Garena Free Fire

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Free Fire
Ishlab chiqaruvchi Vyetnam 111dots Studio
Nashir etuvchi Garena
Chiqarilgan sana 2017-yil 4-dekabr
Janr Action, Battle Royall
Platformalar iOS
Android
Yuritgich Unity
Versiya Android: 1.92.1 (2022-yil 15-iyul)
iOS: 1.92.1 (2022-yil 20-iyul)
Tizim talablari
Boshqaruv Sensorli ekran

Garena Free Fire (shuningdek, Free Fire Battlegrounds va Free Fire nomi bilan ham tanilgan) — Bu 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan va Garena tomonidan 2017-yilda Android va iOS platformalari uchun nashr etilgan mobil multiplayer onlayn battle royall janridagi oʻyin bolib. Ushbu janrdagi eng mashhur mobil oʻyinlardan biridir.

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Free Fire — Bu 50 ga yaqin oʻyinchi „battle royall“ rejimida kurashadigan, yaʼni oxirgi omon qolish huquqi uchun oʻzaro kurashadigan oʻyin. Free Firening battle royll janridagi boshqa oʻyinlardan asosiy personajni rivojlantirish tizimi va ularning mahorati[1].

Oʻyinchi oʻyinga qanday kirishni tanlashi mumkin: yolgʻiz, juftlik, uch yoki toʻrt kishilik tarkibda[2][3]. Oʻyin boshida, oʻyinchi tomonidan boshqariladigan personaj, hech qanday jangovar uskunalarsiz, xarita ustida uchayotgan samolyot bortida boʻladi. Bunday holda, parvoz yoʻnalishi tasodifiy tanlanadi. Qoʻngandan soʻng, oʻyinchilar omon qolish va boshqa oʻyinchilarni magʻlub etishga yordam beradigan qurol va uskunalarni qidirib, binolarni tekshirishlari mumkin. Janrning boshqa oʻyinlarida boʻlgani kabi, oʻldirilgan oʻyinchilar oʻz uskunalarini oʻlgan joyida qoldiradilar[2][3].

Har bir necha daqiqada xaritaning oʻynash mumkin boʻlgan maydoni tasodifiy joyda qisqaradi, bu xavfsiz zonadan tashqaridagi har qanday oʻyinchiga zarar yetkazadi, agar xavfsiz zonaga oʻz-vaqtida yetib boʻrmasa oʻyinchi oʻladi va oʻyin tugaydi. Shuningdek, oʻyin davomida xaritaning tasodifiy joylarida qizil zona paydo boʻladi, u bombardimon qilinadi, bu esa ushbu hududdagi oʻyinchilar uchun xavf tugʻdiradi. Oʻrtacha toʻliq oʻyin 10 daqiqadan koʻp davom etmaydi[2][3].

Ishlab chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin Vetnam kompaniyasi 111dots Studio tomonidan ishlab chiqilgan[2] va loyihaga Singapurda joylashgan Shopee[en] va Garena[4] elektron tijorat platformasi asoschisi Forrest Li hisoblanadi. Free Fire Battle royal janrini ommalashtirgan PlayerUnknownʼs Battlegrounds oʻyiniga asoslanib ishlab chiqilgan[2]. 2017-yil 3-noyabrda Android platformasida oʻyinning yopiq beta-sinovi Tailand, Vetnam, Singapur, Malayziya, Indoneziya va Filippinda boʻlib oʻtgan [5]. 2017-yil 4-dekabrda oʻyinning toʻliq relizi boʻlib oʻtgan[6].

2020-yilda Garena Free Fire Max[7] deb nomlangan Free Firening takomillashtirilgan versiyasi ustida ishlayotgani xaqida xabar qiladi va 2021-yil aprel oyida yaqin sharq va janubiy Afrika mamlakatlari uchun Free Fire Max dasturiga oldindan roʻyxatdan oʻtish ochiladi. Uning chiqarilishi oʻsha yilning 9 iyuniga belgilanadi[8].

