Harry Potter va ajal tuhfasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Harry Potter va ajal tuhfasi
Harry Potter and the Deathly Hallows.jpg
Kitobning Birlashgan Qirollik versiyasidagi jildi
Asl nomi Harry Potter and the Deathly Hallows
Muallif J. K. Rowling
Janr fantastika
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Bezovchilar Jason Cockcroft (Birlashgan Qirollik)
Mary GrandPré (AQSh)
Nashriyot
Nashr etilgan sanasi 21-iyul 2007-yil (Birlashgan Qirollik)
27-iyul 2007-yil (AQSh)
Sahifalar soni 607 (Original Birlashgan Qirollik versiyasi)
759 (AQSh nashri)
620 (2014-yilgi Birlashgan Qirollik versiyasi)
ISBN ISBN 0-545-01022-5
Oldingisi Harry Potter va tilsim shahzodasi

Harry Potter va ajal tuhfasi (inglizcha: Harry Potter and the Deathly Hallows) — ingliz yozuvchisi J. K. Rowling qalamiga mansub, Harry Potter romanlar seriyasidagi fantastika janrida yozilgan yettinchi va soʻnggi kitob. Bu kitob 2007-yil 21-iyulda Buyuk Britaniyada Bloomsbury Publishing nashriyoti tomonidan, AQShda Scholastic nashriyoti tomonidan hamda Kanadada Raincoast Books nashriyoti tomonidan chop etilgan. Roman Harry Potter va tilsim shahzodasi (2005) kitobidagi voqealardan keyin sodir boʻlgan voqealar hamda sehrgarlar — Harry Potter va Lord Voldemort oʻrtasidagi soʻnggi jang haqida hikoya qiladi.

Harry Potter va ajal tuhfasi kitobi chiqarilgandan buyon Harry Potter romanlari seriyasiga kiruvchi avval chiqarilgan kitoblar qayd etgan sotuv koʻrsatkichlaridan oshib, sotuvlar boʻyicha rekordlarni yangiladi. Bu kitob 24 soat ichida AQShda 8.3 million dona, Buyuk Britaniyada esa 2.65 million dona sotilib, Guinness rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq boʻldi.[1][2] Umuman olganda, tanqidchilar tomonidan xush qarshilangan ushbu kitob, 2008-yil „Colorado Blue Spruce Book mukofoti“ga sazovor boʻldi va Amerika kutubxonalari assotsiatsiyasi tomonidan „Yosh-u kattalar uchun eng yaxshi kitob“ deb topildi. Ushbu roman asosida ikkita film ishlangan: Harry Potter va ajal tuhfasi: 1-qism (2010) va Harry Potter va ajal tuhfasi: 2-qism (2011).

Manbalar[tahrir]

  1. Record First-Day Sales for Last ‘Harry Potter’ Book. The New York Times (22 July 2007). Asl nusxadan arxivlandi (16 December 2017). 15 December 2017.
  2. Fastest selling book of fiction in 24 hours. Guinness Book of World Records (21 July 2007). Asl nusxadan arxivlandi (19 September 2011). 5 February 2011.

Bibliografiya[tahrir]

Havolalar[tahrir]