Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlovchi muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 15 avg .dagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 414—49 sonli qaroriga muvofiq, 1995 yil 2 sentyabrda tashkil etildi. Akademiya oliy qoʻmondonlik tarkibiga, tezkortaktik ixtisosga ega oliy malakali harbiy, ilmiypedagogik va ilmiy kadrlar tayyorlashga, tadqiqotlar oʻtkazishga, shuningdek, OʻzR Qurolli Kuchlari uchun katta va oliy ofitserlarni tezkorstrategik tayyorlash, katta va oliy ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik malakasini oshirish uchun harbiy fan muammolarini oʻrganishda fundamental, qidiruv va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, harbiy siyosat, qurolli kuchlar qurilishi va tayy