑ „IFPI Charts Digital Singles Chart (International) Week 13 2020“. IFPI Greece. 2020-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
- ↑ "Official Irish Singles Chart Top 50". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
- ↑ „Tónlistinn – Lög“ [The Music – Songs] (is). Plötutíðindi. 2020-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" Canciones Top 50. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ "Media Forest Week 15, 2020". Israeli Airplay Chart. Media Forest. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". Top Digital Download. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Earone Airplay - Settimana #24 dal 05/06/2020 al 11/06/2020“ (it). Earone.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada AC)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada Hot AC)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 8-iyul.
- ↑ „2020 13-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
- ↑ „Top 20 Most Streamed International & Domestic Singles In Malaysia“. Recording Industry Association of Malaysia. Recording Industry Association of Malaysia. Qaraldi: 2020-yil 5-aprel.
- ↑ „The Weeknd Chart History (Mexico Airplay)“. Billboard. Qaraldi: July 6, 2021.
- ↑ The Weeknd — In Your Eyes. Tophit. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
- ↑ "Nederlandse Top 40 – week 24, 2020" (niderlandcha). Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". VG-lista. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ „TOP 50 INTERNACIONAL BMAT-PRODUCE PANAMÁ DEL 9 AL 16 DE JUNIO DE 2020“ (es). Sociedad Panameña de Productores Fonográficos. 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
- ↑ "Listy bestsellerów, wyróżnienia :: Związek Producentów Audio-Video". Polish Airplay Top 100. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
- ↑ "TOP 100 - Lista". Audiogest. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ "Russia Airplay Chart for 2020-07-03." Tophit. Qaraldi: 2020-yil 10-iyul.
- ↑ „Ecco il brano al Numero UNO di TOP 50! The Weeknd con In You Eyes! La nostra classifica torna domenica prossima alle 11.00 con Brunella Ugolini. State con noi, il pomeriggio continua con i Superhits e, dalle 14.30 con Catia Demonte!“ [Here is the track at Number ONE in TOP 50! The Weeknd with In You Eyes! Our chart returns next Sunday at 11.00 am with Brunella Ugolini. Stay with us, the afternoon continues with Superhits and from 2.30 pm with Catia Demonte!] (it). San Marino RTV (2020-yil 21-iyun). Qaraldi: 2024-yil 8-sentyabr.
- ↑ „RIAS International Top Charts Week 14“. Recording Industry Association (Singapore). 2020-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: insert 202045 into search. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 202013 into search. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ „SloTop50 – Slovenian official singles chart“. slotop50.si. 2020-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
- ↑ "Ukraine Airplay Chart for 2020-06-12." Tophit. Qaraldi: 2020-yil 19-iyun.
- ↑ „Record Report Top 100 - Fecha de Publicación: Sábado 20/06/2020“ (es). Record Report. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-may.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Rádiós Top 40 játszási lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Stream Top 40 slágerlista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ „Croatia ARC TOP 100“. HRT. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-avgust.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". Top 40 Singles. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". Singles Top 100. Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd – In Your Eyes". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Radio Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – RADIO – TOP 100 and insert 202038 into search. Qaraldi: 2020-yil 21-sentyabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 202013 into search. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
- ↑ „Top 100 de la SOCIEDAD DE GESTIÓN DE PRODUCTORES FONOGRÁFICOS DEL PARAGUAY September, 2020“. SGP. Qaraldi: 2020-yil 3-oktyabr.
- ↑ „ARIA Top 100 Singles for 2020“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
- ↑ „Jaaroverzichten 2020“. Ultratop. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Rapports Annuels 2020“. Ultratop. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
- ↑ „Track Top-100 2020“. Tracklisten. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar.
- ↑ „El Salvador General Top 100 monitorLATINO / General - Tocadas“ (es). Monitor Latino (2020). 2022-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ „El Salvador General Top 100 monitorLATINO / General - Audiencia“ (es). Monitor Latino (2020). 2022-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-may.
- ↑ „Top de l'année – Top Singles – 2020“ (fr). SNEP. Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
- ↑ „TÓNLISTINN – LÖG – 2020“ (is). Plötutíðindi. Qaraldi: 2021-yil 13-yanvar.
