Gruziyada „Xorijiy agentlar“ haqidagi qonunga qarshi namoyishlar (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gruziyada „Xorijiy agentlar“ haqidagi qonunga qarshi namoyishlar (2024)
Sana 15-aprel 2024-yil
Joy
Sababi Xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunning birinchi va ikkinchi oʻqishda qabul qilinishi
Maqsadlari Xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish, hibsga olingan namoyishchilarni ozod qilish, 9-martdan keyin — hukumat iste’foga chiqishi, muddatidan oldin parlament saylovlarini belgilash
Usullari Namoyishlar, politsiya bilan to'qnashuvlar, ma'muriy binolarni bosib olishga urinishlar
Fuqarolik nizosining tomonlari
Parlamentdagi hukmron yetakchilar
Gruziya orzusi
Xalq kuchu harakati
Gruziya hukumati
Gruziya Ichki ishlar vazirligi
Yetakchilar
Salome Zurabishvili
Georgiy Vashadze
Zurab Japaridze
Irakliy Garibashvili
Vaxtnag Gomelauri
Irakliy Kobaxidze
Raqamlarda
70 kishi hibsga olingan, 28 kishi jabrlangan
6 kishi jabrlangan
Qurbonlar va yoʻqotishlar
Qurbonlar

 

Gruziyadagi norozilik namoyishlari (2024-yil) — „Xorijiy taʼsirning shaffofligi toʻgʻrisida“gi yangi qonunning qoʻllab-quvvatlanishidan parlament tomonidan tufayli Gruziya boʻylab boʻlayotgan norozlik namoyishlari. Qonunga koʻra, NNTlarning chet eldan moliyalashtiriladigan mablagʻlari ularning umumiy daromadidan 20% dan ziyod boʻlsa, „xorijiy taʼsir agentlari“ sifatida roʻyxatdan oʻtishlari shart. Tbilisida politsiya namoyishlarni tarqatish uchun suv purkagichlar va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishgan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruziya hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yildan Gruziyada Mixail Saakashvili[3] boshchiligidagi „Gruziya orzusi“ partiyasi hokimiyat tepasida boʻlmoqda. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, „Gruziya orzusi“ gʻarbparast soʻl harakat sifatida boshlangan boʻlsa-da, 2024-yilga kelib partiya konservativ populistik siyosiy kuchga aylandi, uning siyosiy yoʻnalishi koʻpincha Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban siyosati bilan taqqoslanadi[3][4]. Parlament saylovlarida gʻalaba qozongandan soʻng „Gruziya orzusi“ tobora koʻproq rossiyaparast harakatga aylana boshladi[3].

„Gruziya orzusi“ partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvili Rossiyada boylik orttirgan milliarder[5] boʻlib, Ivanivshili uzoq vaqt davomida hech qanday davlat lavozimida ishlamagan, ammo gruzin muxolifati uni Gruziyaning haqiqiy hukmdori deb ataydi[6].

„Xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun loyihasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ilk bor Gruziya parlamentiga 2023-yil boshida kiritilgan, biroq oʻsha yilning mart oyida ommaviy norozilik namoyishlari tufayli qaytarib olingandi[7].

2023-yil dekabr oyida Gruziya YIga aʼzo boʻlish uchun nomzod davlat maqomini oladi[8]. Biroq, YI bilan keyingi muzokaralar uchun Gruziya hukumati turli sohalarda Gruziya qonunchiligini liberallashtirishga qaratilgan „toʻqqiz qadam“ siyosatini amalga oshirishi kerak boʻlgan[8][9]. Shu bilan birga, Yevropa ittifoqi vakillari Gruziya hukumatini „xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi mamlakatning Yevropa ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralarni murakkablashtirishi haqida bir necha bor ogohlantirishgan[10].

2024-yilning bahorida hukmron „Gruziya orzusi“ partiyasi parlamentga „xorijiy agentlar“ haqidagi qonunni yana kiritadi [7]. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, bu bilan Gruziya hukumati 2024-yilning kuziga rejalashtirilgan parlament saylovlari arafasida Yevropa ittifoqiga rasman qoʻshilishga qaratilgan tashqi siyosatini 180 darajaga oʻzgartirib yuborishi mumkin[11].

