Aria Maestosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Aria Maestosa
AriaMaestosaLogo.png
AriaScreenshotLinuxEn.png
Aria Maestosa dasturining 1.4.6 versiyasi skrinshoti
Eng so‘nggi versiyasi:1.4.10 / 4-avgust 2014-yil
Operatsion sistema:Microsoft Windows, Mac OS X, Linux
Til(lar):C++
Janr:Nota tahrirlovchi
Litsenziya:GNU General Public License (erkin)
Vebsayt:ariamaestosa.sourceforge.net

Aria Maestosa (talaffuzi: Aria Maestoza) — ochiq manbali MIDI tahrirlovchi. Bu dastur yordamida MIDI fayllarni yaratish, tahrirlash va eshitish mumkin. Aria Maestosaning sodda interfeysida notalarni, klavishlarni, gitara, barabanlarni koʻrish mumkin. Dastur Mac OS X, Windows va Linux operatsion sistemalarida ishlaydi.

Xususiyatlari[tahrir]

  • Bir necha qatorni (dorojkani) koʻrish va tahrirlash;
  • Bir necha tahrirlash uslubi: nota, klavishlar, gitara tabulaturasi, barabanlar;
  • MIDI boshqaruvchilar;
  • Kalit, vaqt va tempni oʻzgartirish;
  • Musiqa asboblari moslamalari;
  • Qoʻshiq davomida takt uzunligini oʻzgartirish;
  • MIDI yozib olish;
  • Asarlarni bosmadan chiqarish;
  • MIDI fayllarni (.mid) import va eksport qilish;
  • Audio fayllarni (.wav) eksport qilish (faqat Mac OS X va Linux uchun);
  • Bir necha asarni bir paytda ochish;
  • Bitta qatorda bir necha tahrirni amalga oshirish;
  • Fonda boshqa qatorlarni ochib qoʻyish.

Havolalar[tahrir]