Kontent qismiga oʻtish

Iftixor Ziyoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ziyoyev Iftixor Akmalovich — (tug'. 1991-yil, Urgut tumani, Samarqand shahri, O'zbekiston) Toshkent shahar Yakkasaroy tumani kengashi deputati, moliya

Iftixor Ziyoyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2019-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1991-yil (1991-09-17) (32 yosh)
Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi bank ishi mutaxassisi, tadbirkor, deputat
Maʼlumoti Toshkent moliya instituti

sohasida mutaxassis, tadbirkor.

Ziyoyev Iftixor 1991-yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Bakalavr darajasini Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, magistratura darajasini esa Toshkent moliya institutidan olgan. Mutaxassisligi bank ishi va moliya.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Toshkent shahar Gʻaznachilik boshqarmasida bosh inspektor lavozimidan boshlagan.

  • 2016-2018-yillarda “Gross Insurance” MChJ strategik rivojlantirish va sifatni boshqarish departamenti menejer assistenti, kompaniyaning Mirobod tumani filiali direktori va korporativ sugʻurtalash departamenti direktori oʻrinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
  • 2016-2018-yillarda “Toshkent Standart Import” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.
  • 2018-yildan “Grand Capital” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori.[1]
  • 2019 yildan Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi deputati.[2]
  • 2020-yildan SUU Uzbekistan – togʻ suvi ishlab chiqarish korxonasi asoschisi.[3]
  • 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi huzuridagi Yakkasaroy tumani Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi.[4]
  • 2021-yildan jamoatchilik asosida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisining Tashkiliy-partiyaviy ishlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.[5]

Xayriya faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning may oyida Yakkasaroy tumani va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligi va Iftixor Ziyoyev rahbarlik qilayotgan “Grand Capital” kompaniyasi homiyligida Yakkasaroy tumanida 2 ta turar-joy binosi tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalar ixtiyoriga topshirilgan. 4 qavatli uylarda jami 48 ta xonadon mavjud.[6]

  1. „Зиеёв Ифтихор Акмалович“. toshkentdeputat.uz. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.[sayt ishlamaydi]
  2. „Deputat tashabbusi bilan mahalladagi qator muammolar ijobiy hal qilindi“. O'zLiDeP. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  3. „suu.uzbekistan“ (en). www.facebook.com. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.
  4. „Зиеёв Ифтихор Акмалович“. toshkentdeputat.uz. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.[sayt ishlamaydi]
  5. O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi - Ифтихор Зиёев - Тошкент шаҳар яккасарой тумани кенгаши депутати, тадбиркор билан коронавирус мавзусида суҳбат #COVID19 | Facebook| By O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi (inglizcha), qaraldi: 2022-06-08
  6. uz, Kun „Yakkasaroy tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun 2ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.