Gruziya muxolifati ushbu qonun loyihasi Rossiyaning xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunchiligiga oʻxshashligini taʼkidlashadi, shuning uchun tanqidchilar bu qonunni „Rossiya qonuni“ deb atashgan[3][8].

Noroziliklar xronikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aprel[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruziya parlamenti „xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqishni boshladi. Birinchi yigʻilishda mushtlashuv boʻlib oʻtib, parlamentdagi yetak partiya vakili Mamuka Mdinaradze nutq qilayotgan chogʻida unga muxolifatdagi „Fuqarolar“ partiyasi yetakchisi Aleko Elisashvili hujum qiladi[7][12][13].

Oʻsha kuni minglab odamlar maydonga Gruziya va Yevropa ittifoqi bayroqlarini, shuningdek, „xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishiga qarshi plakatlar koʻtargan holda chiqishadi[13]. Odamlar, shuningdek, „Biz Rossiyani emas, Yevropani tanlaymiz“ yozuvi yozilgan plakatlarni, Gruziya va Yevropa ittifoqi bayroqlarini ushlab turishgan hamda „Rossiya qonunlariga yoʻq“ deb hayqirishadi[14].

Tez orada Rustaveli prospekti (katta koʻchasi)da hibsga olishlar boshlandi. Gruziya Ichki ishlar vazirligi 14 kishi hibsga olingani haqida xabar beradi. Bundan tashqari, vazirlik namoyishchilarning harakatlari natijasida bir politsiyachi yaralangan degan axborotni ham beradi[13][15].

16—17-aprel kunlari minglab namoyishchilar yana koʻchalarga chiqishadi. Biroq, 17-aprel kuni Gruziya parlamenti „xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishdayoq maʼqullaydi, ikkinchi oʻqish 29-aprelga, uchinchi oʻqish esa 17-mayga qoldiriladi[16][17]. Hujjatni qabul qilishda 83 deputat ovoz bergan, birorta ham qarshi ovoz berilmagan[17].

18-aprel kuni, namoyishlarning uchinchi kuni, avvalgi kunlardagidan ham koʻproq odam yigʻiladi. "Yevropaga — ha! Rossiya qonunlariga — yoʻq! " shiori Gruziyadagi „Xorijiy taʼsirning shaffofligi toʻgʻrisida“gi qonun loyihasiga qarshi norozilik namoyishlarida asosiy shioriga aylandi[18]. Tbilisida „xorijiy agentlar“ haqidagi qonunga qarshi namoyishchilar bilan politsiya toʻqnashuvi yuz berib, ikki kishi hibsga olinadi[19].

20-aprel kuni Tbilisida ayollar marshi boʻlib oʻtadi, unda yuzlab ayollar ishtirok etishadi. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili agar qonun qabul qilinsa, unga veto qoʻyishini aytadi. Ammo parlament vakillari orasida koʻpchilik ovozni toʻplash orqali vetoni bekor qilishi mumkin[20].

21-aprel kuni fuqarolar yana Tbilisida toʻplanib, Rustaveli prospektini yana toʻsib qoʻyishadi. Bu namoyishga koʻplab namoyishchilar oʻz oilalari bilan kelishgan[21].

22-aprel kuni hukmron „Gruziya orzusi“ partiyasi 29-aprelda boʻlib oʻtadigan qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlovchi mitingni eʼlon qildi[22].

23-aprel kuni Yevroparlamentda Gruziyadagi qonun loyihasi boʻyicha munozaralar boʻlib oʻtadi. Yevroparlament deputati Miriam Lexmann qonun loyihasi „fuqarolik jamiyati va mustaqil ommaviy axborot vositalari ishiga“ putur yetkazishini aytib, Yevropa kengashini hukmron partiya yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqiradi. Lexmann Yevropa ittifoqi „Gruziya bilan aʼzo boʻlish boʻyicha har qanday muzokaralar boshlanishini muzlatib qoʻyishi kerak“ligi taʼkidlaydi[23].

