Gultojixoʻrozdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gultojixoʻrozdoshlar, machindoshlar (Amaranthaceae) — ikki pallalilarga oid oʻt yoki butalardan iborat oila. Barglari tekis, butun, gullari toʻp-toʻp, boshoqsimon yoki roʻvaksimon, toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi yongʻoqcha, baʼzan rezavor. Baʼzi gullari ilmoqcha yoki tukchaga aylangan. Bu oilaning 64 turkumi va 850 ga yaqin turi bor. Koʻpchiligi issiq mamlakatlarda tarqalgan. Baʼzilari (mas, machinlar) ekinlar orasida (begona oʻt) oʻsadi, boshqalari esa (mas, gultojixoʻroz) xushmanzara oʻsimlik sifatida eqiladi. Oʻzbekistonda 3 ta turkumga mansub 13 turi usadi. Shulardan 2 tasi madaniy manzarali tur hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil