Hülya Avşar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hülya Avşar

2014-yilda Hülya Avşar
Tavalludi 10-oktyabr 1963
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Raqqosa · Sharhlochi · Jurnalist
Turmush oʻrtogʻi Mehmet Tecirli (1979-1981-yillar)
Kaya Çilingiroğlu (1997-2005-yillar)

Hülya Avşar (1963-yil 10-oktyabrda tugʻilgan, Balıkesir) – turk aktrisasi, qoʻshiqchi va boshlovchi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avşar – Edremitda Emrol va Jalol (Ello[1])larning oilasida toʻngʻich farzandi boʻlib dunyoga kelgan. Uni oilasini kurdchada „malakan curri“ deb atashardi. Bu nom „sargʻish“ degan maʼnoni anglatadi[2]. Avşarning kelib chiqishi ona tomondan Baliqesirdan, ota tomondan esa Ardaxonning Hasköy shahridan boʻlgan . Hulya Avşar, Avşar-Pirebat kurd qabilasiga mansub[3]. Avşarning otasi Jalol Kurd onasi Emral asli turk oilasidan hisoblanadi. Onasi tomon yoruk va kritlik muhojir, tomon esa Qayseri-Pinarboshidan Qars-Ardaxonga koʻchib kelgan kurd turkman qabilasidandir[4].

Uning ilk qadami Bulvar gazetasi tomonidan tashkil etilgan „Kâinat Güzellik“ tanlovidan boshlangan(1983), ammo turmushga chiqqanligi maʼlum boʻlgach, toji qaytarib olindi[5]. 1983-yil Avşar hayotida sezilarli burilishlar davri boʻlgan. U oʻz karyerasini "Haram" filmi bilan boshlagan va bu filmda bosh rolni Fikret Xoqon va Solih Güney lar bilan birgalikda ijro etgan.

Oʻz faoliyatini musiqiy taʼlim olgandan soʻng, musiqiy asarlar yaʼni oltita albom va musiqa bilan davom ettirgan. 1995-yilning soʻnggi kunlarida chiqargan "Yarasi Saklım" albomi bilan davrga oʻz izini qoldirdi. "Bu Gece Uzun Olacak" nomli qoʻshigʻi uning debyut klipi edi. Albomdagi uchinchi klip Suat Suna qoʻshigʻi boʻlgan "Sensiz Kaldim" qoʻshigʻi uchun suratga olingan. Qoʻshiq yuqori baholangan va koʻpchilik tomonidan Avşar aytgan eng yaxshi qoʻshiq deya tan olindi. Uning „Yarası saklım“ albomi 1,1 million nusxada sotilgan va bu uning faoliyatidagi eng koʻp sotilgan albomga aylanagn. Hulya Avşar 90-yillarning eng koʻp tilga olingan ismlaridan biri boʻldi.

U 1998-yilda chiqqan "Hayat Böyle" albomi bilan musiqa sahnasidagi oʻrnini mustahkamlagan. Oʻsha yili Serdar Ortaçning "Aradın Mı" qoʻshigʻi bilan har yerda tinglandi. Qoʻshiqning klipi yoqqanidan soʻng, "Aradın Mı" Xulya Avşarning"Bu Gece Uzun Olacak" dan keyingi eng mashhur qoʻshigʻiga aylandi. Albomdagi ikkinchi klip "Ah Be Güzelim" qoʻshigʻi uchun suratga olingan. Sanʼatkor ham ushbu qoʻshiq bilan muvaffaqiyatga erishdi. 2002-yilda soʻzi va musiqasi Sezen Aksuga tegishli „yar senin derdin ne“ qoʻshigʻini, soʻzi va musiqasi İlhan Şeshenga tegishli „Aşıklar Delidir“ albomini chiqardi. Gülşen tomonidan yozilgan „Alnının“ musiqasi 2002-yilda radioda eng koʻp eshittirilgan qoʻshiqlardan biriga aylangan. Hülya Avşar shousining umumiy musiqasi sifatida İlhan Şeşen tomonidan yozilgan „Delilerin Delisi“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olingan.

2000-yilda u Kral TV tomonidan tashkil etilgan yilning musiqiy mukofotlarida eng yaxshi ayol qoʻshiqchi mukofotiga sazovor boʻldi. Hülya Avşar teledastur bilan bir vaqtda ijro etgan bir kishilik teatr spektaklidan tashqari reklama roliklarida rol ijro etgan, shuningdek, hali ham oylik „ Hülya“ jurnalining muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

2001-yilda oʻz nomi bilan nomlangan Hülya Avşar by H brendiga asos solgan. U doimiy kiyadigan oddiy qora va oq futbolkalar uning www.byh.com.tr veb-saytida sotuvga qoʻyilgan. Sport va tennisga boʻlgan ishtiyoqi bilan tanilgan Avşar 2001-yildan beri oʻzining nomi ostida yaratilgan „Hülya Cup“ tennis turnirini uyushtirib, topgan daromadi bilan taʼlimni qoʻllab-quvvatlab, bolalarga stipendiya va tennis imkoniyatlarini yaratib kelmoqda.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U birinchi turmushini 1979-yilda Mehmet Tecirli bilan qurgan va ikki yil davomida birga yashagan. Uning Kaya Çilingirogʻlu bilan turmushidan Zehra (1998-yilda tugʻilgan) ismli qizi bor. Er-xotin 2005-yilda ajrashishgan. U "Beshiktosh" ning ashaddiy muxlisidir. Kaya Chilingirogʻlu bilan ajrashgach, bir muddat tadbirkor Sadettin Saran bilan birga boʻlgan. Uning onasi Emral Avşar 2009-yil 6-fevralda saraton kasalligidan vafot etgan[6]. 2009-yil 24-25-avgust kunlari "Milliyet" gazetasida chop etilgan intervyusida kurd tashabbusi haqida oʻz fikrlarini bildirganidan soʻng, unga nisbatan Bakırkoʻy Bosh prokuraturasi tomonidan „Halkı kin, nefret ve düşmanlığa tahrik ettiği“ (Xalqiga nisbatan nafrat va adovat hissini uygʻotgan kishi) degan sabab bilan tergov ochilgan[7]. Tergovni olib borayotgan prokuror Avşarni jinoiy javobgarlikka tortmaslikka qaror qildi[8].

