Gusev (Kaliningrad viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gusev

Гусев
tuman
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
54°35′00″N 22°12′00″E / 54.58333°N 22.20000°E / 54.58333; 22.20000 G OKoordinatalari: 54°35′00″N 22°12′00″E / 54.58333°N 22.20000°E / 54.58333; 22.20000 G O
Mamlakat Rossiya
Aholisi
29 234 (2 021)
Milliy tarkib ruslar, ukrainlar
Konfessiyaviy tarkib pravoslav
Telefon kodi 7 401-43
Gusev xaritada

Gusev (ruscha: Гу́сев; nemischa: Gumbinnen; litovcha: Gumbinė; polyakcha: Gąbin[1]) – Rossiya davlatining Kaliningrad viloyatida joylashgan. Aholisi: 29 234 kishi (2021-yil holatiga koʻra). Kaliningraddan 12 km uzoqda joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gumbinnen Prussiya gersogligidagi aholi punkti boʻlgan(litovcha: Gumbinė). Birinchi marta Polsha Qirolligining vassal gersogligi 1580-yilgi hujjatlarda bu aholi punkti haqida qayd etib oʻtgan. 1545-yilda Gohensollernning buyrugʻiga koʻra, Prussiya gersogi Albert tufayli Gumbinnen shahrida protestant qishlogʻi tashkil etilishi boshlangan va 1582-yilda qurib bitkazilgan. 1618-yilda Gumbinnen Brendenburg-Prussiya tarkibiga kirgan va Polsha nazoratni oʻz qoʻliga olgan.

Salzburg Lyuteran qishlogʻi

Gumbinnen 18-asrgacha Prussiya qirolligi tarkibida boʻlgan. 1709-1711-yillar oraligʻida bu hudud Shimoliy urush talofatlari tufayli vayron boʻlib, Prussiyaning „Qirol askari“ Frederik Uilyam I buyrugʻi bilan 1732-yilda Salzburgga qaytadan qurilgan[2]. Zalsburg protestantlarining birinchi qishlogʻi 1752-1752-yillarda qurilgan. 1840-yilda Karl Fridrix Shinkel tomonidan ishlab chiqilgan neoklassik arxittektura uslubida qayta qurilgan. Qishloq 1995-yilda Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va Markaziy Osiyoning protestantlari tomonidan qayta tiklangan.Birinchi jahon urushi davrida Sharqiy frontda Gumbinnen jangi boʻlib oʻtgan. 1914-yilning avgust oyida bu jangda Rus armiyasi Gumbinnenni bir necha oy ichida bosib olgan. Keyinchalik, nemis qoʻshinlari Gumbinnenni qaytarib olishga muvaffaq boʻlishgan. Urush tugagach,1945-yilda Berlin konferensiyasida eʼlon qilingan chegara oʻzgarishlariga koʻra, avvalgi Sharqiy Prussiya viloyatining shimoliy qismi Sovet Ittifoqining bir qismiga aylangan, shu jumladan Gumbinnen ham. 1945-yilning yanvar oyida Gumbinnen yaqinidagi jangda halok boʻlgan va Sovet Ittifoqi Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan Qizil Armiya sardori Sergey Ivanovich Gusev sharafiga shaharni Gusev deb nomlashgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gusev Kalininggrad viloyatini Litva va Belarussiya orqali Rossiyaning asosiy hududlari bilan bogʻlaydigan ikki yoʻlli temir yoʻl liniyasida joylashgan.

Yantar iqtisodiy zonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yillarda Kalininggrad viloyatida Yantar iqtisodiy zonasi tashkil etilgan. Hududdagi baʼzi loyihalar Gusev shahrida joylashgan va bunga misol qilib NPO CTS ni keltirish mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. M. Kaemmerer. Ortsnamenverzeichnis der Ortschaften jenseits von Oder u. Neiße (de), 2004. ISBN 3-7921-0368-0. 
  2. Turner, George. Salzburger, Ostpreußen - Integration und Identitätswahrung (de), August 2017. ISBN 9783830537878.