Harbiy oʻquv yurtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy oʻquv yurtlari — Qurolli Kuchlarning barcha turlari, qoʻshin turlari va maxsus qoʻshinlar uchun kadrlar tayyorlovchi oʻquv muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasida harbiy oʻquv yurtlariga harbiy akademiya, oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy kasbga yoʻnaltiruvchi litseylar, fuqarolik oliy oʻquv yurtlarining harbiy fakultetlari kiradi. Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi, Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi, Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil bilim yurti, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti, Toshkent texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy texnika maktabi, Toshkent oliy yongʻin xafsizligi maktabi, serjantlar tayyorlash maktablari hamda fuqarolik oliy oʻquv yurtlarining harbiy fakultetlari faoliyat koʻrsatmoqda[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]