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

GamePrime sharhlovchisi Muhammad Bilol Sharir byudjetli telefonlarda grafikaning afzalligini taʼkidladi, shuningdek, „Agar sizga yaxshi grafikali oʻyinlar yoqsa, biz Free Fire Battlegrounds oʻynashni tavsiya etmaymiz. Ammo agar siz battle royale oʻyinlarini yoqtirsangiz va doʻstlaringiz bilan dam olishni istasangiz, albatta oʻynashingiz kerak“[9]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garena Free Fire — bu PUBG Mobile, Fortnite va Call of Duty: Mobile- dan keyingi eng mashhur mobil battle royall oʻyinlaridan biri boʻldi. Free Fire 2018-yilning to‘rtinchi choragida Google Play’da va App Store doʻkonlarida eng ko‘p yuklab olingan to‘rtinchi o‘yin [10][11] bo‘ldi. 2018 va 2020-yillarda Free Fire toʻrtinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyinlar 10 taligiga kirdi[12][13][14][15]. 2019-yilda oʻyin Googlening „Best Breakthrough Game“[16] mukofotiga sazovor boʻlib, eng koʻp yuklab olingan mobil oʻyin[17][1] boʻlib, 1-milliard dollardan ortiq daromad keltirdi[18]. 2020-yil oktabr oyida Free Fire mobil o‘yinlar orasida eng ko‘p o‘yinchilar soni bo‘yicha ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi[19]. 2020-yil dekabr oyida oʻtgan yildagi yutugʻini takrorlab[20] oʻyin YouTubeʼda eng koʻp koʻrilgan oʻyinlar 5 taligiga kirdi[21] va oʻsha yilning noyabr oyida mobil qurilmalarda eng koʻp daromad keltiruvchi oʻyinga aylandi[22]. 2020-yil dekabr holatiga ko‘ra, Free Fire Google Play’da 500 milliondan ortiq yuklab olingan[23].

ESPORTS[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-noyabr kuni Rio-de-Janeyrodapubg haram jamg‘armasi 400 000 $ tashkil qiluvchi Free Fire World Series 2019 Rio musobaqasi bo‘lib o‘tdi[24].

2020-yilning 1-fevral kuni Sovrin jamg‘armasi 1 200 000 rublni tashkil etgan Rossiya Free Fire ligasi turnirining ochilishi bo‘lib o‘tdi[25].

2020-yil 3-iyul kuni Garena ikkita ochiq saralash, ikkita saralash finali, yopiq saralash, ikkita asosiy bosqich va liganing grand finalini oʻz ichiga olgan Free Fire Pro League MDH (FFPL MDH) yangi ligasini eʼlon qildi. Liganing umumiy mukofot jamgʻarmasi 30 000 $[26] tashkil qiladi.

2020-yil avgust oyida oʻsha yilning 21-noyabrida boʻlib oʻtgan Free Fire Continental Series (FFCS) xalqaro turniri eʼlon qilindi. Turnir uchta musobaqani oʻz ichiga oldi: Free Fire America Series (Shimoliy va Janubiy Amerika oʻyinchilari oʻrtasida); Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tayvan, Tailand va Vetnam oʻyinchilari ishtirokidagi Free Fire Asia seriyasi va Free Fire EMEA Series, bu yerda Yevropa, MDH, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika[27][28] oʻyinchilari raqobatlashdi.

