Kontent qismiga oʻtish

Hugo Chávez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hugo Chávez
Hugo Chávez

Mansabda boʻlgan yillari
2-dekabr 1999-yildan – 2013-yil 5-martgacha
Avvalgi prezident Rafael Caldera

Tavalludi

28-iyul 1954-yil
Sabaneta, Barinas, Venesuela
Vafoti 5-mart 2013-yil(2013-03-05)
(58 yoshda)
Karakas, Venesuela
Siyosiy partiya Partido Socialista Unido de Venesuela
Turmush oʻrtogʻi Nancy Colmenares (ajrashgan)
Marisabel Rodríguez (ajrashgan)
Imzo

Hugo Rafael Chávez Frías (ˈuɣo rafaˈel ˈtʃaβes ˈfɾi.as; talaffuzi: Ugo Rafael Chaves Frias; 28-iyul, 1954 — 5-mart, 2013) 1999-yildan to 2013-yili vafotiga qadar Venesuela prezidenti boʻlgan. 1997-yildan Beshinchi Respublika Harakati siyosiy partiyasi, 2007-yildan esa Venesuela Birlashgan Sotsialist Partiyasi (PSUV) rahbari boʻlgan. Oʻzining bolivarianizm va „XXI asr sotsializmi“ siyosiy mafkuralariga tayanib, u mamlakatda Bolivar inqilobi ijtimoiy loyihasi doirasida yangi konstitutsiya, ishtirokchi demokratik kengashlar, qator muhim sanoat sohalarining davlatlashtirilishi, sogʻliqni saqlash va maorif sohalarining davlat tomonidan moliyalashtirilishi oshirilishi, qashshoqlikni kamaytirish kabi sotsialistik islohotlar olib bordi[1].

Sabaneta shahrida ishchi oilasida tugʻilgan Chávez harbiy zobit boʻlib yetishdi. Venesuela siyosiy tizimidan koʻngli toʻlmaganidan keyin u 1980-yillar boshida uni toʻntarish uchun maxfiy Inqilobiy Bolivarian Harakat-200 (MBR-200) ga asos soldi. Chávez 1992-yilgi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarilishiga urinishda MBR-200 harakatini prezident Carlos Andrés Pérez'ning Demokratik Ish partiyasiga qarshi olib chiqib, shu ishi uchun qamaldi. Ikki yildan soʻng u ozodlikka chiqib, Beshinchi Respublika Harakati nomli ijtimoiy demokratik partiyaga asos soldi va 1998-yilgi prezidentlik saylovida gʻolib chiqdi. Keyincha u marginallashgan guruhlarga kengroq huquqlar beruvchi va Venesuela hukumati tuzilishi oʻzgartiruvchi yangi konstitutsiya joriy etdi va 2000-yilgi umumiy saylovda qayta saylandi. Ikkinchi prezidentlik muhlatida u Bolivar vazifalari, kommunal kengashlar va ishchi-boshliq kooperativlar tizimi hamda yer islohoti dasturini kiritdi. 2012-yil 7-oktabrida Chávez galgi saylovda raqibi Henrique Capriles'ni yengib, toʻrtinchi bora saylandi.[2]

Siyosatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq askar Chaves Venesuela siyosiy sahnasiga 1992-yilda amalga oshmagan harbiy inqilob bilan kirib keldi.[3] Qamoqda oʻtkazgan ikki yili ortidan u siyosatga qaytdi va 1998-yil boʻlib oʻtgan saylovlarda yirik dastak bilan prezidentlik lavozimini qoʻlga kiritdi. Oʻzini sotsialist va inqilobchi deb atagan Chaves qashshoq qatlam orasida davomiy dastakka ega boʻlgan va Venesuelaning neft savdosidan yigʻilgan boyligini ijtimoiy siyosatlari yoʻlida qoʻllashi bilan soʻnggi saylovlarda ham gʻolib chiqqan. Lekin, uning tanqidchilari Chavesni iqtisodni barbod qilish va mamlakatni diktatura sari etaklashda ayblab kelishgan. Xalqaro sahnada Chaves AQSh „imperializm“ining ashaddiy tanqidchisi boʻlgan va Vashingtonni oʻziga qarshi 2002-yilda amalga oshmay qolgan davlat toʻntarishi harakatida ayblagan.

Fayl:HugoChavez1820.jpeg
Hugo Chavez Porto Alegr Braziliyaga tashrif davomida

Chávez oʻz siyosatini anti-imperialist deb tasvirlagan, neoliberalizm va aralashmaslik kapitalizmini keskin tanqid qilgan. Umuman olganda Chávez AQSh tashqi siyosatining koʻzga koʻringan raqiblaridan biri edi.[4] Oʻzini Kubadagi Fidel Castro kommunist hukumati va Boliviyadagi Evo Morales, Ekvadordagi Rafael Correa va Nikaraguadagi Daniel Ortega sotsialist hukumatlariga ittifoqchi tutgan Chávez hukumati ham Lotin Amerikasidagi sotsializm toʻlqini qismi boʻlib koʻringan. U Lotin Amerika integratsiyasi tarafkashi boʻlib, Janubiy Amerika Mamlakatlari Birlashmasi, Amerika Bolivar Ittifoqi, Janub Banki va TeleSur mintaqaviy televideniye tarmogʻini tuzishda koʻmaklashgan. Chávez ham vatanida, ham xorijda janjalli va kelishmovchiliklarga sababchi shaxs sifatida qabul qilingan.

