Hud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HudQurʼonda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, u Od qavmidan boʻlib, oʻz qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilar boʻlib, Yaman va Ummon oʻrtasidagi Ahqof degan joyda yashagan. Ular butlarga sigʻingan, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼ-vat etgan Hudni tahqirlab, yolgʻonchi va aqli zaif deb atashgan. Hud oʻz qavmini agarda yolgʻiz Allohga ibodat qil-masalar avvalda oʻtgan sarkash qavmlarga boʻlgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantiradi. Ammo Od qavmi bari bir oʻz zalolatida davom etaverdi va Hudga itoat etmadi. Shundan soʻng Alloh 3 yil yomgʻir yogʻdirmay, qurgʻoqchilikka giriftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. Oʻz qavmining imon keltirishidan umidini uzgan Hud oʻziga imon keltirgan moʻminlar bilan Makkaga ketib oʻsha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli boʻron yuborib, hammalarini halok qildi ("Alhoqqa" surasi, 6—7-oyatlar).



Andoza:Payg'ambar