Kontent qismiga oʻtish

Girkaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Girkaniya (Avestoda — Vrakana, oʻrta asrlardagi nomiJurjon) — qad. tarixiy-madaniy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-sharqiy sohilida, Eronning shim.da, Turkmanistonning jan.-gʻarbiy qismidajoylashgan. G. atamasi eroniycha wrk — boʻridan olingan boʻlishi ehtimol. Poytaxti — Gekatompil sh. Yunonrim yozma manbalarida Aleksandr yurishlaridan eʼtiboran bir necha bor qayd etilib, yovvoyi hayvonlar toʻlib toshgan mamlakat sifatida tavsiflanadi. Ammian Marsellin (4-asr)ga koʻra, "Kitʼa ichkarisida... Girkanlar yashaydi. Ular ovchilik bilan tirikchilik qilishadi, ov qilinadigan jonzodlar ularda juda turli-tumandir. Bu yerda minglab yoʻlbars va koʻplab yovvoyi hayvonlar bor". Mil.av. 235-yil Parfiya davlati tarkibiga kirgan, lekin mil. 12-asrlarda katta muxtoriyatga ega boʻlib, mustaqil siyosat yurgizgan va oʻz elchilarini Rimga joʻnatgan. Bu yerda arshakiylarnnng bir tarmogʻiga mansub sulola vakillari hukmronlik qilgan.

15 Senyabr 2008, 12:04:57

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil