Gers

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Gers
Tavalludi 22-fevral 1857[1][2]
Vafoti 1-yanvar 1894[1][2]
Fuqaroligi Germaniya
Otasi Gustav Ferdinand Hertz

Gers (Xers, Hertz) Genrix Rudolf (nemischa: Heinrich Rudolf Hertz; 1857.22.2, Gamburg-1894.1.1, Bonn) — nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shugʻullangan, birinchi boʻlib elektromagnit toʻlqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit toʻlqinlar va yorugʻlik nurlarining oʻzaro oʻxshashliklarini isbot kilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. Gers tajribalari J. Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini amalda isbot qildi va ularning amalda qoʻllanishini boshlab berdi. U yorugʻlikning elektr razryadiga boʻlgan taʼsirini payqadi va shu bilan fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib borilishiga sabab boʻldi. Gersning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elektrodinamikasidan, Maksvell tenglamalarini tajribada tekshirish va kuch tushunchasini eʼtiborga olmaydigan mexanikani tuzishdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)