Shri Lanka yalqov ayigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shri Lanka yalqov ayigʻi
Yala milliy bogʻi
Ilmiy tasnifi e
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Urugʻ: Melursus
Turlar:
Ostki turlar:
M. u. inornatus
Trinomial nomi
Melursus ursinus inornatus

Pucheran, 1855[2]
Yala milliy bogʻida

Shri-Lanka yalqov ayigʻi (Melursus ursinus inornatus)[3] yalqov ayiqning kenja turi boʻlib, u asosan Shri-Lanka orolining pasttekislik maydonlaridagi quruq oʻrmonlarida uchraydi.

Ekologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri-Lanka yalqov ayigʻi omnivor jonivor boʻlib, u yongʻoqlar, rezavorlar va ildizlar, shuningdek, oʻlaksalar va goʻsht bilan oziqlanadi. Uning asosiy isteʼmol mahsulotlaridan biri hasharotlar boʻlib, u uzun, tuksiz tumshugʻi bilan chirigan pdaraxt poʻstloqlarini olib tashlaydi va poʻstloq ostidago hashorotlarni yeydi. Shuningdek, u kamdan-kam hollardagina hayvonlarni oʻldiradi. Yalqov ayiq leopard bilan yaxshi chiqishib hayot kechiradi[4][5].

Muhofaza qilish holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri-Lankadagi yalqov ayiq katta xavf ostidagi jonivorlardan biri hisoblanadi, ularning umumiy soni 1000 tadan kam (yovvoyi populyatsiyasi 500 taga yetadi). Quruq zonadagi tabiiy oʻrmonlarni yoʻq qilinishi ayiqlarga qilinadigan asosiy tahdidlardan biridir, chunki Shri-Lankadagi boshqa yirik hayvonlardan farqli oʻlaroq, Shri-Lanka yalqov ayigʻi oziq-ovqat manbai oʻzi yashaydigan tabiiy oʻrmonlar tabiatiga bogʻliq. Yalqov ayiq va odam oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning koʻpayishi ham koʻplab nizolarga sabab boʻldi[6]. Ushbu toʻqnashuvlarga odamlarning oʻlimi va jarohati, chorva mollarining nobud boʻlishi, mulkka zarar yetkazish va yovvoyi tabiatdan qasos olish maqsadida oʻldirish uslublari kiradi, bu esa odamlarning ushbu turdan qoʻrqishiga sabab boʻladi[7].

Madaniy ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri-Lankaning oʻziga xos yashash joyida bu ayiq sinhallarda valaha va tamil tilida karadi deb ataladi[8]. Ikkala atama ham oʻzbek tiliga oddiygina „ayiq“ deb tarjima qilinadi.

Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shri Lanka yalqov ayigʻi

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sri Lankan Red List of 2012“ (PDF). cea.lk.
  2. Revue et Magasin de Zoologie [1855] 7 (3): 392 (J. Pucheran)
  3. Pucheran, J., Revue et Magasin de Zoologie (fransuzcha), 7-jild, 392-bet
  4. Barbara Hadley (21–dekabr 2008–yil), The Sloth Bear (PDF), Bear Specialist Group, 2008-12-21da asl nusxadan (PDF) arxivlandi{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. Brown, G.. The Great Bear Almanac. Lyons & Burford, 1993. ISBN 1558212108. 
  6. Ratnayeke, Shyamala; Manen, Frank T. van; Pieris, Rohan; Pragash, V. S. J. (2007-yil noyabr). „Landscape Characteristics of Sloth Bear Range in Sri Lanka“. Ursus. 18-jild, № 2. 189–202-bet. doi:10.2192/1537-6176 (2007)18[189:LCOSBR]2.0.CO;2. ISSN 1537-6176. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  7. Debata, Subrat; Swain, Kedar Kumar; Sahu, Hemanta Kumar; Palei, Himanshu Shekhar (2017-yil yanvar). „Human–sloth bear conflict in a human-dominated landscape of northern Odisha, India“. Ursus. 27-jild, № 2. 90–98-bet. doi:10.2192/URSUS-D-16-00007.1. ISSN 1537-6176. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  8. „International Animal Rescue: Saving animals from suffering around the world“. International Animal Rescue. 22-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]