Kontent qismiga oʻtish

Goʻroʻgʻli (obraz)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Goʻroʻgʻli (Koʻroʻgʻli) — folklor obrazi. "Goʻroʻgʻli" turkum dostonlarining bosh qahramoni. Oʻzbek xalq dostonlarida G. yurt, xalq, adolat osoyishtaligi uchun kurashgan gʻoyatda jasur, xalq botiri sifatida taʼriflanadi. U oʻz davrida oddiy xalq orzu qilgan afsonaviy, erkin va farovon Chambil yurtini barpo etgan, uni ichki va tashqi dushmanlarga karshi kurashuvchi botirlar yurtiga aylantirgan. G.ning qirq yigiti (Shodmonbek, Xoldorxon, Zamonbek, Xidirali elbegi va boshqalar) turli elat va qabilalarning botirlari boʻlib, undan ibrat oladilar. Chambilning shuxratini oshiradilar. G. obrazi xalqorasida mardlik, jasorat, el-yurt manfaati yoʻlida kurashuvchi yengilmas qahramon timsolidir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil