Balujiston qora ayigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Balujiston qora ayigʻi
ilmiy tasnifi e
Olam: [[hayvonlar]
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Oila: Ursidae
Urugʻ: Ursus
Turlar:
Ostki turlar:
U. t. gedrosianus
Trinominal nomi
Ursus thibetanus gedrosianus

Blanford, 1877
Sinonimlar

Selenarctos thibetanus gedrosianus

Balujiston (yoki Balojiston) qora ayigʻi (Ursus thibetanus gedrosianus) — Pokiston va Eron janubidagi Balujiston togʻlarida uchraydigan Osiyo qora ayigʻining kichik turi hisoblanadi. U Osiyo qora ayigʻinikidan farqli oʻlaroq, gʻayrioddiy yupqa moʻynaga ega, ammo buning sababi shundaki, u Himoloy togʻlarida joylashgan boshqa kichik turlarga qaraganda issiqroq iqlimda yashaydi. Bundan tashqari, u boshqa kichik turlarga qaraganda mevali oʻsimliklarni koʻproq isteʼmol qiladi, ayniqsa, anjir va banannni judayaxshi koʻradi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balujiston qora ayigʻi boshqa kichik turlarga qaraganda kichikroq va koʻproq oʻzgaruvchan xususiyatli boʻlib, moʻynasi qizil-toʻq sariqdan quyuq qora ranggacha boʻlishi mumkin. Uning koʻkrak qafasi boshqa kenja turlarga qaraganda quyuqroq, boshi ingichkaroq, ammo yon tomonlari mayda yung bilan qoplangan.

Yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balujiston qora ayigʻi Pokiston janubi-gʻarbiy qismidagi Balujiston viloyatining baland togʻlarida yashaydi. Uning eng katta populyatsiyasi Xuzdar janubidagi tepaliklarda kuzatilgan. Shuningdek, u Taxt-e-Sulaymon, Toba Kakar tizmasi, Ziarat va Kalat tumanida ham yashashi qayd etilgan. 

Bir vaqtlar deyarli butun Balujistonda yashagan. Biroq, hozir u hududning aksariyat qismida yoʻq boʻlib ketgan deb hisoblaniladi. Oʻrmonlarnining kesilishi va yashash joylarini yoʻq qilinishi ayiqlar populyatsiyasiga jiddiy xavf tugʻdirmoqda[1].

Ovqatlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu tur omnivor hisoblanadi, chunki u mevalar, hasharotlar va mayda sudraluvchilarni isteʼmol qiladi. Bundan tashqari, qoʻngʻizlar ovini ham juda yaxshi koʻradi. Bu ayiqlar hamma narsani yeydigan boʻlsalar ham, ularning afzal koʻrgan isteʼmol mahsulotlari mevalar, ayniqsa hind zaytunlari va Ber oʻsimligi mevalari hiosblanadi[2].

Asosiy tahdidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayiqlarni asosa mahalliy aholi tutib oladi hamda ularni sirk va uy hayvonlari sifatida tarbiyalashga harakat qiladi. Ayiqlarni oʻldirishda har bir ayiqning tirnoqlari va tishlari olib tashlanadi hamda ular itlar bilan kurashish uchun maydonga chiqariladi. Ushbu amaliyot 2001-yilda noqonuniy deb topilgan va taqiqlangan, ammo hali ham maʼlum darajada noqonuniy ravishda amalga oshiriladi.

Noqonuniy daraxt kesish, aholi sonining koʻpayishi qishloqlarning kengayishiga, avtomobil yoʻllari tarmogʻining rivojlanishiga va tabiatda elektr stantsiyalarining oʻrnatilishi sababli ayiqlar oz yashash joylarini yoʻqotishmoqda, ushbu tur uchun katta xavf tugʻdirmoqda.

Mahalliy va koʻchmanchi chorvadorlar oʻz qoramollarini ayiqlar hududida oʻtlatishadi va oxir-oqibat mahalliy ayiqlarning hujumiga duch kelishadi hamda himoyalanish maqsadida ayiqlani oʻldirishadi. Ayiqlarga qoʻyiladigan asosiy ayblov himoyalanish va hujum qilishi mumkinligi boʻlib qoladi (garchi ayiq hujum qilmasa ham). Dori-darmonlar uchun ayiqning oʻt pufagi va boshqa tana aʼzolari savdosi uchun brokonerlik qilinishi ham bu turga katta xavf tugʻdirmoqda[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Baluchistan Black Bears - Bears Of The World“. Bearsoftheworld.net. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
  2. „Balochistan Black Bear“. Wwfpak.org. 2017-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
  3. „Balochistan Bear - Wildlife of Pakistan“. Wildlife.com.pk. 2018-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.