Gobi ayigʻi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gobi ayigʻi
Ilmiy klassifikatsiyasi e
Vakillik: Hayvonlar
Filum: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Gen: Ursus
Turlar:
Ostki turlar:
U.a. gobiensis
Trinomial nomi
Ursus arctos gobiensis

Sokolov va Orlov,1920-yil

Gobi ayigʻi (Ursus arctos gobiensis), moʻgʻul tilida Mazaalai (Мазаалай) nomi bilan tanilgan), Moʻgʻulistonning Gobi choʻlida joylashgan qoʻngʻir ayiqning (Ursus arctos) kichik turi. Moʻgʻulistonning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarning Qizil kitobi va IUCN standartlari boʻyicha yoʻqolib ketish xavfi ostidagi jonivorlar roʻyxatiga kiritilgan[1]. Uzoq muddatli DNK populyatsiyasi demografik tadqiqotiga asoslanib, populyatsiya 2017-yilda 40 tadan kam qolishi aniqlangan[2][3] va reproduktiv izolyatsiyaga erishish uchun boshqa qoʻngʻir ayiq populyatsiyalaridan yetarlicha masofa bilan ajratilgan. 1959-yilda oʻlayotgan kichik turlarni saqlab qolish uchun bu hayvonni ovlash taqiqlangan[4].

Ekologik moslashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gobi ayiqlari asosan ildiz, rezavorlar va boshqa oʻsimliklar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ularning yirik sutemizuvchilarni ovlashlari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Qoʻngʻir ayiqlarning boshqa kenja turlari bilan solishtirganda bu ayiqlarning vazni ancha yengil, voyaga yetgan erkak ayiqlarining vazni taxminan 96.0–138.0 kilogram (211.6–304.2 lb) va urgʻochilari esa 51.0–78.0 kilogram (112.4–172.0 lb) atrofida boʻladi[4]. Gobi ayiqlari evolyutsiyaga uchragan va bunday oʻta issiq choʻl iqlimida yashashga moslashgan yagona ayiqlardir[3].

Genetik xilma-xillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gobi ayiqlari qo'ng'ir ayiqning har qanday kichik turida kuzatilgan genetik xilma-xillikning eng past koʻrsatkichlar orasida soʻnggi oʻrinlarni egallaydi[2][5]. Gobi ayiqlariga oʻxshash genetik xilma-xillik darajasi faqat Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Pireney togʻlarida joylashgan jigarrang ayiqlarning kichik populyatsiyasida qayd etilgan. Past genetik xilma-xillik gobi ayiqlarining erkaklar va urgʻochilarning jinsiy nisbati juda egri boʻlishi natijasidir. Bu koʻpayish va populyatsiyaning kamligining asosiy sababidir. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ularning DNKsida har bir lokusda kam miqdordagi allellar mavjud. Bu shuni anglatadiki, Gobi ayigʻi DNKsi moʻrt va shuning uchun bu holat ularning koʻpayishiga salbiy taʼsir qiladi[3].

Tadqiqot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy jihatdan, morfologiyaga asoslanib, Gobi qoʻngʻir ayigʻi, baʼzan, Tibet ko'k ayig'i bilan bir xil kenja turlar sifatida tasniflangan. Biroq, yaqinda oʻtkazilgan filogenetik tahlil shuni koʻrsatdiki, Gobi ayigʻi va Himoloy qoʻngʻir ayigʻi[6] umumiy ajdodlarga ega boʻlsa-da, ikkala ayiq populyatsiyasi ham genetik jihatdan izolyatsiya qilingan[5].

Yovvoyi tabiatda 40 tadan kam gobi ayiqlarini uchratish mumkin. Gobi ayiqlari Moʻgʻulistonning janubi-gʻarbiy qismida taxminan 23,619 kilometr yerni egallagan hududda yashaydilar. Oziq-ovqat va suv tanqisligi tufayli bu raqam qariyb oltmish foizga kamaydi. Ular rezavorlar, oʻsimliklar, hasharotlar va baʼzan kemiruvchilarni isteʼmol qiladilar[7].

Iqlim oʻzgarishi va konchilik sanoatining rivojlanishi gobi ayiqlarining yoʻq boʻlib ketish arafasida ekanligining ikkita asosiy sababidir. Choʻllar issiq va avvalgidan quruqroq boʻla boshlaganligi sababli, ayiqlar uchun suv va oziq-ovqat kabi resurslarni topish qiyinlashdi. Shuningdek, inson manfaatlariga koʻra, togʻ-kon qazib olish qimmatbaho yerlarni oʻzlashtirib, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni ochiq havoga koʻp miqdorda chiqarishi ham mazkur ayiqlar populyatsiyasiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Baʼzi tadqiqotchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, gobi ayiqlarining atigi 25 tagacha turi qolgan. Dagʻal choʻl tabiiy muhitida bu turning populyatsiyasini beqaror holatga keltirish mumkin[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ursus arctos: McLellan, B.N., Proctor, M.F., Huber, D. & Michel, S.. 2016-02-02. doi:10.2305/iucn.uk.2017-1.rlts.t41688a114261661.en. http://dx.doi.org/10.2305/iucn.uk.2017-1.rlts.t41688a114261661.en. Qaraldi: 2021-11-10. Gobi ayigʻi]]
  2. 2,0 2,1 2,2 Odbayar Tumendemberel; Michael Proctor; Harry Reynolds; John Boulanger; Amgalan Luvsamjamba; Tuya Tserenbataa; Mijiddorj Batmunkh; Derek Craighead et al. (2010). "Gobi bear abundance and inter-oases movements, Gobi Desert, Mongolia". Ursus 26 (2): 129–142. doi:10.2192/URSUS-D-15-00001.1. http://www.bearbiology.com/fileadmin/tpl/Downloads/URSUS/Vol_26_2/i1537-6176-26-2-129.pdf. [sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 Tumendemberel, Odbayar; Tebbenkamp, Joel M.; Zedrosser, Andreas; Proctor, Michael F.; Blomberg, Erik J.; Morin, Dana J.; Rosell, Frank; Reynolds, Harry V. et al. (August 2021). "Long‐term monitoring using DNA sampling reveals the dire demographic status of the critically endangered Gobi bear". Ecosphere 12 (8). doi:10.1002/ecs2.3696. ISSN 2150-8925. Archived from the original on 2021-11-10. https://web.archive.org/web/20211110215940/https://esajournals.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/ecs2.3696. Qaraldi: 2022-09-01. Gobi ayigʻi]]
  4. 4,0 4,1 „Gobi bear conservation in Mongolia“ (2010-yil iyul). 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Tumendemberel, Odbayar; Zedrosser, Andreas; Proctor, Michael F.; Reynolds, Harry V.; Adams, Jennifer R.; Sullivan, Jack M.; Jacobs, Sarah J.; Khorloojav, Tumennasan et al. (2019-08-13). "Phylogeography, genetic diversity, and connectivity of brown bear populations in Central Asia". PLOS ONE 14 (8): e0220746. doi:10.1371/journal.pone.0220746. ISSN 1932-6203. PMID 31408475. PMC 6692007. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6692007. 
  6. Lan T.; Gill S.; Bellemain E.; Bischof R.; Zawaz M. A.; Lindqvist C. (2017). "Evolutionary history of enigmatic bears in the Tibetan Plateau–Himalaya region and the identity of the yeti". Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences 284 (1868): 20171804. doi:10.1098/rspb.2017.1804. PMID 29187630. PMC 5740279. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5740279. 
  7. Reynolds. „Gobi Bear Conservation in Mongolia“. bearbiology.org (2010-yil iyul). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 22-sentyabr, 2022-yil(2022-09-22) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chadwick, Douglas (April 2014). „Can World's Rarest Bear Be Saved?“. National Geographic. Joe Riis (photography).
  • „Gobi bear (Ursus arctos gobiensis)“. Wildscreen Arkive. 2008-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.

  • McCarthy, Thomas M.; Waits, Lisette P.; Mijiddorj, B. (2009). "Status of the Gobi bear in Mongolia as determined by noninvasive genetic methods". Ursus 20 (1): 30–38. doi:10.2192/07GR013R.1. 
  • Tumendemberel, Odbayar (2020). „Evolutionary history, demographics, and conservation of brown bears (Ursus arctos): filling the knowledge gap in Central Asia“. Ph.D. dissertation. University of South-Eastern Norway.

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]