Isʼhoqxon Ibrat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrat, Ishoqxondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Is’hoqxon Ibrat (1862-1937) – maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaatchilaridan bo’lib, 1862-yilda Namangan yaqinidagi To’raqoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Dastlabki maʼlumotni eski maktabda, soʻngra onasining qoʻlida oladi. Keyinroq Qoʻqonga borib madrasaga o’qishga kiradi.

Is’hoqxon Ibrat 1886-yilda madrasani tugatib, To’raqoʻrgʻonga qaytib keladi. U o’z faoliyatini pedagog sifatida qishloqda maʼrifat tarqatish bilan boshladi. 0’sha yili eski mahalliy maktablardan ancha farq qiluvchi yangicha maktab ochadi.

Is’hoqxon Ibrat 1887-yilda haj safariga otlanadi. Soʻng u Sharq mamlakatlari o’ylab sayohatni davom ettiradi. Yevropaning Istanbul, Sofiya, Afina, Rim kabi markaziy shaharlarida bo’ldi, ancha vaqt Jidda shahrida istiqomat qiladi, Bombey va Kalkuttada yashaydi. Is’hoqxon u yerlarda koʻr ishlatiladigan arab, fors, hind-urdu va ingliz tillarini mukammal o’rgandi. U 1896-yilda o’z vataniga qaytib keldi. 1901-yilda „Lugʻati sitta-alsina“ asarini bosmadan chiqaradi. Mazkur lugʻat jadid maktablarida sharq va rus tillarini o’rganishda birdan bir qoʻllanma sifatida foydalanib kelindi.

Is’hoqxon Ibrat 1912-yilda yozuvlar tarixiga bagʻishlangan „Jomeʼ ul-xutut“ („Yoshlar majmuasi“) asarini yaratdi va o’z matbaasi „Matbaayi Is’hoqiya“da bosmadan chiqardi. Ibrat chin qalbdan o’z xalqining ilmli, maʼrifatli bo’lishini istadi. Keyingi 20-yil ichida 14 ta ilmiy-:,. tarixiy, lingvistik asar yozdi. 30 yillik poetik ijodining majmuyi bo’lmish „Devoni Ibrat“ sheʼrlar toʻplamini tuzdi. Tarixshunoslikka oid „Tarixi Fargʻopa“, „Tarixi madaniyat“ va „Mezon uz-zamon“ ilmiy asarlarini yaratdi.

Ibratning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali o’tdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshli keksa shoir cha maʼrifatparvarni hibsga oladilar. Ibrat Andijon turmasida vafot etadi. Is’hoqxon Ibrat qabrining qayerdaligi nomaʼlum.