Oyijon (qoʻshiq)

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Oyijon“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2003
Janr pop musiqa
Davomiyligi 3:54
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Bastakor(lar) Husan Sodiqov
Klipi
„Oyijon“ YouTubeda

Oyijon“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan[manba kerak]"12-albom" nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan, ammo ayrim manbalarda uning ukasi, guruh solisti Tohir Sodiqov muallif oʻlaroq koʻrsatilgan[1].

„Oyijon“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. „Oyijon“ qoʻshigʻida xonanda suyukli yori onasiga oʻxshashi haqida kuylaydi.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Oyijon“ qoʻshigʻini guruhning 2003-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „12-albom“ nomli albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritgan[2], ammo bu taronalar 2003-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

2022-yil qoʻshiqni „Bojalar“ guruhi kaver qilgan[3]. Mazkur versiyani Axliyor Azimov aranjirovka qilgan[4]. Kaver uchun Xosiyat Husanova, Zuhra Soliyeva hamda „Bojalar“ guruhi aʼzolari ishtirokida klip suratga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tohir Sodiqov - Oyijon“. Nevo Music. Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
  2. „"Болалар" гурухининг 12 чи оригинал альбоми“. YouTube (21-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
  3. „Жаҳонгир Позилжонов устозининг ҳит таронасини янги талқинда куйлади“. Popcorn (3-fevral 2022-yil). Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  4. „Oyijon“. RizaNova. Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (1 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 28-iyul, 2022-yil(2022-07-28) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.