Krasnoznamensk (Kaliningrad viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Krasnoznamensk (ruscha: Краснозна́менск, qizil bayroqli shaharcha; nemischa: Lasdehnen (1734-1938), Haselberg (1938-1946); litovcha: Lazdynai) – Rossiyaning Kaliningrad viloyatidagi Krasnoznamenskiy tumanida joylashgan shahar va maʼmuriy markaz hisoblanadi. Šešupė daryosi, viloyatning maʼmuriy markazi Kaliningraddan 163 km (101 milya) shimoli-sharqda va Litva bilan chegaradan esa taxminan 10 km (6,2 milya) janubda joylashgan. Aholisi 3 522 (2010)[1] kishidan iborat.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi punkti toʻgʻrisidagi nemis tilining eng qadimgi yozuvlarga asoslanib, findiq buta maʼnosini bildiruvchi „Haselpusch“ nomi bilan 1521-yillarga toʻgʻri keladi. Rus manbalarida esa eng qadimgi yozuvlar 1576-yillarda, boshqa manbalarda esa 1734-yilda tashkil etilganligi qayd etilgan[2]. Ushbu qishloqda 1578-yilda cherkov bor edi, ammo u 1661-yilda yonib ketgan. Uning oʻrnini bosgan bino 1869-yilda jiddiy strukturaviy nuqsonlar tufayli buzib tashlanishi kerak edi. 1701-yildan boshlab Prussiya qirolligiga va 1871-yilda esa Germaniya imperiyasiga tegishli boʻlib, Sharqiy Prussiya provinsiyasida joylashgan. XVIII asrning boshlarida shaharning nomi eski prussiya tilidagi findiq butalari uchun atama asosida Lasdehnenga oʻzgartirilib, hozirgi Gothic Revival cherkovi 1874—1877-yillarda qurilgan. XIX asr oxirida shaharda har yili toʻrtta yarmarka oʻtkazilgan. 1938-yili uning oldingi nomi Boltiqboʻyida kelib chiqqanligi sababli u Haselberg (soʻzma-soʻz „hazel togʻ“) deb nomlangan[3]. 1945-yillarga kelib, Ikkinchi jahon urushi paytida, Haselbergning etnik nemis aholisi 18-yanvarda Qizil Armiya oldiga qochib ketishgan. Urush tugagandan soʻng, Haselberg Rossiya SFSRning Kaliningrad viloyati tarkibiga kiritilgan. Yaqin atrofdagi Shloßbergning tarixiy mintaqaviy poytaxti (1938-yilga qadar Pillkallen, hozirgi Dobrovolsk nomi bilan mashhur) urush paytida jiddiy zarar koʻrgan. Shuning uchun Sovet hukumati Pillkallenning sobiq maʼmuriy funktsiyalarini kamroq zarar koʻrgan Haselbergga koʻchirgan. 1946-yili 7-aprelda Sovet hukumati shaharni Krasnoznamensk deb oʻzgartirib, keyingi yili yangi Krasnoznamensk tumanining maʼmuriy markaziga aylangan[2]. Shahar bayrogʻi va gerbidagi findiqlar shaharning tarixiy nomi bilan assotsiatsiyani anglatadi.

Maʼmuriy maqom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼmuriy boʻlinishlar doirasida Krasnoznamensk Krasnoznamenskiy tumanining maʼmuriy markazi boʻlib xizmat qiladi[4]. U maʼmuriy boʻlinma sifatida ikkita qishloq aholi punkti bilan birgalikda Krasnoznamensk tumani tarkibiga "Krasnoznamensk tuman ahamiyatiga ega shaharcha" sifatida kiritilgan[4]. 2015-yili 5-maydan boshlab Krasnoznamensk tuman ahamiyatiga ega boʻlgan shahar va Krasnoznamensk tumanidagi uchta qishloq okrugi hududlari Krasnoznamenskiy shahar okrugi sifatida birlashtiriladi[4]. Bungacha tuman ahamiyatidagi shahar "Krasnoznamensk shahar posyolkasi" sifatida kiritilgan[4].

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Populyatsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1,294 (1885-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra[5])
  • 1,857 (1910-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra[6])
  • 2,065 (1933-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra[5])
  • 2,070 (1939-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra[5])
  • 2,843 (1959-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)
  • 2,911 (1970-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)
  • 3,392 (1979-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)
  • 3,894 (1989-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)
  • 3,751 (2002-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)
  • 3,522 (2010-yildagi statistik maʼlumotlarga koʻra)

Etnik tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yildagi statistik maʼlumotlariga koʻra: ruslar – 87,4%, litvaliklar – 2,8%, ukrainlar – 2,5%, belaruslar – 2,5%, lo'lilar – 1%, armanlar – 1%, nemislar – 0,9%, tatarlar – 0,6%, polyaklar – 0,5%. , boshqalar – 0,8%. Krasnoznamensk Kichik Litva deb nomlanuvchi etnografik mintaqada joylashib, shaharda Litva madaniy tashkilotlari mavjud[7].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ru Federal State Statistics Service. „ru:Всероссийская перепись населения 2010 года. Том 1“ [2010 All-ru Population Census, vol. 1] (ru). Federal State Statistics Service (2011).
  2. 2,0 2,1 Энциклопедия Города России. Moscow: Большая Российская Энциклопедия, 2003 — 219 bet. ISBN 5-7107-7399-9. 
  3. Słownik geograficzny Królestwa Polskiego i innych krajów słowiańskich, Tom V (pl), Warszawa, 1884 — 82 bet. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Resolution #640
  5. 5,0 5,1 5,2 http://www.geschichte-on-demand.de/pillkallen.html 1885 census data: note that the town then was identified as „Haselberg (früher Lasdehnen)“ (Haselberg (formerly Lasdehnen))
  6. http://www.gemeindeverzeichnis.de/gem1900//gem1900.htm?ostpreussen/pillkallen.htm 1910 census data: note that the town then was called Lasdehnen
  7. „Kaliningrado (Karaliaučiaus) srities Lietuvių Bendruomenė“.