Solikamsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SolikamskRossiya Federatsiyasi Perm viloyatidagi shahar. Kama daryosi chap sohilidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasi opkali Perm va Yekaterinburg shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 106,6 ming kishi (1998). "Silvinit" ishlab chiqarish birlashmasi (kaliy tuzlarini qazib olish va qayta ishlash); sellyulozaqogʻoz kombinati, yogʻochsozlik sanoati korxonalari, magniy, kema taʼmirlash zavodlari, shahar chetida parrandachilik fabrikasi bor. Bir nechta oʻrta maxsus bilim yurti, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

Shahar 1430-yilda komipermyaklar qishlogʻi oʻrnida vujudga kelgan va dastlab SolKamskaya yoki UsolyeKamskoye deb atalgan. 16—18-asrlarda Rossiyadagi eng yirik tuz olish markazlaridan biri boʻlgan. 1925-yilda Solikamsk yonida kaliy tuzlarining yirik koni ochildi. 1933-yilda kaliy kombinati mahsulot bera boshladi. 1936-yilda kaliy kombinati asosida magniy zavodi vujudga keldi.

Solikamskda qadimgi rus meʼmorligi yodgorliklaridan Bogoyavleniye cherkovi (1687—95), Troitsa sobori (17-asr oxiri), Voyevoda uyi va boshqa saqlangan.