- ↑ „Top Of The Music 2020: 'Persona' Di Marracash È L'album Piú Venduto“ (it) (Download the attachment and open the singles file). Federazione Industria Musicale Italiana (2021-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
- ↑ „Radio – Top Year-End Radio Hits - Музыкальные чарты TopHit.ru“ (ru). Tophit. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
- ↑ „Top 100-Jaaroverzicht van 2020“ (nl). Dutch Top 40. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
- ↑ „Jaaroverzichten – Single 2020“ (nl). MegaCharts. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
- ↑ „Topplista – årsliste | Single 2020“ (Click on "Singel 2020" to see the year-end listings). IFPI Norway (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
- ↑ „Chart Anual Monitor Latino 2020 – Paraguay“ (es). Monitor Latino. 2020-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Najpopularniejsze single radiowe i najlepiej sprzedające się płyty 2020 roku“ (pl). Polish Society of the Phonographic Industry. Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ „City & Country Radio – Top Year-End Radio Hits - Музыкальные чарты TopHit.ru“ (ru). Tophit. Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
- ↑ „Rádiós Top 100 - hallgatottsági adatok alapján - 2020“. Mahasz. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
- ↑ „Single Top 100 - eladási darabszám alapján - 2020“. Mahasz. Qaraldi: 2021-yil 12-fevral.
- ↑ „Årslista Singlar, 2020“. Sverigetopplistan. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
- ↑ „Schweizer Jahreshitparade 2020“. hitparade.ch. Qaraldi: 2020-yil 28-dekabr.
- ↑ „Track Top-100 2021“. Hitlisten. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ „Top 1000 Singles + EPs Digitais: Semanas 01 a 52 de 2021“ (pt). Associação Fonográfica Portuguesa. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ Murphy, Chris „The Weeknd and Doja Cat Team Up For 'In Your Eyes' Remix“ (en-us). Vulture (2020-yil 21-may).
- ↑ Minsker, Evan „Doja Cat Remixes the Weeknd's "In Your Eyes": Listen“ (en). Pitchfork (2020-yil 21-may).
- ↑ Kaufman, Gil (May 20, 2020). „The Weekend and Doja Cat Have a Quarantine Remix in the Works“. Billboard.
- ↑ Lim, Eddy „The Weeknd and Doja Cat tease collaborative remix of 'In Your Eyes'“ (en-GB). NME (2020-yil 20-may).
- ↑ „The Weeknd and Doja Cat Tease 'In Your Eyes' Remix“ (en-US). Rap-Up (2020-yil 19-may).
- ↑ @theweeknd. „Tonight 9pm PST / 12am EST @DojaCat“ (2020-yil 21-may).
- ↑ Legaspi, Althea. „Singer unveils another new take on song from chart-topping After Hours“. Rolling Stone.
- ↑ Atad, Corey „The Weeknd Debuts Animated Music Video For 'In Your Eyes' Remix Featuring Doja Cat“ (2020-yil 3-iyul). 2020-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „The Weeknd and Doja Cat Share Animated "In Your Eyes (Remix)" Music Video“. HYPEBEAST (2020-yil 3-iyul).
- ↑ „The Weeknd & Doja Cat Speed Down The Highway In Animated 'In Your Eyes (Remix)' Music Video“. HipHopDX (2020-yil 2-iyul).
- ↑ „The Weeknd shares new animated visual for 'Snowchild'“. Dancing Astronaut (2020-yil 22-iyul).
- ↑ „Official IFPI Charts – Digital Singles Chart (International) – Week: 22/2020“. IFPI Greece. 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „Savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (lt). AGATA. Qaraldi: 2020-yil 3-iyun.
- ↑ „Croatia ARC TOP 100“. HRT. 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ „NZ Singles Chart“. Recorded Music NZ (2020-yil 1-iyun). Qaraldi: 2020-yil 30-may.
- ↑ „Top 40/M Future Releases“. All Access (2020-yil 20-mart). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Top 40 Rhythmic Future Releases“. All Access. 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „THE WEEKND "In Your Eyes" | (Radio Date: April 24, 2020)“. radiodate.it.
- ↑ „THE WEEKND "In Your Eyes" | (Radio Date: May 29, 2020)“. radiodate.it.
- ↑ „The Weeknd Taps Kenny G for New "In Your Eyes (Remix)"“. Pitchfork (2020-yil 16-oktyabr).
- ↑ @gthot20. „@theweeknd "In Your Eyes" feat. @kennyg being promoted to AC radio Monday, Oct. 19“ (2020-yil 16-oktyabr).