Moʻmin (arabcha: مُؤْمِن — eʼtiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk islom davrida Madina jamosi (qarang Umma) aʼzosi. Sharʼiy amallarni toʻkis bajaruvchi shaxs esa muslim deb atalgan. Moʻmin va muslim lugʻaviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan boʻlgan. Qurʼonda moʻmin soʻzi Allohning sifati va dindor eʼtiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida qoʻllangan. Moʻmin — oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan maʼnoni ham bildiradi[1].