2011-yil 30-iyunida Chávez saraton hujayralari aralash yiringlagan shishni olib tashlash maqsadida qilingan jarrohlik amaliyotidan tuzalayotgani haqida xabar berdi.[5] 2012-yil dekabrida u ikkinchi amaliyotga ehtiyoj sezdi[6]. 2013-yil 10-yanvarida u qasamyod etishi kerak edi, biroq Venesuela Milliy Assambleyasi inauguratsiyani u Kubadagi uchinchi amaliyotidan qaytib kelib, tuzalgunicha qoldirishga rozi boʻldi[7]. Chávez 2013-yil 5-mart kuni 58 yoshida vafot etdi[8][9][10].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaves ikki marotaba uylangan. Birinchi turmushi Nensi Kolmenares (Nancy Colmenares) bilan 1992-yil ajrashgan. Ikkinchi hotini jurnalist Marisabel Rodriges Oropesa (Marisabel Rodríguez Oropeza) bilan 2002-yilgacha birga yashagan.

Besh farzandning otasi. Birinchi turmushidan toʻrt farzand: Rosa Virxiniya, Mariya Gabriela, Ugo Rafael (Hugo Rafael), Raul Alfonso (Raul Alfonzo) va ikkinchi turmushidan bir qiz Rosines (Rosinés) larning otasi.

Twitterda Ugo Chavesning oʻz mikroblogi bor. U mikroblogi orqali turli sovgʻalar ulashib ham turadi[11]. Chaves Kuba yetakchisi Fidel Kastro va Boliviya Prezidenti Evo Maraleslarga ham Twitterda mikroblog yuritishga chaqirgan[12].

Salomatligi va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2011-yilning oʻrtalarida Venesuela prezidenti saraton bilan kasallangani aniqlangan.
  • 2011-yilning oktabr oyida u davolanish kursini muvaffaqiyatli oʻtagani haqida eʼlon qilgan. 2012-yilning iyul oyida u yana bir marta davolanish kursidan yaxshi oʻtganini maʼlum qildi[13].
  • Soʻnggi ikki yil davomida Chaves onkogolik xastalikka qarshi kurashib yashadi. 58 yoshli Chaves, 2013-yil 5-martdan 6-martga oʻtar kechasi vafot etdi[10] .
  • Venesuela hukumati Ugo Chavesning oʻlimi munosabati bilan etti kunlik motam eʼlon qildi. Chaves tarafdorlari va axolining koʻp qismi „Biz barchamiz Chavesmiz“ („We are all Chavez!“) shiori ostida Karakasdagi Chaves yotgan harbiy shifoxona oldida toʻplandilar va Poytaxt maydonlariga chiqishdi[14][15].
  • 8-mart kuni, Venesuelani vaqtincha boshqarayotgan vitse prezident Nikolas Maduro Chaves mayiti poytaxt Karakasdagi harbiy akademiya muzeyiga joylashtirilishga qaror qilinganini maʼlum qildi. Ugo Chaves jasadi koʻmilmasdan, „Lenin kabi“ mumiyolashtirilib, jamoatchilik abadiy koʻra olishi uchun shisha idish ichiga solib qoʻyilishi eʼlon qilindi[16][17].
  1. Ian James. „Venezuela vote puts 'Chavismo' to critical test“. Yahoo (4-oktabr 2012-yil). 2013-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2013-yil.
  2. „Venezuela's Chávez re-elected to extend socialist rule“. Reuters. 2015-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2015-10-16 sanasida arxivlangan)
  3. Венесуэла Президенти Уго Чавес ҳукумат тепасида ўтказган 14 йили ортидан 58 ёшида вафот этган
  4. Ellner, Steve, S. (2002). „The 'Radical' Thesis on Globalization and the Case of Venezuelaʼs Hugo Chávez“. Latin American Perspectives. 29-jild, № 6. Thousand oaks, California: SAGE Publications. 88–93-bet. doi:10.1177/0094582X0202900609. ISSN 0094-582X. JSTOR 3185001.{{cite magazine}}: CS1 maint: multiple names: authors list ()
  5. „President Chávez’s address to the Nation“.
  6. Virginia Lopez in Caracas. „Hugo Chávez names successor after confirming need for cancer surgery“. Guardian. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
  7. arxiv nusxasi, 2013-01-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-06
  8. Castillo, Mariano. „Venezuelan leader Hugo Chávez dies“ (5-mart 2013-yil). Qaraldi: 5-mart 2013-yil.
  9. Cawthorne, Andrew. „Venezuela's Hugo Chávez dies from cancer: VP“ (5-mart 2013-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2013-yil.
  10. 10,0 10,1 „Уго Чавес вафот этди“ (oʻzbek). kun.uz (7-mart). 2013-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart.
  11. Venesuela prezidenti Tvitterdagi oʻzining uch millioninchi „folloveri“ga uy sovgʻa qildi (Wayback Machine saytida 2012-07-20 sanasida arxivlangan) — Kun.uz, 31-may, 2012-yil
  12. Ugo Chaves pozval Fidelya Kastro v Twitter, 2010-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-06
  13. Ugo Chaves yana saratondan tuzalgani haqida eʼlon qildi (Wayback Machine saytida 2012-07-14 sanasida arxivlangan) — Kun.uz, 10-iyul, 2012-yil
  14. Iconic Venezuelan president Hugo Chavez dies
  15. "Comandante" Chávez ist tot
  16. Уго Чавес кўмилмайдиган бўлди
  17. Тело Чавеса забальзамируют и выставят в музее