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video kliplari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Agora Meyhanesi
  • Ah Be Güzelim
  • Anlatma
  • Aradın Mı?
  • Bana Bir Koca Lazım
  • Bu Gece Uzun Olacak
  • Dost Musun Düşman Mı?
  • Geçmiş Olsun
  • Hata
  • Hatırlarmısın
  • Hülya Gibi
  • Nasılsın Bugün
  • Sana Sakladım
  • Sen Aşk Mısın?
  • Sensiz Kaldım
  • Sevdim
  • Sonsuza Dek
  • Yalan Dünya
  • Yapma Aşkım
  • Yar Senin Derdin Ne
  • Yürü Ya Kulum

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rol oʻynagan seriallar/koʻrsatuvlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Ishlab chiqarish Rol Eslatmalar
1982 İntibah Dilaşub
1994 Sevginin Gücü Sevgi Başrol
1995 Süper Yıldız
1998 Ah Bir Zengin Olsam
2000 Savunma Seda Başrol
2004 Zümrüt Zümrüt Karahan
Kadın İsterse Canan / Duygu
2006 Kadın Severse Deniz Ertekin
2012 Pis Yedili Kendisi Konuk
2015-2016 Muhteşem Yüzyıl Kösem Safiye Sultan Başrol
2017 TOLGSHOW Kendisi Konuk
2021 Masumiyet Hale Ilgaz Başrol
Çok Güzel Hareketler 2 Kendisi
2022 Kim Milyoner Olmak İster? Konuk

Bosh rollarni ijro etgan filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yıl Film Rol Notlar
1983 Haram Hülya
Kahır Hülya
Çelik Mezar Gül
1984 Karanfilli Naciye Naciye
Tutku Hacer
Ömrümün Tek Gecesi Gülseren
Yabancı Hülya
Kaptan Melike
Güneş Doğarken Nalan
Ayşem Ayşe
Nefret Hülya
1985 Tele Kızlar Çağla
Ölüm Yolu Zeynep
Mavi Mavi Sibel
Sekreter Hülya
Tapılacak Kadın Sabiha
Suçlu Gençlik Neslihan
Paranın Esiri Başak
1986 Uzun Bir Gece Gülsüm
Fatmagül'ün Suçu Ne? Fatmagül
Dağlı Güvercin Azize
Üç Halka 25 Gülçiçek
Kısrak Hülya
Aşk Hikayemiz Sevda
Alın Yazım Hülya
Sevda Ateşi Maviş Gülcan
Mavi Melek Billur Elif
1987 Yarın Yarın Şeyda
Bir Kırık Bebek Gülizar
Çil Horoz Ayten
Geri Dön Gamze
Alamancının Karısı Zeliha
Ziyaret Arzu
1988 Aşıksın Deniz
Hülya Hülya
Melodram Esra
1989 Öğretmen Zeynep Zeynep
Fotoğraflar Neslihan
Fazilet Fazilet
1990 Benim Sinemalarım Nesibe
Hasan Boğuldu Emine
1993 Berlin in Berlin Dilber
1995 Bir Kadının Anatomisi Sibel
1999 Salkım Hanımın Taneleri Nora
2002 Yeşil Işık Elif
2004 Kalbin Zamanı Belkıs
2005 İki Genç Kız Leman
Hababam Sınıfı Askerde Zehra
2007 Bir İhtimal Daha Var Alev
2011 8 Ülke 8 Yönetmen ve Sinan Hürrem Sultan
72. Koğuş Fatma
2018 Selfi Hülya

U sudya yoki boshlovchi boʻlgan teledasturlar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Hülya Avşar: Babamın adı Ello benim adım Malakan“. ensonhaber (26 şubat 2015). 29 ağustos 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ağustos 2017.
  2. „Buyrun çözelim, ben kimim?“. 27 ağustos 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 ağustos 2009.
  3. „Arşivlenmiş kopya“. 11 aralık 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-mart.
  4. „- Hakikaten hâlâ kendimi bir melez olarak görüyorum. Çünkü bakarsanız anne tarafımda Giritlik var, Yörüklük var. Baba tarafım çok asırlar önce Kayseri Pınarbaşı’ndan göçen bir Türkmen aşireti. Göç ettikleri yerde Kürtlerle karışmışlar ve sonunda da iyice Kürtleşmişler.“. 24 haziran 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 ocak 2020.
  5. „Arşivlenmiş kopya“. 20 aralık 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 ocak 2020.
  6. „Hülya Avşar annesini kaybetti“. Taraf (6 şubat 2009). 12 şubat 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 ekim 2009.
  7. „Hülya Avşar’ın Milliyet söyleşisine soruşturma“. Milliyet (23 eylül 2009). 2 nisan 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 ekim 2009.
  8. „Hülya Avşar için takipsizlik kararı verildisoruşturma“. Taraf (3 ekim 2009). 6 ekim 2009da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 ekim 2009.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]