24-aprel kuni Gruziya parlamentida qonun loyihasi boʻyicha munozara boʻlib oʻtib, unda „Gruziya partiyasi“ning turli deputatlari qonun loyihasini qabul qilmaslik Gruziya davlatchiligining yoʻq qilinishiga olib kelinishi taʼkidlaydilar. Muxolifat esa buni Bidzina Ivanishvilining rusofil fitnasi deb ataydi[24].

25-aprel kuni Yevropa ittifoqi xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoralovchi rezolyutsiyasi, agar u qabul qilinib, Gruziya Yevropa ittifoqiga aʼzolik huquqidan mahrum boʻlishini mumkinligiga javoban Gruziya partiyasidan boʻlgan parlamenti spikeri Shalva Papuashvili rezolyutsiyani „mamlakatimiz uchun qadri yoʻq bir parcha qogʻoz“ deb ataydi[25].

26-aprel kuni Telavi shahar kengashi aʼzosi Levan Berdzenashvili xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunga qarshi chiqadi va agar qonun qabul qilinsa, Gruziya „Yevropa bilan bogʻliq barcha narsani yoʻqotishini“ aytib, partiya aʼzolarini qonun loyihasini parlamentda rad etish, „vijdoniga koʻra ovoz berishga“ chaqiradi[26]. Oʻsha kuni Tbilisi shahar sudi sudyasi Koba Chagunava qonun loyihasiga qarshi chiqqan muxolifatchilarni „politsiya xodimining qonuniy talabiga boʻysunmaslik“ va „mayda bezorilik“ moddasi katta miqdorda jarima toʻlashga majbur qiladi[27].

27-aprel kuni Butun Gruziya katolikos-patriarxi Ilya II bayonot beradi, bayonotda patriarx LGBTga qarshi siyosatni maʼqullab, Ywvropa ittifoqi rezolyutsiyasining uni qoralovchi qismini tanqid qiladi, ammo „xorijiy agentlar“ toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlamaydi[28].

28-aprel kuni Tbilisidagi Birinchi Respublika maydoniga toʻplangan namoyishchilar qonun loyihasini qaytarib olishni talab qilishib, Gruziya parlamenti oldiga borishadi[29]. Politsiya miting joyiga yuboriladi[30]. Namoyishlar chogʻida sobiq davlat vaziri Aleksey Petriashvili bezorilik va politsiyaga qarshilik koʻrsatgani uchun hibsga olinadi[31].

29-aprelda parlament qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda maʼqullaydi[32][33]. Hukumat tarafdorlari mitingni oʻtkazish uchun Tbilisiga mamlakatning turli burchaklaridan koʻplab odamlar ham olib kelishgan. Mamlakat prezidenti bu harakat „Putin uslubi“ ekanini aytadi. Baʼzi ishtirokchilar, agar ular aksiyada ishtirok etishdan bosh tortsa, ishdan boʻshatish bilan tahdid qilingan[33][34].

Hukumat tarafdorlari mitingidan tashqari Tbilisida „xorijiy agentlar“ haqidagi qonunga qarshi miting ham boʻlib oʻtadi. Talabalar Chavchavadze prospektini toʻsib qoʻyishib, porspekt boʻylab harakatlanadilar, lekin maʼlum bir vaqtda politsiya ularni toʻxtatishga harakat qiladi. Natijada namoyishchilar Mziuri bogʻigacha borishadi[33].

30-aprel kuni, ayrim hisob-kitoblarga koʻra, parlamentga 15 ming kishi kelishgan. Gruziya Ichki ishlar vazirligi 63 nafar kishi hibsga olingani haqida xabar beradi. Yana 20 kishi koʻzlarida ogʻriq va boʻgʻilish shikoyati bilan shifokorlarga murojaat qilgan. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, olti nafar politsiya xodimi jarohatlangan.

Namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar va rezina oʻqlardan foydalanilgan[35][36][37].

