Kontent qismiga oʻtish

Igor Burov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Burov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Burov
Tavallud sanasi 10-noyabr 1973-yil (1973-11-10) (50 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Hujumchi, himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1992 Shahrixon 58 (4)
1993—1994 Atlaschi 29+ (28)
1997 MHSK 19 (7)
1998 Metallurg 2 (1)
1998 Temiryoʻlchi 3 (1)
1999 Doʻstlik 4 (0)
2002 Metallurg 12 (2)
2003 Sementchi 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Burov (ruscha: Буров, Игорь; 1973-yil 10-noyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi va himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor professional futboldagi faoliyatini 1991-yilda Andijonning „Shahrixon“ klubi tarkibida, SSSR ikkinchi ligasida boshlagan. Shaxrixon jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynagan va 58 ta oʻyinda 4 ta gol muallifi boʻlgan[1]. 1993-yilda Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Jamoadagi dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum yakunida 28 ta oʻyinda 28 ta gol kiritib mavsumning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

1997-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Armiyachilar jamoasi tarkibida mavsum davomida 19 ta oʻyinda ishtirok etib 7 ta gol muallifi boʻlgan. MHSK klubi tarkibida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Keyinchalik Bekobodning „Metallurg“, Qoʻqon 1912, Toshkent viloyatining „Doʻstlik“, Quvasoyning „Sementchi“ jamoalarida oʻynagan.

Igor faoliyatining maʼlum bir davrida hujumchi pozitsiyada oʻynagan va faoliyatining soʻngida asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan.

Jamoaviy

Individual

  • Oʻzbekiston Pro ligasi toʻpurari (28 ta gol): 1993[2]
  • Profil FootballFacts.ru saytida