2021-yil mart oyida Singapurda 2021-yil may oyida boʻlib oʻtgan „Free Fire World Series 2021“ eSPORTS turniri 2 000 000 $ mukofot puli bilan eʼlon qilindi. Pocket Gamer veb-saytiga koʻra, global pandemiya tufayli turnir sanalari oʻzgartirilgan[29].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Bald, Cameron. „Garena Free Fire exclusive interview: What does the future hold for 2019’s most downloaded mobile game?“ (en). Pocket Gamer (31-dekabr 2019-yil). 6-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Free Fire — Thêm một PlayerUnknown's Battlegrounds «made in Vietnam» nữa trên mobile“ (vi). gamek.vn (28-sentabr 2017-yil). 21-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Garena Free Fire Game Review“ (en). MMOs (8-fevral 2019-yil). 31-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2020-yil.
  4. Tripathi, Yash. „Is Free Fire a Chinese App? Know about its origin country and other details“ (en). Republic World (1-iyul 2020-yil). 19-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.
  5. „Closed beta has now started!“ (en). ff.garena.com (3 ноября 2017). 17-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  6. „Garena Announces Free Fire Battlegrounds; PUBG-like Battle Royale for Mobile“ (en). pokde.net. 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  7. Bald, Cameron. „Garena to release Free Fire Max, an enhanced version of its hit battle royale game“ (en). Pocket Gamer. 12-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  8. Kayleigh Partleton. „Garena opens pre-registrations for Free Fire Max for MENA users“ (en). Pocket Gamer (26-aprel 2021-yil). 16-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2021-yil.
  9. Syahrir, Muhammad Bilal „Free Fire Battlegrounds Review: Garena's Fun and Engaging Battle Royale Mobil and Game“ (en) (20-fevral 2018-yil). 28-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  10. „The Top Mobile Apps, Games, and Publishers of 2018: Sensor Tower's Data Digest“ (en). Sensor Tower. 25-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  11. „The State of Mobile 2019“ (en). App Annie (1-dekabr 2018-yil). 7-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  12. „Q4 and Full Year 2018: Store Intelligence Dat Digest“ (en). Sensor Tower (16-yanvar 2019-yil). 10-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  13. „Battle Royale Title «Free Fire» from Garena Nets Its First 200 Million on iOS“ (en). Sensor Tower (3-dekabr 2018-yil). 14-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  14. „Garena Free Fire — Winterlands — Revenue & Download estimates — Google Play Store — US“ (en). Sensor Tower. 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  15. „Among Us стала самой скачиваемой мобильной игрой года“ (ru). Cybersport (10-yanvar 2021-yil). 14-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-yanvar 2021-yil.
  16. „2019 Google Play Award Winners“ (en). Google Play. 12-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
  17. Wasif, Ahmed. „Free Fire beats PUBG Mobile to become the most downloaded mobile game of 2019“ (en). Dot Esports (17-dekabr 2019-yil). 1-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  18. Jordan, Jon. „Garena’s battle royale game Free Fire surpasses 26 billion of lifetime revenue“ (en). Pocket Gamer (19-noyabr 2019-yil). 7-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  19. „Мобильная версия Among Us почти догнала Pokémon GO по пиковому числу игроков“ (ru). Cybersport (24-oktabr 2020-yil). 19-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2020-yil.
  20. Spangler, Todd „YouTube Reveals 2019 Top-Trending Videos, Most-Viewed Music Videos“ (en). Variety (5-dekabr 2019-yil). 12-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  21. „Названы самые популярные игры на YouTube в 2020 году“ (ru). Cybersport. 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2020-yil.
  22. SuperData Staff. „November 2020 worldwide digital games market“ (en). SuperData. Nielsen Media Research (18-dekabr 2020-yil). 18-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-dekabr 2020-yil.
  23. Arora, Karan. „Tips and Tricks: How to collect wins in Garena Free Fire“ (en). The Indian Express (10-aprel 2020-yil). 18-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
  24. Висмут, Анастасия. „Команда из Чечни стала второй на чемпионате мира по мобильной «королевской битве» — мы поговорили с её капитаном“ (ru). www.cybersport.ru (19-noyabr 2019-yil). 5-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  25. Zhangazin, Askar. „Garena анонсирует первый сезон новой про-лиги Free Fire в странах СНГ“ (ru). prosports.kz. 23-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-iyul 2020-yil.
  26. „Garena проведёт первый сезон Pro League по мобильной «королевской битве» Free Fire в СНГ“ (ru). www.cybersport.ru (6-iyul 2020-yil). 19-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2020-yil.
  27. Camila Negreira. „Garena introduces Free Fire Continental Series 2020“ (en). Dot Esports (14-avgust 2020-yil). 31-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2020-yil.
  28. Bodhisatwa Ray. „Free Fire Continental Series kicks off this weekend“ (en). TechRadar. 20-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-dekabr 2020-yil.
  29. Suchit Mohanty. „Free Fire has announced an official tournament, Free Fire World Series Singapore, which will take place in May 2021“ (en). Pocket Gamer (19-mart 2021-yil). 16-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-may 2021-yil.