Hidoyat
Qiyofa
Hidoyat (arabcha: هداية – toʻgʻri yoʻl) – haqiqiy eʼtiqod yoʻlidan yurish. Hidoyatning qarama-qarshisi zalolat (toʻgʻri yoʻldan ozish)dir. Hidoyat Alloh oʻz bandalari uchun koʻrsatgan eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi. Qurʼonning hidoyat toʻgʻrisidagi oyatlarida taʼkidlanishicha, Alloh taolo hidoyat yoʻliga hammani ham boshlamaydi, balki oʻzi xohlagan, tanlagan kishilarnigina bu neʼmatga musharraf etadi. Alloh Muhammad paygʻambarga xitob qilib, quyidagi mazmunda oyat nozil qilgan:
„Sen xohlagan kishingni hidoyatga erishtira olmaysan, lekin Alloh oʻzi xohlaganiga hidoyat ato qilur“.
Hidoyat haqida bir necha hadis ham rivoyat qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Hidoyat“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (H-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiiqtibosda Hidoyatga tegishli iqtiboslar mavjud. |
| Vikilugʻatda hidoyat nomli maqola mavjud. |
| Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |