Kontent qismiga oʻtish

Anesteziologiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anesteziologiya — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni ogʻriqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini oʻrganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha oʻn yil ilgari shakllandi. Oʻzbekistonda anesteziologiya xizmati bekam-u koʻst yoʻlga qoʻyilgan; yirik shifoxonalarda maxsus anesteziologiya boʻlimlari bor. Anesteziologiya kafedralarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil