Mutaassiblik - (arab.متعصب va grek.Φανατισμόςtarj. fanatizm) - maʼlum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, koʻr-koʻrona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish. Qandaydir tushunchalarga, eʼtiqodga yoki dunyoqarashga sodiqlikning eng soʼnggi darajasi.
Mutaassiblikning eng keng tarqalgan koʻrinishi bu - diniy mutaassiblik. Mutaassiblik, fanatizm - biron eʼtiqodga yoki dunyoqarashga oʻta berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik (mas, diniy M.).[1]