Iide (Yamagata)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iide

飯豊町
Shaharcha
Skyline of Iide
Iide
Bayroq
38°2′44.4″N 139°59′15.3″E / 38.045667°N 139.987583°E / 38.045667; 139.987583 G OKoordinatalari: 38°2′44.4″N 139°59′15.3″E / 38.045667°N 139.987583°E / 38.045667; 139.987583 G O
Mamlakat Yaponiya
Iqlim turi Nam kontinental iqlim
Aholisi
 (2020-yil fevral)
6 970
Iide xaritada
Iide
Iide
Iide va Iide togʻ tizmasining Nakatsugava mahallasi

Iide (yaponcha: 飯豊町 Iide-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra, shaharchada 2354 ta xonadonda 6970 nafar aholi istiqomat qilgan[1]. Aholi zichligi 1 km² ga 21 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 329,60 kvadrat kilometr (127 mi²). 2008-yilda Iide Yaponiyaning eng chiroyli qishloqlaridan biri sifatida etirof etilgan[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iide togʻli hudud boʻlib, janubiy Yamagata prefekturasida joylashgan, janubda Fukusima prefekturasi bilan chegaradosh. Iide togʻi Fukusima, Niigata va Yamagata prefekturalarini oʻzida qamrab olgan Iide togʻ tizmasining 2105 metrli asosiy choʻqqisi hisoblanadi, Iide togʻi shahar chegarasida joylashgan boʻlsa-da, uning choʻqqisi aslida Fukusima hududiga qarashli deb hisoblaniladi.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iide nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari bilan, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qishi bilan xilma-xillik kasb etadi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatiladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajadagi yogʻin holati qayd etiladi. Iideda oʻrtacha yillik harorat 10.3 °C (50.5 °F) . Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2,077.7 mm (81.80 in) tashkil etib, bunda dekabr eng yomgʻirli oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.2 °C (73.8 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −1.2 °C (29.8 °F) kuzatiladi. Qish mavsumida Yapon dengizidan kelayotgan musson tufayli qor qoplami hatto shahar markazida ham 2 metrdan oshishi ham mumkin.

Iide, Yamagata iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 2,0 3,0 6,7 14,0 20,9 24,2 27,3 28,8 24,4 18,2 {{{Noy_oʻr_maks}}} 4,8 15,5
Oʻrtacha minimal, °C −4,5 −5 −2,7 1,5 7,6 13,3 18,0 18,6 14,4 7,6 1,7 −2 5,7
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 256,5 161,6 134,7 97,8 95,1 130,7 223,9 173,7 140,6 158,8 213,8 273,2 2 077,7
Manba: [3][4]

Demografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[5], Iide aholisi soni 1950-yillarda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va hozirda kamayib bormoqda hamda natijalar bir asr avvalgi koʻrsatkichidan ancha kam.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192013,823—    
193014,942+8.1%
194014,664−1.9%
195016,796+14.5%
196015,478−7.8%
197012,129−21.6%
198010,22−15.7%
19909,88−3.3%
20009,204−6.8%
20107,943−13.7%
20206,613−16.7%

Hozirgi Iide hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi edi. Meiji davri boshlangandan soʻng, zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Iide hududining katta qismi Yamagata prefekturasi Nishiokitama tumanining bir qismiga aylantirildi. Iide qishlogʻi 1954-yil 1-oktabrda Toyohara, Sogava va Toyokava qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. 1958-yil 1-sentyabrda Minamiokitama tumanidagi Nakatsugava qishlogʻi bilan birlashgandan soʻng u shahar maqomiga koʻtarilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iide iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Yonezava mol goʻshtining taxminan yarmi shu shahardan keltiriladi. Shahar nigori sake pivosi bilan ham mashhur boʻlgan.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iideda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda oʻrta maktablar mavjud emas.

Transport tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Yonesaka liniyasi

  • Hagyū — Uzen-Tsubaki — Tenoko

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Milliy yoʻnalish 113

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]