Kontent qismiga oʻtish

Grigoriy Kriss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grigoriy Kriss
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 24-dekabr 1940-yil (1940-12-24) (83 yosh)
Kiyev, USSR, SSSR
Boʻyi 158 sm
Vazni 71 kg
Sport
Qaysi sport Qilichbozlik

Grigoriy Yakovlevich Kriss (1940-yil 24-dekabrda tugʻilgan, Kiyev, Ukraina SSR) — rus qilichboz. 1964-yilgi olimpiya chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964), V darajali Knyaz Yaroslav ordeni (2020)[1] va I darajali (2016), II darajali (2012) va III darajali (2002)[2] „Buyuk xizmatlari uchun ordeni“ (Ukraina)[3] sohibi. Yakka tartibda besh karra SSSR chempioni.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grigoriy Kriss Kievda yahudiy oilasida tugʻilgan[4]. Bolaligi urush yillariga toʻgʻri kelgan va Kiyev yaqinidagi bir qishloqda oʻtgan. Qilichbozlik bilan Semyon Kolchinskiy qoʻl ostida shugʻullana boshlagan.

1973-yilgi SSSR chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shu yili SSKA tarkibida qatorasiga uchinchi marta klublar oʻrtasidagi Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan[5]. 1963—1973-yillarda SSSR terma jamoasi sharafini himoya qilgan[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilda yakka tartibda jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 1971-yilgi jahon chempionatida yakka tartibda oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Toʻrtta jahon chempionati sovrindori — 1965 (Parijdagi jahon chempionatida jamoaviy musobaqalarda bronza medalini qoʻlga kiritgan), 1966 (Moskva. Jamoaviy bahslarda kumush medal sohibi), 1967 (Monreal. Jamoaviy bahslarda oltin medalni qoʻlga kiritgan), 1969 (Kuba. Jamoaviy bahslarda oltin medal sohibi), 1971 (Vena. Jamoaviy bahslarda oltin medal sohibi). 1975-yilda Fransiyaning Grenoble shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatining jamoaviy bahslarida SSSR terma jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, beshinchi oʻrinni egallagan. Grigoriy Kriss nomi esa bu muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababchilari qatorida qayd etib oʻtilgan[5].

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻrtta Olimpida medallarini qoʻlga kiritgan. 1964-yilgi olimpiya oʻyinlarida — yakkalik musobaqasida oltin medal (Sovet qilichbozligi tarixidagi yakkalik musobaqalarida qoʻlga kiritilgan birinchi va yagona oltin medal). 1968-yilda yakkalik va jamoaviy bahslarda kumush medalni qoʻlga kiritgan.

1972-yilgi olimpiya oʻyinlarida jamaviy bahslarda bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]