Huloku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Hulagudan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Huloku, Hulagu, Hulokuxon, Halokuxon (1217, Moʻgʻuliston1265.8.2, Marogʻa, Eron) — Hulokuiylar davlati va sulolasi asoschisi. Chingizxonning nabirasi, Tulixonning 4-oʻgʻli. Moʻgʻulistonda tugʻilgan. Yoshligidan harbiy yurishlarda qatnashgan. H. Ulugʻ qurultoyning qarori bilan Amudaryodan kechib oʻtib (1256), qisqa vaqt ichida hozirgi Afgʻonistonning bir qis-mini, Eron, Iroq, Zakavkazye, kichik Osiyo yerlarini bosib olgan (1256— 58). 1256 yil oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan; H. nomigagina ulugʻ qoonga boʻysungan, undan elxon unvonini olgan. H. shomoniylikka eʼtiqod qilsa-da, boshqa dinlarni taʼqib etmagan. Ismo-iliylar davlatinn (1256) va Abbosiylar xalifaligini (1258) butunlay tor-mor qilgan. Soʻnggi xalifa — Mustaʼsimni qatl etgan. 1260 yil moʻgʻul qoʻshinlari Suriyaga bostirib kirgan, lekin Falastinda boʻlgan jangda Misr qoʻshinlari (mamluklar) tarafidan yengilgan. 1262 yil Oltin Oʻrda bilan urush olib borgan.