May[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-may kuni Gruziya parlamenti „xorijiy taʼsirning shaffofligi toʻgʻrisida“gi qonunni ikkinchi oʻqishda qabul qiladi, 83 kishi yoqlab, 23 kishi qarshi ovoz berishgan[38][39].

Xuddi shu kuni bir necha ming kishi Rustaveli prospektiga chiqishadi. Politsiya yana suv purkagichlar va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Gruziya Sogʻliqni saqlash vazirligi kamida 15 nafar qurbonlar haqida xabar beradi[40][41][42]. Namoyishlar tun boʻyi davom etadi, bir necha oʻnlab namoyishchilar hali ham prospektda qolishgan[43][44][45].

Respublika bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening aytishicha, hukmron " Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya " partiyasi ushbu qonunni har uch oʻqishda ham qabul qilishdan bosh tortmoqchi emas[46].

2-may kuni namoyishchilar parlament binosini qurshab oladilar va parlament hovlisida joylashgan politsiya bilan toʻqnashadilar. Namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar va qalampir gazidan foydalanishga majbur boʻlgan[47].

3-may kuni namoyishchilar Osiyo taraqqiyot bankining yillik yigʻilishi boʻlib oʻtayotgan Paragraf mehmonxonasi oldida miting uyushtirishadi, unda namoyishchilardan biri politsiyani ogʻzaki haqorat qilgani uchun hibsga olinadi[48].

9-may kuni Tbilisi politsiya departamenti bir kun oldin toʻqnashuvlar chogʻida 6 kishi hibsga olingani haqida xabar beradi[49].

11-may kuni 50 000 dan 300 000 gacha namoyishchilar Tbilisi markazidan oʻtishadi[50]. Namoyishchilar Gruziya va Yevropa bayroqlari bilan Yevropa maydonida toʻplanishib, „Rossiya qonunchiligiga yoʻq“ deb hayqirishadi[51][52]. Aksiya kechgacha davom etadi. Yevropa maydonidan soʻng, odamlarning bir qismi Rustaveli prospektidagi Gruziya parlamentiga borishadi[51].

12-may kuni Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili qonun uchinchi oʻqilishi Huquqiy masalalar qoʻmitasida 13-mayda, yalpi majlisda esa 14-mayda koʻrib chiqilishini maʼlum qiladi[53].

Shu kuni muxolifat 12-mayga mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da miting oʻtkazishni belgilaydi[54].

Reaksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

17-aprel kuni Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Josep Borrell, qoʻshnichilik masalalari boʻyicha komissari Olivér Várhelyi qonun loyihasi boʻyicha qoʻshma bayonot berishib, Gruziya parlamenti Yevropa ittifoqining bir necha bor bunday qonun hujjatlarini bekor qilish haqidagi chaqiruvlariga qaramay, qonun loyihasini qabul qilganini tashvishga solayotganini aytishadi[55].

26-aprel kuni AQSh davlat departamenti matbuot kotibi oʻrinbosari Vedant Patel davlat departamentini Gruziyaning „xorijiy taʼsirning shaffofligi toʻgʻrisida“gi qonun loyihasini nihoyatda tashvishga solayotganini aytadi[56].

