Husan Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Husan Yoʻldoshev
Tavalludi 21-fevral 1916-yil
Vafoti Nomaʼlum
Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi tashkilotchisi
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Husan Yoʻldoshev (1916-yil 21-fevral, Boʻyrabozor qishlogʻi, Asaka tumani, Margʻilon uyezdi, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi — ?) — sovet davlat va jamoat arbobi, qishloq xoʻjaligi tashkilotchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Husan Yoʻldoshev 1916-yil 21-fevral Margʻilon uyezdi, Asaka tumani, Boʻyrabozor qishlogʻida tavallud topgan[1]. Millati oʻzbek[2]. 1943-yildan KPSS aʼzosi. 19301932-yillari Andijon viloyati, Lenin tumani Chapayev nomidagi kolxoz kotibi, 19341935-yillari Andijon tumani pillachilik boshqarmasi agrotexnigi boʻlib ishlagan[1]. 19321933-yillarda Andijon viloyati qishloq xoʻjaligi texnikumida, 1934-yil yanvaridan [[1934-yil] dekabrgacha Andijon shahridagi sovet partiya maktabida oʻqigan[2]. 1936-1937-yillarda Lenin tumani ijroiya qoʻmitasida instruktor lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 1937-yilda harbiy xizmatga safarbar etilib, 1940-yilda harbiy xizmatni oʻtab qaytadi. Qisqa vaqt ichida, yaʼni 1941-yil yanvar-iyul oylarida Lenin tumani pillachilik boʻlim mudiri sifatida ishlaydi. 1941-yil iyul-noyabr oylarida gʻarbiy frontda 154-oʻqchi polk katta serjanti vazifasida harbiy xizmatni oʻtagan[2]. 19411943-yillari Lenin tumani komsomol kotibi, 19431946-yillarda Andijon viloyati pillachilik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 19461949-yillari boshqarma boshligʻi boʻlib ishlagan[1][2]. Oʻzbekiston Kompartiyasi Oltinkoʻl (1949—1954), Chinobod (1954—1957), Voroshilov (1957—1961) Ilich (1961—1963) tumanlari partiya qoʻmitalarining birinchi kotibi, Qoʻrgʻontepa kolxoz-sovxoz ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi, 1964-yildan esa Namangan viloyati, Zadaryo tumani ijroiya qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan. 4—5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (19551962)[1]. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻldoshev Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965, ayrim manbalarda 1957-yil[2]), Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni, „Jasurlik uchun“ medali (1947)[3] bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Yoʻldoshev Husan, Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, 5-tom, Toshkent: Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Фото. Юлдашев Хусан“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  3. „Юлдашев Хусан“. 2023-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.