Guitar Pro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
GP6-icon.png
Guitar Pro 5 Screenshot.JPG
Guitar Pro 5 dasturining Windows versiyasi skrinshoti
Ishlab chiqaruvchiArobas Music
Eng so‘nggi versiyasi7.0.0 / 7-aprel 2017-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, Mac OS X (faqat Intel protsessorlari), Linux (Ubuntu 9.10 hamda 10.04 da rasman ishlaydi)
Til(lar)C++
JanrNota tahrirlovchi
LitsenziyaNoerkin
Vebsayt:guitar-pro.com

Guitar Pro (talaffuzi: Gitar Pro) — gitara va bas tabulaturalarini hamda nota partituralarini tahrir qilish uchun moʻljallangan, koʻp qator (dorojka)li dastur. Guitar Proda gitarachilar va umuman musiqachilar uchun kuchli MIDI tahrirlovchi, akkord tuzuvchi, metronom va boshqa koʻplab asboblar bor. Dasturning Windows, Mac OS X (faqat Intel protsessorlari uchun) va Linux uchun versiyalari mavjud. Guitar Pro Fransiyada joylashgan Arobas Music kompaniyasi tomonidan tayyorlanadi.

Tarixi[tahrir]

Guitar Proning 3-, 4-, 5- va 6- versiyalari yaxshi kutib olindi. Dastur boshida faqat tabulatura tahrirlovchi sifatida eʼlon qilingan. Ammo vaqt oʻtishi bilan u ancha kengaydi va gitaradan boshqa asboblarni ham qoʻllaydigan boʻldi.

4-versiyagacha Guitar Pro faqat Microsoft Windows uchun tayyorlangan. Ilk bor 2005-yil noyabrda eʼlon qilingan Guitar Pro 5 ham faqat Windows uchun edi. Bir yildan soʻng 2006-yil iyulda uning Mac OS Xga moʻljallangan versiyasi eʼlon qilindi.

2010-yil 5-aprelda butunlay boshqacha koʻrinishdagi Guitar Pro 6 sotuvga chiqarildi. Bu versiya Linuxda ham ishlaydi. Xususan, Guitar Pro 6 Ubuntuda rasman ishaydi.

2011-yil 6-fevralda Guitar Proning mobil moslamalar uchun ilk versiyasi (6-versiya) App Storega qoʻyildi. Bu versiya iOS 3.0 yoki undan yangiroq operatsion tizimli iPhone, iPod Touch va iPadlarda ishlaydi.

2011 yil Guitar Pro 6 Fretlight Ready deb nomlanuvchi gitara uchun dasturning maxsus versiyasi ichlab chiqilgan. Bunda gitarachi ijro etilayotgan qoʻshiqning notalarini gitaraning dastasiga oʻrnatilgan LED chiroqlar yordamida koʻrishi mumkin boʻlgan.

Tuzilishi[tahrir]

Guitar Proda ham standart nota chiziqlari, ham tabulatura koʻrinib turadi. Dasturda biror-bir qoʻshiqda ishlatilgan har bir asbob uchun qator (dorojka) tayyorlash mumkin, ularni istalgan tempda eshitib koʻrish mumkin. Baʼzi bir qatorlarni oʻchirib turish, qolganlarining tovushini oʻzgartirish mumkin. Bundan tashqari, faqatgina bitta qatorni eshitib koʻrish ham mumkin. Dasturning 4- va undan keyingi versiyalarida klavishli asboblarda chalingan qismlarni qoʻshish imkonini beruvchi maxsus klaviatura ham bor.

Guitar Proda tovush maxsus kutubxonadan chiqariladi. 5-versiyadan boshlab haqiqiyroq tovush chiqarish uchun „Realistik tovush chiqaruvchi“ (ingl. Realistic sound engine) dan foydalanish mumkin.[1] Jonli koʻrib chiqish funksiyasi yordamida qoʻshiq bilan birga ijro etish mumkin.

Guitar Proning 6-, 5-, 4- va 3- versiyalarida tayyorlangan fayllar mos ravishda GPX, GP5, GP4 va GP3 formatlarida saqlanadi. Yangiroq versiyada yozilgan fayl eskiroq versiyada toʻliq ishlamaydi. Bunday hollarda foydalanuvchi yangiroq versiyani olishga chaqiriladi.

Guitar Proda ishlatish mumkin boʻlgan tabulaturalarni bir necha saytlardan bepul olish mumkin. Bunday saytlarda ham tanilgan, ham tanilmagan ijrochilarning asarlari mavjud. Musiqa chiqaruvchilar birlashmasi (ingl. Music Publishers' Association) bosimi ostida bunday saytlarning baʼzilari yopildi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Guitar Pro 5. PCMag (16 February 2007). 5 January 2016.
  2. Song sites face legal crackdown. BBC News (12 December 2005). 5 January 2016.

Havolalar[tahrir]