29-aprel kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Fransiyaning Xalqaro radiosiga bergan intervyusida gruzin xalqini Gruziya orzusiga qarshi ovoz berishga va 2024-yilda Gruziyada boʻlib oʻtadigan parlament saylovlarida oʻzining „Yevropa tanlovi“ni tasdiqlashga chaqiradi[57].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Georgian police use tear gas on protests against 'foreign agents' law“. Reuters (2023-yil 7-mart). 2023-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  2. „Georgians protest against draft law on media, nonprofits“ (en). ABC News (2023-yil 7-mart). 2023-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Решающий момент для европейского будущего Грузии: эксперты о законе об «иноагентах» и протестах против него“ (ru). Rfi.fr (2024-yil 28-aprel).
  4. „«Орбанизация» Грузии. Как на пути в ЕС страна выбрала консервативный популизм Венгрии“ (ru). Русская служба Би-би-си (2023-yil 26-iyul).
  5. „Иванишвили может повторить судьбу Януковича“ (ru). Deutsche Welle (2024-yil 4-may).
  6. „«Иванишвили открыто заявил, что объявляет войну Западу и всему цивилизованному миру из-за риска проиграть выборы осенью» — политолог“ (ru). The Insider (2024-yil 30-aprel).
  7. 7,0 7,1 7,2 „В парламенте Грузии начали рассматривать законопроект об «иноагентах». На первом же заседании депутаты подрались“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 „«Грузия отворачивается от Европы». Как «иноагенты» превратились в «инопроводников» и какой будет цена принятия такого закона“ (ru). Русская служба Би-би-си (2024-yil 29-aprel).
  9. „Посол ЕС в Грузии: цель девяти шагов – не угодить Брюсселю“ (ru). Русская служба Би-би-си (2024-yil 20-mart).
  10. „Прапори ЄС проти водометів. Як Євромайдан у Грузії намагається зупинити проросійський закон про іноагентів — вже вдруге за рік“ (uk). NV (издание) (2024-yil 20-mart).
  11. „Ілюзія євроінтеграції: чи вдасться грузинській владі розвернути зовнішній курс країни“ (uk). Украинская правда (2024-yil 30-aprel).
  12. „Aleko Elisashvili physically confronted the leader of the parliamentary majority, Mamuka Mdinaradze“ (en). www.interpressnews.ge (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Комитет парламента Грузии поддержал законопроект об «иноагентах». В Тбилиси начались протесты и задержания“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  14. „Правящая партия Грузии повторно зарегистрировала в парламенте законопроект об «иноагентах»“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  15. „На акции против «закона об иноагентах» в Тбилиси задержали 14 человек. В парламенте произошла драка“ (ru). BBC News Русская служба (2024-yil 16-aprel). Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  16. „«На улицы вышло много людей. Безумное количество». Фотограф Мариам Гиунашвили — о новых протестах против закона об «иноагентах» в Грузии“ (ru). Медиазона. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  17. 17,0 17,1 „Парламент Грузии одобрил законопроект об «иноагентах» в первом чтении“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  18. „Третий день масштабных протестов в Тбилиси | Exo Rossii“. ehorussia.com. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  19. „В Тбилиси протестующие против закона об «иноагентах» вступили в столкновения с полицией. Задержаны два человека“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  20. „Сотни женщин в Тбилиси вышли на марш против принятия закона об «иноагентах». Фотография“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  21. „Popular Protests Continue against Foreign Agents’ Law“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 21-aprel). Qaraldi: 2024-yil 26-aprel.
  22. „Ruling party announces public rally in support of transparency bill | AGENDA.GE“ (en). agenda.ge. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  23. „MEP Lexmann calls for sanctions on Ivanishvili and Saakashvili's release“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  24. „Ruling Party Defiant as European Parliament Debate Fuels Controversy in Georgia“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 24-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  25. „Political Reactions to EU Parliament Resolution“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 25-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  26. „GD Member of Telavi City Council Stands Against Agents’ Law“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 26-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  27. „Tbilisi City Court Fines Protestors Against Foreign Agents Bill“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 26-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  28. „Church Endorses Ruling Party Policies Ahead of Crucial Vote“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 27-aprel). Qaraldi: 2024-yil 28-aprel.
