Higashine

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Higashine

東根市
Shahar
Skyline of Higashine
Higashine
Bayroq
38°25′52.7″N 140°23′27.9″E / 38.431306°N 140.391083°E / 38.431306; 140.391083 G OKoordinatalari: 38°25′52.7″N 140°23′27.9″E / 38.431306°N 140.391083°E / 38.431306; 140.391083 G O
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1958-yil 3-noyabr
Maydon 20,717 km2 (7,999 mi²)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020-yil fevral)
47 910
Higashine xaritada
Higashine
Higashine

Higashine (yaponcha: 東根市 Higashine-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 17868 xonadonda hisoblangan aholi soni 47910 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 230 kishini tashkil qilgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 207,17 kvadrat kilometr (80 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yamagata havzasining shimoliy qismida Mogami daryosining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan Higashine shahar hududi Shirasui daryosi, Murayamano daryosi va shaharning sharqiy qismidagi Ou togʻlaridan oqib chiqadigan Nitto daryosi tomonidan yaratilgan choʻkindi jinslar maydonida joylashgan. Shaharning gʻarbiy qismi tepaliklardan iborat boʻlib, uning sharqiy chegarasini tashkil etuvchi Ou togʻlariga qadar koʻtarilib boradi.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Higashine nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Higashineda oʻrtacha yillik harorat 11.4 °C (52.5 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,088.2 mm (42.84 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.7 °C (76.5 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.1 °C (30.0 °F) atrofida kuzatiladi.

Higashine iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 2,3 3,5 8,3 15,7 22,3 26,0 28,4 30,2 26,0 19,3 12,3 5,4 16,6
Oʻrtacha minimal, °C −5,3 −5 −2,1 2,5 8,7 14,4 19,2 20,2 15,7 7,9 2,1 −2,3 6,3
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 90,4 53,1 61,6 59,7 63,4 86,1 162,3 123,1 100,3 96,0 80,8 111,3 1 088,2
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3]

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Higashine aholisi soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda oʻsib borgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192025,059—    
193028,626+14.2%
194030,257+5.7%
195042,767+41.3%
196040,917−4.3%
197039,113−4.4%
198040,559+3.7%
199042,751+5.4%
200044,8+4.8%
201046,414+3.6%
202047,682+2.7%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Higashine hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va erta Heian davrining Engishiki yozuvlarida qayd etilgan. Edo davrida Tokugava sulolasi tomonidan hududning katta qismi Ezoga asoslangan Matsumae domenining bir qismi sifatida egalik qilgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi, Kitamurayama tumani tarkibiga kiritildi. Higashine qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan va 1896-yil 15-iyunda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 1958-yil 3-noyabrda esa rosmana shahar maqomini oldi.

Hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Higashine toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shaharning Yamagata prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi bor. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Yamagata okrugidagi 2-qismi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Higashine „Meva qirolligi“ sifatida tanilgan, ayniqsa gilos, shuningdek olma, nok va xurmo singari mevalari bilan mashhur. Shahar ramzi — gilos sirgʻalari boʻlgan nok va olma bilan bezalgan tayoq koʻrinishidadur. Higashine Yamagata prefekturasidagi eng yirik gilos ishlab chiqaruvchisi boʻlib, u Yaponiyada gilos yetishtirish boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi. 

Higashine shuningdek, yirik sanoat punktiga ega. Baʼzi ahamiyatli sanoat korxonalariga 3M, Casio, THK, ODELIC va Kyocera kabilar kiradi. Ushbu korxonalarning aksariyati ishlab chiqarish, tadqiqotlar va turli ishlanmalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Higashine shahrida toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham barpo etilgan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aeroportlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen

  • Sakuranbo Higashine

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Jinmachi — Sakuranbo Higashine — Higashine

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tōhoku-Chūō Expressway — Higashine oʻzaro almashish stansiyasi
  • Milliy yoʻnalish 13
  • Milliy yoʻnalish 48
  • Milliy yoʻnalish 287

Harbiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oltinchi Diviziya (yaponcha: 第6師団?) Yaponiya quruqlikdagi oʻzini-oʻzi mudofaalash kuchlarining toʻqqizta faol boʻlinmalaridan biri boʻlib, bosh qarorgohi Higashine shahridagi JGSDF lageri Jinmachida joylashgan. Uning vazifasi Fukushima, Miyagi va Yamagata prefekturalarini himoya qilishdaan iborat

Higashine shahridan chiqqan taniqli odamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]