Imakane (Xokkaydo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Imakane

今金町
Shaharcha
Skyline of Imakane
Imakane
Bayroq
Imakane
Gerb
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Xokkaydo
Hukumat
 • Hokim Hideto Sotozaki
Ilk eslatilishi Hanaishi
Maydon 568.14 km2 (219.36 mi²)
Aholisi
 (2016-yil 30-sentyabr)
5,575
Zichligi 9.8 kishi/km2

Imakane (yaponcha: Imakane-cho 今金町?) – Xokkaydoning Hiyama subprefekturasida joylashgan shaharcha.

2016-yil sentyabr holatiga koʻra, shaharchaning taxminiy aholi soni 5,575 kishi boʻlib, zichligi har kvadrat kilometrga 9,8 kishini tashkil etadi. Umumiy maydoni 568.14 km².

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imakane janubiy Xokkaydoda, Hiyama subprefekturasining Setana tumani hududida joylashgan. Shaharcha Shiribeshi-Toshibetsu va Toshibetsu-Mena daryolarining tutashgan joyida, 230-sonli milliy avtomagistral yaqinida joylashgan. Shahar markazidagi asosiy diqqatga sazovor joy - De Molen deb ataluvchi katta shamol tegirmonidir[1][2].

Qoʻshni shahar va qishloqlar

  • Shimamaki - shimolda
  • Oshamanbe - sharqda
  • Setana - gʻarbda
  • Yakumo - janubi-sharqda

Togʻlar

  • Kanikan tog'i (yaponcha: カ二カン岳 Kankan-dake?) 981 metr

Daryolar

Toʻgʻonlar

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imakane, oʻsha paytda Hanaishi nomi bilan atalgan. Kanei davrida 1624-1643 yillarda Pirika-Hanaishi yaqinidagi Shiribetsu daryosining yuqori qismida oltin, kumush va marganets topilganidan keyin tashkil etilgan. Hududdan qazib olingan oltin Tochigi prefekturasida Tokugava Ieyasu sharafiga qurilgan Nikko Toshyo-gu Sinto iboatxonasini bezash uchun ishlatilgan.

1877-yilda Hanaishidan Agat qazilma boyligi topilgan. Konchilikni Oshima Kanzaemon boshlab bergan. Marganets, oltin va kumushning mavjud qatlamlarini qazib olish uchun bu hududga koʻplab odamlar kelgan va Meidzi davrining oʻrtalarida koʻpchilik Shiribetsu daryosi qirgʻoqlariga joylashdi.

Shaharga Toshibetsu qishlogʻi sifatida mustaqil maqom berildi va 1897-yilda qoʻshni Setana shahri tarkibiga kiritildi. U yerda Norioshi Shikata va boshqa 15 oila, jumladan Imamura va Kanamori oilalari joylashishgan. Bu oilalar hududga kelgach, besh yil ichida shaharda 129 ta turar-joy, shahar hokimiyati va politsiya boʻlimi vujudga keldi.

1947-yilda Toshibetsu qishlogʻiga shahar maqomini berish jarayonida rasman Imakane nomini oldi. Bu nom unda yashagan ikki mashhur kashfiyotchi Imamura (yaponcha: 今村 Imamura?) va Kanamori (yaponcha: 金森 Kanamori?) familiyalari bosh harflaridan olingan.

1967-yil 1-oktyabrda shahar konstitutsiyasi qabu qilingan. Imakane 1997-yil 15-iyulda avtonom hukumatning 100 yilligi yubileyini nishonladi.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imakaneda bir qator festivallar, jumladan, fevral oyining oʻrtalarida qor festivali (odatda Sapporo qor festivalidan keyin, hafta oxirida) va har yili 19 va 20-sentyabrda Kuz festivali boʻlib oʻtadi.

Maktablar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining doimiy ravishda kamayib borayotgani sababli soʻnggi yillarda bir qator maktablar, jumladan Yatsuka, Kinbara, Hanaishi va Kamioka boshlangʻich maktablari yopildi.

Imakane oʻrta maktabi Yangi Zelandiyadagining Kristchurch shahridagi Bernsayd O'rta Maktabi bilan almashinuv dasturiga ega. Yapon tilini oʻrganayotgan Bernsayd oʻrta maktabi oʻquvchilari Imakanega oxirgi marta 2016-yil iyul oyida tashrif buyurishgan. Imakanening yetti nafar talabasi 2013-yilda talabalar almashinuvi dasturi boʻyicha Bernsayd oʻrta maktabiga joʻnatilgan. 2008-yilda bu ikki shahar maktablari oʻrtasidagi oʻzaro almashinuvning 20 yilligi nishonlandi va Bernside direktor oʻrinbosari Hume xonim bir qator talabalar bilan birga Imakanega tashrif buyurgan. Imakane va Bernside oʻrta maktabi oʻrtasida doʻstlik shartnomasi imzolanishi sharafiga bir qancha maxsus tadbirlar oʻtkazildi.

Imakanelik taniqli shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda Imakanening asosiy sanoat tarmogʻi dehqonchilikdir. Imakaneda yetishtiriladigan kartoshka, ayniqsa uning „Danshaku“ navi butun mamlakat boʻylab mashhur. Baliqchilik ham keng tarqalgan boʻlib, koʻpincha yamame, ayu, unagi va iwana kabi turlari yetishtiriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]