  29. „Protest underway against Transparency bill at First Republic Square“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  30. „Protest rally on Rustaveli avenue becomes violent, MIA says“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  31. „UPDATE: Former GD State Minister Detained at Rally againt “Russian Law” Released“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 29-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  32. „Legal committee backs Foreign Influence Transparency Bill with 2nd reading | Rustavi2“ (en). rustavi2.ge. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  33. 33,0 33,1 33,2 „Грузия принимает закон об «иноагентах». В Тбилиси устроили митинг за власть — в ответ на массовые протесты Это акция «в стиле Путина», заявила президент страны“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  34. „Акция в Тбилиси: имитация поддержки закона об "иноагентах" – DW – 30.04.2024“ (ru). dw.com. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  35. Times, Русская служба The Moscow „Полиция в Грузии применила слезоточивый газ и водометы на митинге против закона об иноагентах“ (ru). Русская служба The Moscow Times (2024-yil 30-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  36. „В Тбилиси силовики задержали минимум 63 участника митинга против закона об "иноагентах". Против протестующих применяли слезоточивый газ“ (ru). Настоящее Время (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  37. „ბრიფინგი შინაგან საქმეთა სამინისტროში“. საქართველოს შინაგან საქმეთა სამინისტრო. Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  38. „83 მომხრე, 23 წინააღმდეგი - პარლამენტმა "უცხოური ძალის გამჭვირვალობის შესახებ" კანონი მეორე მოსმენით მიიღო“ (ka). rustavi2.ge (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 1-may.
  39. „Днем драка, вечером принятие. В Грузии приняли закон об иноагентах во втором чтении, люди снова на улицах“ (ru). ФОНТАНКА.ру - новости Санкт-Петербурга (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  40. „Минздрав Грузии: в ходе разгона акций против закона «Об иноагентах» пострадали 15 человек“ (ru). news.am (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  41. „Минздрав Грузии рассказал о госпитализации пострадавших во время протестов - Газета.Ru | Novosti“ (ru). Gazeta. Ru (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  42. „Разгон акции 1-2 мая: госпитализировано 15 человек“ (ru). NETGAZETI.ge. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  43. „1 მაისს, რუსთაველის გამზირზე გამართულ საპროტესტო აქციაზე დაშავებული 8 სამოქალაქო პირის ჰოსპიტალიზაცია განხორციელდა - ჯანდაცვა | Rustavi2“ (ka). rustavi2.ge. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  44. „Минздрав Грузии сообщил о восьми пострадавших на митинге в Тбилиси“ (ru). Коммерсантъ (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  45. „В Тбилиси на митинге против законопроекта об иноагентах 1 мая пострадали восемь человек“ (ru). TACC. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  46. „В Минздраве Грузии рассказали о пострадавших на митинге в Тбилиси“ (ru). Life.ru (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  47. Fabbro, Yousef Bardouka, Robin „Protesters besiege Georgian Parliament after foreign agent bill passes second reading“ (en-US). OC Media (2024-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  48. „Anti-transparency bill protester apprehended for verbally insulting police“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  49. „Tbilisi Police Department Director says 6 individuals detained for assaulting police officer, damaging property during transparency bill protests | AGENDA.GE“ (en). agenda.ge. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  50. Tbilisi, Inna Lazareva. „Georgia swells with protests under the boot of a billionaire“ (en) (2024-yil 13-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  51. 51,0 51,1 Грузия, Sputnik „Шествие оппозиции и крупная акция протеста в центре Тбилиси – фото“ (ru). Sputnik Грузия (12-may). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  52. „Georgia: Thousands rally in protest at 'foreign influence' bill“ (en-GB). www.bbc.com. Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  53. „"უცხოური გავლენის გამჭვირვალობის შესახებ" კანონპროექტი პლენარულ სხდომაზე 14 მაისს გავა - შალვა პაპუაშვილი“ (ka). AjaraTV (2024-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  54. „გავათენოთ საქართველოსთვის | აქციის მონაწილეები 12 მაისს, 22:00 საათზე, პარლამენტის შენობის წინ შეიკრიბებიან“ (ka). Mtavari Arkhi (2024-yil 12-may). Qaraldi: 2024-yil 12-may.
  55. „EU High Representative, Commissioner issue joint statement on Transparency of Foreign Influence bill“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  56. „US Department of State finds Georgian Transparency bill "incredibly troubling"“ (en-US). 1TV. Qaraldi: 2024-yil 7-may.
  57. „Zurabishvili: Elections “Historical Moment,” EU Won’t Make Decisive Moves Before“ (en-US). Civil Georgia (2024-yil 28-aprel). Qaraldi: 2024-yil 7-may.