Abde Ezzalzouli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abde Ezzalzouli
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdessamad Ezzalzouli
Tavallud sanasi 17-dekabr 2001-yil (2001-12-17) (22 yosh)
Tavallud joyi Beni Mellal, Morocco
Boʻyi 1.77 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona B
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2010 Peña Ilicitana Raval
2010-2013 Pablo Iglesias
2013-2014 Kelme
2014-2015 Pablo Iglesias
2015-2016 Promesas Elche
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2021 Hércules B 25 (5)
2019-2021 Hércules 21 (2)
2021- Barcelona B 20 (2)
2021- Barcelona 10 (1)
Milliy terma jamoa
2020 Morocco U20 5 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-may uchun)

Abdessamad Ezzalzuli (2001-yil 17-dekabrda tugʻilgan) - Ez Abde nomi bilan ham tanilgan, marokashlik professional futbolchi, Ispaniyaning „Barselona B“ jamoasida vinger sifatida oʻynaydi. Marokashda tugʻilgan va Ispaniyada oʻsgan u Marokash terma jamoasini himoya qiladi. U professional faoliyatini "Hércules " jamoasida oʻynab boshlagan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marokashda tugʻilgan Ezzalzuli yetti yoshida oilasi bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtdi va oʻzining futboldagi faoliyatini Elche shahridagi Karrus mahallasida boshladi.[1]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ezzalzuli Elche CF va CD Cultural Carrús yoshlar akademiyalarining bir qismi boʻlgan.[2] U oʻz shahrining asosiy klubi boʻlmish Elche CFda oʻzini sinab koʻrdi, ammo ularning akademiyasiga olishmadi.[3]

Ezzalzuli Elchedagi mahalla klublarida oʻynashni davom ettirdi, " Hércules B " murabbiyi Antonio Moreno Dominguez unga shartnoma taklif qildi va Ezzalzuli keyinchalik qoʻshni Alikante shahridagi asosiy klubga qoʻshildi. U 2016-yilda Erkules oʻtdi va u yerda 2019-yilda katta faoliyatini boshladi.

Barselona[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ezzalzuli 2021-yil 31-avgustda "Barselona B "ga o‘tdi [4] U 2021-yil 30-oktabrda La Liga doirasida " Alaves „ bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yinda “Barselona" bilan professional debyut qildi va 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa Ezzalzuli „Barsa“ning asosiy jamoasida maydonga tushgan ilk Marokashlik futbolchiga aylandi.[5] U „Barselona“ safidagi ilk golini " Osasuna "ga qarshi o‘yinda (2:2) kiritdi.[6][7]

Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ezzalzuli Marokashning U20 terma jamoasini bilan 2020-yilgi Arab Kubogi U-20 qatnashdi va besh oʻyinda ikkita gol urdi.[8] 2021-yil 20-dekabrda Abde Vohid Halilxojichning 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida Marokash milliy terma jamoasiga jalb etildi.[9][10]

2022-yil 17-mart kuni Ezzalzuli 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi — CAF 3-raundida Kongo DR bilan oʻyinga terma jamoaga jalb etildi.[11][12]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]