Kontent qismiga oʻtish

Hayit muborak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hayit muborak

Iyd Muborak (arabcha: عيد مبارك‎ — muborak bayram) — arabcha Qurbon hayiti va Ramazon hayiti uchun bayram tabrigi. Arablar uchun „Iyd Muborak“ tabrigi har qanday bayramning umumiy tabrigi boʻlib, oʻzbek tilidagi „Bayramingiz bilan!“ tabrigining oʻxshashidir.


Barcha bayramlar uchun tabriklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar anʼanaviy „Iyd Muborak“ tabrigi bilan bir qatorda quyidagi soʻzlar bilan ham bir-birlarini qutlashadi:

  • Idukum Muborak (arabcha: عيدكم مبارك‎) ‎ — Bayramingiz muborak boʻlsin!
  • Taqobbala-llohu minna va minkum (arabcha: تقبل الله منا ومنكم‎ ‎ — Alloh bizdan va sizdan qabul qilsin!
  • Taqobbala-llohu minna va-minkum saliha-l-aʼmal (arabcha: تقبل الله منا ومنكم صالح الاعمال) ‎ — Alloh bizdan ham, sizdan ham solih amallarni qabul qilsin!
  • Iyd muborak va kull am va ummata-l-islom bihayr (arabcha: عيد مبارك و كل عام و أمة الإسلام بخير‎) Bayram muborak boʻlsin va har yili islom ummati sogʻ (yaxshi holatda) boʻlsin!
  • Jaʼala-llohu ʼidakum muborak (arabcha: جعل الله عيدكم مبارك‎ ‎ — Alloh bayramingizni barakotli qilsin!

Kirib kelgan Ramazon oyi va Ramazon hayiti bilan tabriklash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ramazon oyi kirib kelishi va Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar quyidagi soʻzlar bilan tabriklaydilar:

  • Ramazon karim (arabcha: رمضان كريم‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ — (sizlarga) ‎ Ramazon oyi muborak boʻlsin!
  • Ramazon Muborak (arabcha: رمضان مبارك‎ ‎ — Ramazon oyi muborak!
  • Shahr Muborak (arabcha: شهر مبارك‎ ‎ — Oy (Ramazon) muborak boʻlsin!
  • Aharra-llohu ʻuyunakum fi Ramazon bi-lyaẕẕati-l-ʻashar va-suḥbati-l-ʻahyar va-rahmati-l-Gʻaffor va-jannati-l-ʻabror (arabcha: أقر الله عيونكم فى رمضان بلذة الأسحار وصحبة الاخيار ورحمة الغفار وجنة الأبرار‎) — Alloh taolo Ramazon oyida koʻzlaringizni shirin oqshomlar va tanlanganlar doʻstligi, magʻfiratlilarning rahmati va taqvodorlarning jannati bilan xursand qilsin!
  • Xavatim Muborak (arabcha: خواتم مباركة‎ — Oxirgi kunlar (Ramazonning) muborak boʻlsin!

Haj (Umra) va Qurbon hayiti bilan tabriklash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurbon hayiti kelishi bilan, shuningdek, Haj (Umra) ziyorati bilan arab tilida soʻzlashuvchi musulmonlar bir-birlarini quyidagi soʻzlar bilan tabriklashadi:

  • Hajjuka maqbulya (arabcha: حجك مقبولا‎ ‎ — Hajingiz qabul boʻlsin!
  • Umratuka maqbulya (arabcha: عمرتك مقبولا‎ ‎ — Umrangiz qabul boʻlsin!
  • Taqabbala-llohu mink (arabcha: تقبل الله منك‎) — Alloh sizdan qabul qilsin!