Xoldorxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"XOLDORXON" — "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlardan eng yirigi. Sheʼriy qismining oʻzi 11 ming misraga yaqin. Ergash Jumanbulbul uiadan yozib olingan (1927) va nashr etilgan (1972). Dostonda Qrim xoni Xoldorxonning Goʻroʻgʻliga gʻarazi, Goʻroʻgʻlining Qrimga borishi va jangu jadallardan keyin Xoldorxon bilan yarashishi, Goʻroʻgʻlining togʻasi Ahmad Sardorning Chambil elini talashi kabi voqealar tasvirlangan. Asarda oʻz yurtini tashqi va ichki dushmanlardan mardlarcha himoya qilgan xalq qahramonlari — Goʻroʻgʻli va uning 40 yigiti (Avaz, Beksara, Asqar, Berdiyor, Hasan Koʻlbar, Hasan Chopson kabi bahodirlar) shijoati, Yunus pari boshchiligidagi Chambil ayollari jasorati kuylanadi. Doston voqeahodisalar koʻlamining kengligi, tasvirning boyligi, nasr qismining sanʼatkorona ishlanganligi jihatidan oʻziga xos roman darajasiga koʻtarilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bulbul taronalari, 4j. T., 1972.