Grigoriy Luchanskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grigoriy Luchanskiy
Tavalludi 8-fevral 1945-yil
Kasbi tadbirkor

Grigoriy Emmanuilovich Luchanskiy (1945-yil 8-fevralda Toshkent) – yirik xalqaro tadbirkor. Avstriyaning „Nordex“ kompaniyalar guruhi asoschisi, Sanoatchilar va tadbirkorlar xalqaro kongressining katta vitse-prezidenti, Rossiya investitsiya loyihalari va dasturlari markazi prezidenti, Rossiya yahudiylari kongressi Prezidiumi Byurosi aʼzosi[1].

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grigoriy Luchanskiy Moskva poʻlat va qotishmalar institutini tugatgach, Latviya SSRga ishga tayinlangan. 1969-yilda Komsomol Markaziy Qoʻmitasi qoshida talabalar qurilish otryadlari markaziy shtabini tashkil etish paytida Latviya Respublika Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi shtabiga rahbarlik qilgan. U Latviya Komsomoli Markaziy Qoʻmitasining taftish komissiyasi aʼzosi etib saylandi[2].

Grigoriy 1974-yilda P. Stuchka nomidagi Latviya davlat universitetining maʼmuriy-xoʻjalik ishlari boʻyicha prorektori etib tayinlandi. U Latviyadagi eng yosh prorektor edi[3].

Prorektor Emmanuilovich 1982-yilda 2564 rubl miqdorida sotsialistik mulkni oʻgʻirlashda ayblanib hibsga olindi va 1983-yilda yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni Yekabpils zonasida oʻtash uchun yuborilgan[4].

Luchanskiy qamoqdan ozod qilingandan soʻng, Solikamskda qurilishda ishlagan. Koʻp oʻtmay, Gʻarbiy Ural qurilish brigadalari oʻrtasidagi sotsialistik musobaqada birinchi oʻrinni egallagan. Ushbu jamoaga mas’uliyatli va murakkab ob’ektlar ishonib topshirilganligi sababli, Grigoriy kaliy tuzi ishlab chiqaradigan Silvinit ishlab chiqarish birlashmasi (Solikamsk, Perm viloyati) ga ishga taklif qilingan. u yerda uyushma direktorining oʻrinbosari Arnold Sternberg bilan uchrashgan[5].

Luchanskiy Latviya SSRga qaytganidan soʻng, Sotsialistik Mehnat Qahramoni Albert Koulz uni oʻzi boshqargan Latviyaning eng yirik „Adaji“ millioner kolxoziga deputatlik lavozimiga taklif qildi[5].

Grigoriy Luchanskiy 1990-yillarning oxirida Moskvada investitsiya loyihalari va dasturlari markazini tuzib, Yevrosiyodagi yirik investitsiya loyihalari bilan ishlagan[2][6].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ota Emmanuil Emmanuilovich Luchanskiy (harbiy shifokor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1949-yilda vafot etgan). Onasi Berta Grigoryevna Vladimirskaya iqtisodchi boʻlgan va 50–60-yillarda nogironlar uyushmasida ishlagan. Berta 1975-yilda vafot etgan va Riga ikkinchi Lesnoye qabristoniga dafn etilgan[2].

Grigoriy Emmanuilovich Rossiya va Avstriyada yashaydi. Oilali, uch nafar qiz va bir nafar oʻgʻil farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Структура Российского еврейского конгресса“. 2017-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 Точс, Сандрис. „ЛУЧАНСКИЙ, ПОБЕДИВШИЙ TIMES“. www.baltic-course.com. Cordex Media (2001-yil 5-yanvar). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  3. Александр Гентелев. „Лучанский. Без монтажа. 1 часть“ (2013-yil 24-aprel). 2021-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.
  4. Александр Гентелев. „Лучанский о свободе и тюрьме“ (2012-yil 21-mart). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 Домбурс, Янис. „Kapitālista evolūcija—no Ādažiem līdz Vīnei“ (lv). Latvijas Jaunatne, № 65. www.periodika.lv (1993-yil 27-mart). 2019-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  6. Roman Anin, Novaya Gazeta; Olesya Shmagun, OCCRP; and Jelena Vasic KRIK. „Ex-Spy Turned Humanitarian Helps Himself“ (en). www.occrp.org. Organized Crime and Corruption Reporting Project (2015-yil 4-noyabr). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-oktyabr.