Georgiy Vladimirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vladimirov Georgiy Petrovich (1914.7.4, Samara viloyati Novospassk tumani) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), filol. fanlari doktori (1954), professor (1954). Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1939). Toshkent Davlat Universiteti rus adabiyoti kafedrasida oʻqituvchi (1945—54), kafedra mudiri (1954—87), filol. fakulteti dekani (1945—51; 1953—59), Oʻzbekistan Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1963—65). "Zvezda Vostoka" jurnal bosh muharriri (1968—81). Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1973). Ilmiy ishlari rus adabiyotiga, adabiy alokalarga bagʻishlangai.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil