Amerika qora ayigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amerika qora ayigʻi

Amerika qora ayigʻi (Baribal; lotincha: Ursus americanus) — yirtqichlar turkumining ayiqlar oilasiga mansub hayvon. Tanasining oʻrtacha uzunligi 1,75, boʻyi 1 m ga yaqin, ogʻirligi 150 kg gacha yetadi. Juni odatda qora, tumshugʻining uchki qismi ochiq sargʻish boʻladi. Shimoliy Amerika oʻrmonlarida yashaydi. Asosan oʻsimliklar bilan oziqlanadi, baʼzan uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarga ham hujum qiladi. Qishda uyquga ketadi. Urgʻochilari yanvar — fevralda 2—3 ta bola tugʻadi. Sport ovi obyekti hisoblanadi. Koʻp joylarda qirilib ketgan, faqat AQShning milliy bogʻlari va qoʻriqxonalarida koʻproq saqlanib qolgan

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil