Gultojixoʻroz
Qiyofa
| Gultojixoʻroz | ||
|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
| Gelosia cristata | ||
Gultojixoʻroz, tojixuroz (Gelosia cristata L.) — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt poyasi tik, boʻyi 10—70 sm. Barglari yirik, uzuznligi 5—7 sm, eni 2,5 sm, uzun bandli. Tupguli har xil shaklda, asosan, barg qoʻltigʻida joylashgan. Rangi toʻq qizil yoki koʻkish sariq tusli. Gullari ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni oddiy, changchisi 5 ta. Mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha, urugʻidan koʻpayadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha joylarida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |