Hind karkidon qushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hind karkidon qushi

Tepada ayol, pastda erkak
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Karkidon qushlar
Oila: Karkidon qushlar
Urugʻ: Xolli karkidon qushlar
Xalqaro ilmiy nomi
Anthracoceros coronatus (Boddaert, 1783)
Kichik turlar
  • A. c. leucogaster
  • A. c. malabaricus

Hind shoxi[1] (lotincha: Anthracoceros coronatus) — karkidon qushlar turkumiga mansub turlardan biri. Janubiy Osiyodan Hindistongacha va Shri-Lankadan sharqda Borneo oroliga qadar boʻlgan tropik oʻrmonlarida yashaydi.

Hind karkidon qushi. Dandeli qo'riqxonasi. Hindiston.

Hind karkidon qushi katta tur boʻlib, uzunligi 65 sm ga etadi. Ular asosan qora rangda boʻladi, qorni, tomoq va dumining pastki qismi oq rangga ega. Sariq tumshugʻida katta dubulgʻa bor, u asosan qora rangda. Erkak va urgʻochilarning koʻrinishi bir xil. Yosh qushlarning dubulgʻasi kichikroq boʻladi.

Tumshugʻi faqat tashqi koʻrinishida kuchli koʻrinadi. Bu qushlar oʻzlari uchun uya qurishga qodir emas va faqat tayyor uyalarni qidirib topishadi. Urgʻochisi 2 tadan 3 gacha oq tuxum qoʻyadi, keyin u ichkaridan uya devorlari yopadi. Inda axlat tashlash va erkak qush keltirgan ozuqani yeyish uchun kichik teshik qoldiriladi.

Hind karkidon qushlari meva, baliq va mayda sutemizuvchilar bilan oziqlanadi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 183. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]